Qurilishda menejment
Asosiy faoliyat foydasi
Download 81.81 Kb.
|
Ҳисобот титули
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning rivojlanishi tendensiyasiga baho berish
- Korxona buxgalteriyasi tog`risida Nizom, uning tashkiliy shakli, tuzilishi, funksional majburiyatlarining taqsimlanishi o`rganish
Jadval ma’lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki ” Marsel Mega Lux ” MCHJ 2022 yilda 750 000 000 mln so’mlik xizmat ko’rsatgan. Xizmatlar tannarxi 300 000 000 mln so’mni tashkil etgan. Korxonaning sof foydasi 50 000 000 mln so’mni tashkil qilgan. Korxonaning rivojlanishi tendensiyasiga baho berish Afzallik va Kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam beradi. Bunday deyilganda korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin bo‘lgan har qanday turli ko‘rsatkichlar va kattaliklar tushuniladi. Masalan, korxona darajasida bu ilg‘or yoki eng yangi texnologiyalar va «nou-xau»lar, ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlarining tegishli tayyorgarligi, boshqarish va rag‘batlantirish usullarini ishlab chiqish yoki zamonaviylashtirish. Korxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda jismoniy aktivlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari, moddiy boyliklar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari), bozordagi imiji (obro‘-e’tibor, maqsadli bozorda korxonaning obro‘si) va mehnat resurslari (o‘rta boshqaruv xodimlari, malakali ishchilar) kabi ko‘rsatkichlar audit qilinishi mumkin. Korxonaning kamchiliklariga qandaydir resurslar va imkoniyatlarning etishmasligi kirishi mumkin, ayniqsa, raqobatchilar bilan taqqoslaganda kuchli namoyon bo‘ladigan kamchiliklar. Korxonaning imkoniyatlarini korxona uchun umumiy va muayyan eyin bozoriga nisbatan olib qaraladigan ixtisoslashgan holda tasavvur qilish mumkin. Bizning korxonamiz faoliyat boshlagandan buyon “o`z yo`liga tushib olgan” korxona deb atashimiz mumkin. Chunki korxonamiz faoliyat boshlaganida 5 nafar xodim faoliyat olib borgan bolsa endilikda ularning safiga yana 12 nafar ishchi xodim kelib qoshildi. Korxona daromadi esa vaqt o`tgan sari o`sib bormoqda. Bu esa korxonamiz yaxshi faoliyat olib borayotganidan dalolat beradi. Yilning birinchi choragini oylarga bo`lib tahlil qilsak ham rivojlanish tendensiyasiga guvoh bolamiz. Yanvar oyida umumiy Tovar aylanmasi 5 ming $ ni tashkil etgan bolsa, iyul oyida ushbu ko`rsatgich qariyb uch baravarga o`sdi. Yani 15 ming $ ni tashkil etdi. Oktabr oyini tahlil qilsak bu korsatkich yanda oshib 20 ming $ ga yetdi. Bu korxonamiz to`g`ri, qonuniy faoliyat olib borayotganidan dalolat beradi. Soliqlar o`z vaqtida to`lanadi, zimmamizga olingan majburiyatlarimiz o`z vaqtida bajariladi. Bu esa o`z o`rnida davlatimizning belgilagan qonun loyihalari va Prezidentimizning farmoyishlariga asosan “Tog`ri, qonuniy , halol faoliyat yuritayotgan ” korxonalarni rag`batlantirish, Soliq qo`mitasining yashil maydon kabi ragbatlantirishlariga olib keladi. Korxona buxgalteriyasi tog`risida Nizom, uning tashkiliy shakli, tuzilishi, funksional majburiyatlarining taqsimlanishi o`rganish Jamiyat buxgalteriya hisobi ning raxbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatlarini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buxgalter xizmatidan foydalanish, buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslaxatchilari tashkilotlari va ustavid buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash shakillaridan birini qo’llagan holda korxona buxgalteriyasini yuritadi. Buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati natijasida sodir bo’layotgan barcha operatsiyalar hujjatlar asosida qayd qilinib boriladi. Xo’jalikda operativ rahbarlik va mablag’lar harakatini nazorat qilish uchun shu ma’lumotlardan foydalaniladi. Lekin tuman, viloyat va respublikamiz tarqqiyotini belgilash uchun har bir xo’jalikning joriy hisob ma’lumotlari xali yetarli emas. Chunki har bir xo’jalik buxgalteriya hisobi ma’lumotlari , faqat shu xo’jalik mulki bo’lgan mablag’lar holati va ularning manbaalarini ifodalaydi. Misol «asosiy vositalar» schyoti shu xo’jalikda qancha so’mga qanday turdagi asosiy vositalar borligini, ularning operatsiyalari natijasida qanday o’zgarganligini, “Materiallar” schyoti esa shu xo’jalikda qancha so’mlik va qanday turdagi,qancha xom-ashyo materiallar borligini va ularning harakatini bildiradi. Xo’jalikka yaxshi rahbarlik qilish uchun, bu yil xom-ashyo materiallarimiz zahirasi utgan yildagidan ko’pmi yoki kammi, shuningdek ishlab chqarish xarajatlari va uning oy, yilda qancha va o`tgan oy, yilda qancha edi , Bu savollarga biror xudud bo’yicha javob olish uchun buxgalteriya hisobotlarini umumlashtirish zarur.Chunki shu kabi savollarga uxshash xalq xo’jaligiga rahbarlik qilish uchun kerakli bo’ladigan ko’pgina ma’lumotlarni beradi. Jamiyat rahbarlari hisobot ma’lumotlari asosida faoliyat natijalarini , mablag’larning joylanish , debitor qarzlarning o’zgarishini va shu kabi ko’rsatkichlarni o`rganadi. Jamiyat xodimlari uchun mehnat haqi va iqtisodiy rag`batlantirishni yaxshilash uchun daromadlilik holati va uning o’zgarishi qiziqarli. Mol yetkazib beruvchilar , kreditorlar , banklar buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida korxonaning to’lovga layoqatligini , moliyaviy barqaror rivojlanayotganligini tahlil qiladi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari haqqoniy real voqeani (summani) aks ettirishi, daromad va xarajatlar hisobot davriga mos bo’lishi, hisobot ma’lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishlari, hamda uz muddatida tuzilgan bo’lishi lozim. Mamlakatimizda “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonunning 11- moddasiga muvofiq xo`jalik yurutuvchi subyektlarda Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi . Jamiyatlar buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish , buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga ( auditorlik tashkilotlari , soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha xizmat ko`rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar ) shartnoma asosida yuklash shakllaridan birini qo`llagan holda korxona buxgalteriyasini yuritadi . Men Tanishuv ishlab chiqarish amaliyoti o`tagan ”MARSEL MEGA LUX” MCHJda buxgalteriya hisobini MCHJ bosh hisobchisi Fozilov Turgunboy tamonidan amalga oshiradi. Marsel Mega Lux MCHJda buxgalteriya hisobini yuritishda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari , yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlariga asoslangan holda amalga oshiriladi , xususan : Download 81.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling