uzluksiz nazorat - texnologik jarayonning nazorat qilinadigan ko‘rsatkich haqida axborot uzluksiz keladi; davriy nazorat, nazorat ilinadigan ko‘rsatkich haqida axborot ma’lum vaqt oralig‘ida keladi; bir lahzali nazorat, -asrash, buzilishdan saqlash, ko‘pincha yaxlit, tanlama yoki davriy nazoratlarni qo‘llash maqsadiga muvofiq bo‘lmaganda tasodif vaqtida (epizodik) bajariladi (masalan, xandakni ko‘mish vaqtida gruntning zichligini nazorat qilish). Maxsus nazorat qilish vositalaridan foydalanishiga qarab quyidagi (nazorat usul) lariga bo‘linadi: o‘lchash nazorati o‘lchash nazoratlarini ishlatib, shu jumladan laboratoriya jihozlaridan foydalanib bajariladi; ro‘yxatdan o‘tkazish nazorati, hujjatlarda (sertifikatlarda, yopiq ishlarini tekshirish dalolatnomalarida, umumiy va maxsus ish daftarlarida va boshqalarda)qayd etilgan ma’lumotlarni tahlil qilish yo‘li bilan bajariladi. Nazorat qilinadigan ob’ektga etib bo‘lmaganda (masalan, ankerni berkitishda) yoki o‘lchash yohud qarab tekshirish nazoratining bajarish maqsadga muvofiq bo‘lmaganda (masalan, kar’er bo‘yicha muhandislik-geologik ashyolar bor bo‘lganda to‘kma uchun grunt turi) qo‘llaniladi.
ISO 9000 –“ Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlash”. ISO 9001– “Sifat tizimlari. Loyihalash. Ishlab chiqarish. yig‘ish va foydalanishda sifatni ta’minlaydigan model”. ISO 9002 – “Sifat tizimlari. Ishlab chiqarish va yig‘ishda sifatni tahminlaydigan model”. ISO 9003 – “Sifat tizimlari. Kompleks nazorat va sinovlarda sifatni tahminlaydigan model”. ISO 9004 – “Sifatni umumiy boshqarish tizimlarining elementlari. Rahbariy ko‘rsatmalar”. ISO 10011 – “ Sifat tizimlarini tekshirish bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar”. ISO 10012 – “ O‘lchash vositalarining sifatini tahminlaydigan talablar”.
Nazorat savollari:
O‘zR ning «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul q ilingan?
«Metrologiya», «yagona o‘lchov birligi», «o‘lchov vositasi» atamalariga ta’rif bering?
«Birlik etaloni», «davlat etaloni», «metrologiya xizmati» atamalariga ta’rif bering?
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga qanday ob’ektlar kiradi?
«O‘lchov vositalarini qaydnomasi», «o‘lchov vositalarini kalibrlash» atamalariga ta’rif bering?.
SI xalaro sistemasi qanday birliklardan iborat?
Doimiy xatolik deb nimaga aytiladi va uning qanday kelib chiqishi sabablari bor?
Tasodifiy xatolik deb nimaga aytiladi va unga misol keltiring?
Standartlashtirishda qanday me’yoriy hujjat turlari mavjud? 9. O‘zRning «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan va qanday bo‘limlardan tashkil topgan? muvofiqlashtiriladi? 11. Unifikatsiya nima va u nimalarga bo‘linadi? 12 .Tizimlashtirish va tasniflashtirishga ta’rif bering? 13. ISO ning tashkil topishi va uning maqsadi? 14. ISO ning Oliy organi nima va MEK ning vazifasiga nimalar kiradi? 15. ISO 9000 seriyadagi standartlarning turlari va vazifalari nima? 16. «Ob’ekt», «jarayon», «uslubiyat» atamalariga ta’rif bering? 17. «Mahsulot», «xizmat» atamalariga ta’rif bering? 18. «Sifat», «Sifat sohasidagi siyosat», «sifatni rejalash» atamalariga ta’rif bering? 19. «Sifatni boshqarish», «sifatni ta’minlash», «sifat tizimi» atamalariga ta’rif bering? 20. Sifat tizimi», «sifatga oid qo‘llanma», «sifat sirtmog‘i» atamalariga ta’rif bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |