Qurilishda qo'llaniladigan keramik materiallar va buyumlar
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish
Download 19.55 Kb.
|
Qurilishda qo\'llaniladigan keramik materiallar va buyumlar
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish
uchun xomashyolar Keramik materiallar xomashyosini, asosan, gil tashkil etadi. Gil xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog‘sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo‘shimchalar 30 qo‘shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, siyenit va h.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Shu sababli xomashyo tarkibi, asosan, alumosilikatlardan (Al20 3-2Si02-2H2p ) iborat bo‘lib, kvars, sluda va boshqa minerallar, organik moddaiar^ralashgan bo iish i mumkin. Gil tarkibida ohakning boMishi keramik material olish jarayonida ulaming buzilishiga olib keladi. Gilning donador tarkibi, zarrachalaming o‘lchamlari keramik material xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. Uning zarrachalari diametri 0,05 mm. va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari, gil tarkibida zarracha o‘lchamlari 0,005-0,15 mm. changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16-5 mm. qum boMishi mumkin. G illarning asosiy xossalari - plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi, olovbardoshligi, buyumning rangi va h.k. Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab qolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik suvni ko‘p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish yuqori bo‘ladi. Gillaryuqori plastik (yog‘li), o‘rtacha plastik vakam plastik (yog‘siz) bo‘ladi. Yog‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonat va shu kabilar) ishlatiladi. Yuqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xomashyo aralashmasiga yog'sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va shu kabilar) plastikligi kam gil qo‘shiladi. Keramik materialda g ‘ovak hosil qilish uchun uning tarkibiga yog‘och qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin kabi kuydirish jarayonida yonib ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Ular yog'sizlantiruvchi hisoblanadi. Gil tarkibiga dala shpati, dolomit, magnezit, qumtosh, shisha kukuni va shu kabilar keramik buyumlaming pishirish haroratini pasaytirish uchun qo‘shiladi. Keramik buyumlaming kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom, titan kabioksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi. Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli bo'lishi uchun yuzasi glazuryoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 310,1-0,2 mm. qalinlikdagi shishasimon qoplama bo‘lib, pishirishjarayonida keramik materiallarga katta kuch bilan yopishadi. Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati, ishqorli va erishqorli metallar kukun aralashmalaridan tayyorlanadi va buyum yuziga kukun yoki suspenziya holatida pishirishdan oldin surtiladi. Angob oq yoki rangli gil qorishmasi buyum yuziga surtilib, pishirib olingan yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi. Angob va keramik buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks holda qoplama ko‘chib ketishi Download 19.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling