Qurilishni boshqarish fakulteti 51-22 qikmo’ guruh talabasi Karimov Samandarning
Download 52.39 Kb.
|
VALEOLOGIYA MUSTAQIL ISH
FARMAKODINAMIKA VA METABOLIZM
Alkogolli ichimliklarning ta’sir qiluvchi komponenti — etanol — oshqozon-ichak trakti orqali tezda so’riladi, inson miyasiga kirib, asab hujayralari bilan aloqa qiladi. Qonda etanolning konsentratsiyasi spirtli ichimliklar ichilgach 45-90 daqiqa o’tib maksimal darajaga yetadi. Etanol organizmdan o’pka, buyraklar, sut va ter bezlari, najas bilan o’zgarmagan holda va asosan jigarda sodir bo’ladigan biotransformatsiya orqali chiqib ketadi. Birinchi sutka davomida organizmdan spirtni chiqarib tashlash va parchalash davom etadi: Sitozolda oksidlanishi: C2H5O + 2HAD → C2H4O + 2HAD°H — 70-80% etanolni metabolizatsiya qiluvchi va sog’lom odamlarda asosiy chiqib ketish yo’li. Jigarning mikrosomal etanoloksidlovchi tizimi yordamida oksidlanish. Nihoyat, to’qimalarning katalaza, oksidaza va peroksidazalari yordamida oksidlanish. Sog’lom odamlarda u etanol metabolizmning 15 foizini tashkil etadi, alkogolizm bilan kasallangan bemorlarda uning miqdori oshadi. Asetaldegidning yakuniy yo’li: aldegiddegidrogenaza yordamida asetatga aylanishi, so’ng asetil-KoA ishtirokida uning ko’mir kislotasi va suvgacha oksidlanishi: C2H4O → asetat → CO2 + H2O + energiya. Sog’lom odamda oksidlanish darajasi muttasil va soatiga har bir inson vazni kilogrammi uchun taxminan 0.1 g sof etanolni tashkil etadi. Qabul qilingan alkogolning 10 foizigacha miqdori buyraklar va nafas orqali o’zgarmagan holda chiqib ketadi. Organizm o’zini haddan ortiq miqdordagi spirtli ichimliklar tushishidan himoya qilishining tabiiy usuli qayt qilish refleksi hisoblanib, alkogolizm rivojlanishi bilan u refleks zaiflashadi. ETIOLOGIYA Albatta, spirtli ichimliklarni qabul qilishning sababi uning odamga ta’siri, masalan, eyforiya, uyquchanlik, soxta isinish hissi va boshqalarni chaqirishidir. Alkogolizmning etiologiyasiga ko’plab qarashlar mavjud. Masalan, W Sudduth (1977), kasallikning rivojlanishi asosi etanolning oshqozon-ichak traktiga ta’sir qilishi bilan bog’liq deb hisoblagan. Uning nazariyasiga ko’ra, etanol oziqa moddalarini so’rilishini ingibitsiya qiladi, ammo toksinlarning so’rilishini kuchaytiradi. Asta-sekin toksinlar miqdori tobora ko’payib boradi va bunda antibakterial va neyroblokator agent faqatgina etanol bo’lib qoladi. U inson holatini vaqtincha yaxshilaydi va «kompulsiv intilishni» belgilaydi. Shunda oxiri berk aylana hosil bo’ladi. Pyatnitskaya yozganidek: «Aynan toksik yopiq aylana alkogolizmning neyrologik va genetik simptomatikasini tushuntiradi». Bugungi kunda alkogolli ichimliklarni o’tkir va surunkali iste’mol qilishning miya tizimlarining neyrokimyoviy funktsiyasiga ta’siri o’rganilmoqda, masalan, etanolning markaziy asab tizimiga ta’sirining mexanizmlarida gamma-aminomoy kislotaga katta e’tibor qaratilmoqda. Ammo, kasallikning mexanizmi aniq emasligiga qaramasdan, uning asosiy manbai bo’lib spirtli ichimliklar va ularning ta’siri xizmat qiladi. Bundan tashqari, ko’p narsa biologik, psixologik va ijtimoiy omillarga bog’liq. Download 52.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling