«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


Qurilishda qat’iy kelishilgan narxlarni qo‘llash algoritmi


Download 257.7 Kb.
bet12/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
1 (4)

1.2.Qurilishda qat’iy kelishilgan narxlarni qo‘llash algoritmi.
Qurilish pudrati shartnomasida aniqlangan qat’iy kelishilgan narxning yakuniy miqdori bajarish jarayoni davomida o‘zgarmas bo‘lib qoladi, Ilovaning 4 bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Ob’ektning iste’mol xususiyatlari yomonlashishiga olib kelmaydigan, pudratchi tashkilot harakatlari bilan ta’minlangan, qurilish qiymatini kamaytirish bo‘yicha barcha natijalar, uning daromadli qismini (pudratchining iqtisodi) tashkil qiladi. Qat’iy kelishilgan narxning ustidan qurilishning fakt bo‘yicha qiymatining asossiz oshishi holatida pudratchi o‘z hisobidan farqini qoplab beradi.
Qat’iy kelishilgan narx bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun hisob kitobni amalga oshirish sharoitlarini kelishayotgan tomonlar pudrat shartnomasini tuzish paytida quyidagi sxemalar bo‘yicha belgilash tavsiya etiladi:

  • Butun ob’ekt uchun (6 oygacha qurilish muddatida);

  • Bajarilgan va buyurtmachi tomonidan qabul qilingan bosqichlar va ishlar majmualari uchun;

  • Har oy bajarilgan ish hajmlari uchun;

  • Har oy bajarilish foizi bo‘yicha.

Pudratchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar uchun, savdolar va suxbatlarni o‘tkazish natijasida aniqlangan to‘lov shartlari qurilish pudrati shartnomasida qayd qilinishi shart.
KS-2 shakli bo‘yicha ishlarni qabul qilish aktlarida, ko‘zda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun pudrat shartnomasida belgilangan miqdordagi vositalar zahirasi hisobga olinadi.
Ko‘zda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun ko‘rsatilgan vositalar zahirasi bajarilgan ishlarni qabul qilish aktlarida olinmaydi va buyurtmachi tomonidan shartnoma narxini shakllantirishda kelishilgan me’yor bo‘yicha to‘lanadi.
Bajarilgan va buyurtmachi tomonidan qabul qilingan va pudratchiga shartnoma shartlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan ishlar bosqichlarining qiymati, qurilish pudrati shartnomasida aks ettirilgan, shartnomaning dastlabki narxining tushish koeffitsiyentini hisobga olgan holda smeta hujjatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Bajarilgan ishlar bahosi pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan tartibda aniqlanadi.
Variantlarning biri sifatida bajarilgan ishlar qiymatini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash tavsiya etiladi:
Nbaj. = Sbaz.2000 * Im * Idef.* Kst, bunda:
Nbosh. – shartnomaning boshlang‘ich narxi;
Sbaz. 2000 – 01.01.2000 yil uchun bazis darajadagi ishlarning smetali qiymati;
Im – suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish vaqtiga smeta qiymatini qayta hisoblash indeksi;
Idef. – pudratchi tomonidan ishlarning tugatilishi rejalashtirilgan muddati uchun deflyatsiya indeksi;
Kst – savdolar yoki suxbatlar g‘olibi tomonidan shartnomaning boshlang‘ich narxi tushishini hisobga oladigan koeffitsiyent.
Oraliq hisob kitoblarda, pudratchi ishlarning kelishilgan kalendar rejasidan (grafikdan) qolib ketayotgan taqdirda, bu ishlar kalendar rejasi bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan davri uchun deflyator indekslari qo‘llaniladi va bu pudrat shartnomasida aks ettirilishi shart.



Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling