«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


Qat’iy va yakuniy shartnomaviy narx


Download 257.7 Kb.
bet9/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1 (4)

Qat’iy va yakuniy shartnomaviy narx. Bunda qurilishning
butun muddatiga qabul qilingan shartnomaviy baho o‘zgarmaydi. Bunday baholar, asosan, muddati bir yildan oshmaydigan qurilish ob’ektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida prognoz o‘zgartirishlar kiritishni inobatga oluvchi pudratchi tashkilotlarning riski ham hisobga olinadi;
Ochiq shartnomaviy narxlar. Bunday narxlar qurilish shartnomasi shartlari asosida qurilish materiallari, ish haqi to‘lovlari shartlari va boshqa harajatlarning vujudga kelishi hisobiga aniqlashtiriladigan narxlarga aytiladi.
Qurilish mahsulotlarida shartnomaviy baholarni butun qurilish ob’ektiga alohida ob’ektlarning shartnomaviy bahosi asosida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda, maxsus kapital qurilish ob’ektlarida shartnomaviy narxlar ish mos holda lokal smeta asosida ham shakllanishi mumkin.
Shartnomaviy narxlar qurilish buyurtmachisi va pudratchisining o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi.
Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda tarmoqdagi ishchilar o‘rtacha oylik ish haqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi.
Qurilish shartnomasi investitsion faoliyat ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini tartibga solib turadi, mazkur hujjat bo‘yicha pudratchi buyurtmachi buyurtmasini belgilangan muddatlarda bajaradi.
Bosh pudrat shartnomasi ob’ektlarning qurilish davri uchun tuziladi va tomonlarning huquq va majburiyatlarini aks ettiradi. Shartnomada qurilish qiymati, uning kelib chiqish hisob-kitobi, fors-major holatlari, tomonlar majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Shartnoma uni imzolovchi ishtirokchilarning tashkiliy-huquqiy, texnologik majburiyatlarini belgilab beradi. Qurilish shartnomalari quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi:
investitsion faoliyatda qurilish munosabatlari quyidagilar asosida shakllanadi: tomonlarning mustaqilligi, shartnoma predmetini aniqlash, tomonlar majburiyatlarini belgilash va boshqalar;
shartnomaviy munosabatlarining bajarilishining huquqiy negizi, xo’jalik risklarini sug‘urtalash, kafolatlar taqdim etish;
buyurtmachi va pudratchining huquqlarini belgilab olish;
Bosh pudrat shartnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
-tomonlarning majburiyatlari, yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi;
-mavjud muammolarni hal qilish yo‘llari, xo‘jalik sudiga da’vo arizasini kiritish tartibi;
-shartnoma ishtirokchilarining malakasini tasdiqdash.
Qurilishda pudrat shartnomalari tanlov asosida tuziladi va imzolanadi. Konkurs shartlari buyurtmachi tomonidan aniqlab olinadi. Shartnoma imzolanishigacha qurilishni moliyalashtirish va hujjatlashtirish ishlari ham aniqlab olinishi talab etiladi.
Qurilish ishlarida olib boriladigan tenderlar Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.1998 y.dagi 375-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Tenderlarning tartibi qarorning 5-ilovasida «O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish ishlarida konkurs savdolar -tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizomda keltirilgan. Qurilish ishlarida tender o‘tkazishdan maqsad belgilangan muddat va qiymat doirasida qurilish, montaj, ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshiruvchi qurilish tashkilotini tanlov asosida tanlab olishdan iborat.


Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling