«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


Download 257.7 Kb.
bet6/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 (4)

Bazisli-kompensatsion usul, bazisli smeta narxlarida hisoblangan, va qurilishda foydalaniladigan resurslar uchun narxlar va tariflarning o‘sishi bilan bog‘liq, qo‘shimcha harajatlar hisobi bilan aniqlanadigan, ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda qurilish jarayonida bu hisob kitoblarni aniqlashtirish bilan, qiymatning yig‘indisini namoyon qiladi.
Avval qurilgan yoki loyihalashtirilgan ob’ektlar qiymati haqidagi ma’lumotlar bankidan foydalanish loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarga aynan o‘xshaganlarning qiymat ko‘rsatkichlari qo‘llanilishda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda eng keng tarqalganlari resursli va resursli-indeksli usullar hisoblanadi. Bu usullarni qo‘llashda dastlabki ma’lumotlar sifatida lokal smeta hisob kitoblarida quyidagi resursli ko‘rsatkichlar ajratiladi:

  • ishchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini aniqlash uchun ishlarning hajmlari odam-soatlarda;

  • qurilish mashinalaridan foydalanish mashina-soatlarda;

  • Materiallar, buyumlar (detallar) va konstruksiyalar sarfi.

Lokal smeta hisob kitoblari tarkibida resursli ko‘rsatkichlar smetali to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlarni aniqlash maqsadida baholanadi. Foydalanuvchi hisob kitobning variantini yoki butun ob’ekt natijasi bo‘yicha, yoki butun ob’ekt bo‘yicha, yoki smetaning mos bo‘limlari bo‘yicha tanlaydi. Baholash bazisli va joriy (prognozli) variantda bajariladi.
Resursli usul materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning to‘liq nomenklaturasi bo‘yicha joriy smeta narxlari fiksatsiyasi amalga oshirilganda qo‘llaniladi. Ta’kidlash joizki, ham resursli, ham resursli-indeksli usullarining qo‘llanilishi ham loyihaoldi va loyiha materiallarida, ham istalgan normativ bazani qo‘llashni nazarda tutadigan ishchi hujjatlar tarkibida amalga oshiriladi.
Qurilish mahsulotining kelishilgan narxi – bu pudrat shartnomasida belgilanadigan, ob’ekt bo‘yicha qurilish–montaj ishlarining qiymatidir. Kelishilgan narx mustahkam (yakuniy) va ochiq bo‘lishi mumkin.
Mustahkam (yakuniy) kelishilgan narx pudrat shartnomasida qayd etiladi va butun uning amal qilish davri mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Shuning uchun mustahkam narx katta bo‘lmagan loyihalar uchun pudrat shartnomalarini tuzishda qo‘llaniladi, odatda ularning qurilishi 3–6 oydan oshmaydi. Qurilishning katta bo‘lmagan muddatlari qurilish–montaj ishlarini bajarishga xarajatlarning o‘zgarishi ehtimolini oson prognozlashtirish imkonini beradi.
Ochiq kelishilgan narx – pudrat shartnomasida dastlabki kelishilgan narx ko‘rinishida, ya’ni ma’lum muddat (qoida bo‘yicha, shartnomani imzolash muddati) uchun fiksatsiya qilingan miqdorda belgilanadi. Dastlabki kelishilgan narx ishlarning keyingi bajarilishi jarayonida aniqlashtiriladi. Shu bilan birga pudrat shartnomasida kelishilgan narxni to‘g‘rilash mexanizmi albatta ko‘rsatilishi shart, u indeksli yoki kompensatsion bo‘lishi mumkin:
KNya = KNB *KN ,
KNya = KNB + Qkomp ,
Bunda KNya – qurilishning yakuniy kelishilgan narxi, so’m;
KNd – qurilishning dastlabki kelishilgan narxi, so’m;
KN – shartnoma amal qilish muddati davomida qurilish–montaj ishlari uchun narxlarning o‘sishini hisobga oladigan koeffitsiyent;
Qkomp – shartnoma shartlariga muvofiq qo‘shimcha kompensatsiya qilinadigan xarajatlarning qiymati, so’m.
Kelishiladigan narxni aniqlash investitsiyaoldi bosqichdan boshlanadi, unda investor investitsion g‘oyani shakllantirib, o‘z moliyaviy imkoniyatlarini aniqlaydi. Investitsion loyihaning chegaralarini tahminan aniqlab, investor, analog–ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yeki yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar yerdamida ob’ekt qurilishining investitsion qiymatini aniqlaydi. Loyihani realizatsiya qilishning keyingi bosqichlarida qurilish qiymati aniqlashtiriladi va to‘g‘rilanadi.



INVESTOR

PUDRATCHI




Pudratchi xisobi

LOYIHA

Investor smetasi


Kelishiladigan narx
8.1 rasm. Kelishiladigan narxning shakllanish chizmasi

Investitsion loyihani realizatsiya qilishda ishtirok etishni nazarda tutadigan pudrat tashkiloti, kelishiladigan narxni shakllantirishda eng bevosita ravishda ishtirok etadi. Loyihalashtirish bosqichining o‘zida pudratchi o‘z imkoniyatlari hisobidan va qurilish-montaj ishlarini bajarishga tahminiy xarajatlarga tayanib, ob’ektning smeta qiymatini kelishib oladi.


Ushbu sxema pudrat shartnomasi qurilish-montaj ishlarini bajarishda tayyor loyihaning mavjudligida tuzilayotgan bo‘lsagina amal qiladi.
Shunda kelishiladigan narx loyihalashtirish bosqichida smeta hujjatida aniqlangan ob’ektning smeta qiymati asosida shakllanadi.
KN = SQ + Sshart ,
Bunda S – ob’ektning smeta qiymati, so’m;
Sshart – ob’ektning shartlari asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ishlar yoki xizmatlar qiymati, so‘m.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati – bu loyihalarda asos solingan qarorlarga mos holda o‘sha yoki boshqa ob’ektlar va inshootlarni ko‘paytirish uchun zarur pul mablag‘lar miqdoridir. U smetaga oid hujjatlarni ishlab chiqarish paytida investor (buyurtmachi) topshirig‘i yoki vazifasi bo‘yicha loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi. Ohirgisi yangi qurilish bilan ham, amaldagi korxonalar, binolar va inshootlarni kengaytirish yoki qayta qurish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash zaruriyati qoida bo‘yicha, asosan ikki holatda paydo bo‘ladi:
loyiha-smetaga oid harajatlar bilan ishlash paytida, ya’ni belgilangan hujjatlarning tarkibiy va asosiy qismi sifatida;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish vaqtida (TIA).
Umuman smeta bo‘yicha qiymat kapital mablag‘larni aniqlash, qurilish uchun mablag‘ ajratishni topish, qurilish mahsulotlariga (kelishilgan) narxni shakllantirish, bajarilgan qurilish - montaj ishlariga hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Smeta bo‘yicha qiymatlardan kelib chiqqan holda qurilgan korxonalar, binolar va inshootlar bo‘yicha asosiy jamg‘armalar joriy qilingan balans qiymati belgilanadi.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash uchun asos bo‘lib qo‘ydagilar xizmat qiladi.

  • loyihaga tushuntirish xati;

  • loyihaning o‘zi va ish hujjatlari, shu jumladan qurilish-motaj ishlari ko‘lami, chizmalari va vedomosti;

  • jihozlarni tasniflash;

  • ishlarni bajarish loyihalari (IBL) va qurilishni tashkil qilish loyihalari (QTL);

  • amaldagi smeta normativ baza;

Hisobga olish va rejalashtirish amaliyotidagi qurilishning smeta bo‘yicha qiymati quyidagi asosiy elementlar bo‘yicha aniqlanadi.

  • qurilish ishlari;

  • jihozlar va montaj bo‘yicha ishlar (montaj ishlari);

  • mashina va jihozlarni uchun harajatlar

  • boshqa harajatlar (loyiha - qidiruv va boshqalar);

Pudrat tashkilotlari faoliyatida elementlarning birinchi ikki guruhi odatda bitta moddaga - qurilish-montaj ishlariga birikadi, ular o‘z navbatida quydagi qismlardan tashkil topadi: bevosita harajatlar (BX), ustama harajatlar (UX) va rejali jamg‘armalar yoki smetada foyda (Rj). Qurilish mahsuloti birligini aniqlash yoki qurilish-motaj ishlarining yagona smeta bo‘yicha qiymati quydagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling