Bitiruv malakaviy maqsadi normativ hujjatlar bilan tanishtirish, qaysi kiritilgan ichida tizimi taxmin qilingan narxlash qurilishda smeta qiymatini hisoblashning turli usullari bilan kelajakdagi mutaxassislarga obʼektni joriy narxlarda qurish yoki taʼmirlashning smeta qiymatini aniqlashga imkon beradigan smeta hujjatlari toʼplamini tuzishga oʼrganish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi uning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:
* Kapital qurilishning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechishdagi ahamiyati.
* Kapital qurilish tizimi va uni boshqarishni oʼrganish, tizimda amalga oshirilayotgan isloxatlar va ularning nazariy asoslarini oʼrganish.
* Qurilish iqtisodiyotini isloxlashtirishning asosiy yoʼnalishlarini moxiyatini ochib berish.
* Qurilish soxasida shartnomaviy joriy narxlarni qoʼllash va bahoni shakllantirish mexanizmini tahlil kilish.
* Kapital qurilishda tanlov savdolarini tashqil etish va oʼtkazish muxanizmi tahlili.
* Kapital qurilish ishlarini tashqil yetishda samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanishni takomillashtirish yoʼllarini ochib berish.
* Kapital qurilishni rivojlantirishning ichki va tashqi imkoniyatlari va istiqbollari yuzasidan taklif va muloxazalar kiritish.
Bitiruv malakaviy ishning obʼekti. Bitiruv malakaviy ishining obʼekti boʼlib «qurilish ob’yektning rеsurs smеtаsidа qurilish mаtеriаllаri qiymаtini shаkllаntirish yo’llаri» xisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti boʼlib «qurilish ob’yektning rеsurs smеtаsidа qurilish mаtеriаllаri qiymаtini shаkllаntirish yo’llаri» ning maʼlumotlari asosida qurilish soxasida shartnomaviy joriy narxlarni qoʼllash va bahoni shakllantirish mexanizmi tahlili shu bilan birga kapital qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish va oʼtkazish mexanizmi tahlili xisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va tarkibi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 9 boʼlim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.
Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot obʼekti, predmeti va ishning ahamiyati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |