Qurilishni boshqarish fakulteti mustaqil ish tayorladi: sobirov r


Download 280.67 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi280.67 Kb.
#1407619
  1   2
Bog'liq
SOBIROV R


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
TAYORLADI: SOBIROV R
TRKSHIRDI: SHARIFXADJAYEVA O
MAVZU: AUDITNI REJALASHTIRISH.
REJA:
  • Standartning maqsadi va vazifalari.
  • Auditni rejalashtirish maqsadi va vazifalari.
  • Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni.
  • Hulosa

Mazkur standart (ya’ni O’zbekiston respublikasi milliy standarti) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Standartningmaqsadi
Mazkur standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan normalarni belgilash hisoblanadi.
Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining tavsifi;
Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplarini shakllantirish;
Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining tavsifi.
Standartning vazifalari quyidagilardan iborat:
Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlik tashkiloti tomonidan audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, grafiklari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolisona va asoslangan xulosani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarning ketma-ketligini, turi va hajmini aniqlab beradigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir.
Rejalashtirishning kompleksliligi;
Rejalashtirishning uzluksizligi;
Rejalashtirishning maqbulligi.
Auditni rejalashtirish auditorlik tashkiloti tomonidan auditni o‘tkazishning umumiy prinsiplariga, shuningdek ushbu xususiy prinsiplarga muvofiq o‘tkazilishi kerak:
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar, sho‘ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi.
Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.
Dastlabki rejalashtirish;
Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
Audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan,mamlakat (mintaqa) bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarin iaksettiradigan tashqi omillar;
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan,uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
Ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;
Kapital tarkibi va aksiyalar kursi;
Xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari;
Rentabellik darajasi;
Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari;
Tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
tobe tashkilotlar mavjudligi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi;

Download 280.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling