Qurilishni boshqarish fakulteti


Download 1.68 Mb.
bet8/20
Sana08.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1446510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Kurs Ishi MI

1.14-rasm. Iste′molchi yutug′i

Chunki muvоzаnаtli nаrх (Pe) ular tаklif qilishi mumkin bo`lgаn minimаl nаrхdаn (Pm) yuqоridа jоylаshgаn va ishlаb chiqаruvchilar bundan PeEPm yuzaga teng yutuqqa ega bo`lаdilаr (1.15-rasm).



4.15-rasm. Ishlab chiqaruvchi yutug’i
Agar ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) daromadi PeEQe0 yuzaga teng (TR=Pe×Qe) bo`lsa, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari PmEQe0 yuzaga teng va ular o`rtasidagi farq islab chiqaruvchi yutug`i zonasini tashkil etadi.
Agar ―istemolchi yutug`i xarid qobiliyati nisbatan past bo`lgan ayrim toifadagi iste′molchilarning real daromadlarini oshishiga olib kelsa, ―ishlab chiqaruvchi yutug`i resurs tejamkor ilg`or texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv usullarini qo`llayotgan firmalarga foydani oshirish imkonini beradi.
Iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi

Tovarga narx bozor tomonidan o`rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida iste′molchilar tovarni sotib oladi.
Lekin, ayrim iste′molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan ko`ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin.
Iste′molchi ortiqchaligi - iste′molchi tomonidan tovarga to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o`rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, iste′molchining tovar uchun berishi mumkin bo`lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to`lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
Iste′molchi ortiqchaligi (qo`shimcha naf) alohida insonning qanchalik o`rtacha yaxshi yashayotganligini ko`rsatadi.
Iste′molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig`i bilan bozor narxi chizig`i o`rtasida joylashgan soha (19.1-rasmda shtrixlangan soha).

Iste′molchi ortiqchaligi barcha iste′molchilarning umumiy sof nafini o`lchashga yordam beradi va u yordamida biz bozorni davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi samaradorligini, iste′molchi ortiqchaligini umumiy natijasining o`zgarishini o`lchash asosida aniqlashimiz mumkin.
Misol. Faraz qilaylik bir dona apelsinning bozor narxi 500 so`m deylik, lekin iste′molchi ushbu bir dona apelsin uchun 1000 so`m berishga tayyor, ya′ni apelsinning iste′molchi uchun qiymati 1000 so`mga teng.
Iste′molchi ushbu bir dona apelsinni bozor narxida, ya′ni 500 so`mga oladi va u iqtisod qilgan 1000-500 so`m iste′molchi ortiqchaligini bildiradi, iste′molchi qo`shimcha 500 so`mlik naf oladi (19.2-rasm).

Iste′molchi ikkinchi apelsinni ham sotib oladi, nima uchun deganda, u ikkinchi apelsin uchun berishi mumkin bo`lgan maksimal narx 900 so`m, iste′molchi ortiqchaligi 400 so`mga teng. Xuddi shunday davom etsak 4- apelsin uchun iste′molchi ortiqchaligi 1 so`mga teng, beshinchi apelsinni sotib olishga iste′molchi befarq qaraydi, nima uchun deganda u iste′molchining umumiy ortiqchaligini oshirmaydi. Shunday qilib, iste′molchining iste′molchi oriqchaligi 500+400+300+200+100=1500 so`mga teng. Iste′molchining sarfi 2500 ga teng.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling