Qurilishni boshqarish fakulteti
Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab egri chizig’idan foydalanish
Download 1.68 Mb.
|
Kurs Ishi MI
Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab egri chizig’idan foydalanish
Iste'molchi ortiqchaligi mahsulotga bo`lgan talab egri chizig’i bilan bog'liq. Ular-ning bog'liqligini yuqorida keltirilgan Elvis Presleyning nodir albomi misolida ko`rib chiqamiz. Biz albomga bo`lgan talab miqdorining jadvalini aniqlashimiz uchun ehtimoliy to`rt xaridorning to`lov uchun tayyorligidan foydalanamiz. 1-rasmda talab miqdori ha-qida ma’lumot keltirilgan. Agar narx 100$ dan yuqori bo`lsa, savdo 0 ga teng bo`ladi, chunki hech qaysi xaridor bu albom uchun undan qimmatroq narxda sotib olmoqchi emas. Agar narx 80$ va 100$ oralig’ida bo`lsa, talab miqdori 1ga teng, chunki faqat Jon bunday yuqori narxni berishga tayyor. Agar narx 70$-80$ atrofida bo`lsa, talab miqdori 2, chunki Jon va Pol bu miqdordagi mablag’ni to`lashga tayyor. Shu tarzda talab jadva-lini mavjud narxlar asosida tahlil qilishimiz mumkin. Shu tariqa talab miqdori to`rt xa-ridorning to`lov uchun tayyorligiga binoan turli xil bo`ladi. 1-chizmada keltirilgan grafik, talab egri chizig’i talab jadvaliga mos kelishini ko`r-satadi. Bunda eng yuqori talab miqdori va to`lov uchun tayyorligi o`rtasidagi munosa-batlarga e’tibor berish zarur. Har qanday miqdorda talab egri chizig’i belgilagan narx eng quyi to`lashga tayyor xaridorni ko`rsatib beradi, bu xaridor o`zi xohlagan narxdan oshsa, birinchi bo`lib savdodan chiqib ketadi. 4- albomni misol qilib olsak talab egri chizig’ining yuqori ko`rsatkichi 50 $ bo`ladi bu Ringo (eng quyi narxda sotib oluvchi xaridor)ning to`lashga tayyorligidan kelib chiqadi. Agar 3 albom misolida olib ko`rsak, bunda talab egri chizig’ining eng yuqori ko`rsatkichi 70$ teng bo`ladi va bu eng quyi narxda sotib olish istagini bildirgan Jorjga qarab belgilanadi. Chunki talab egri chizig’i xaridorlarning to`lashga tayyorligiga ta’sir ko`rsatadi va biz uni iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda ham qo`llashimiz mumkin. 2-rasmda biz-ning ikkita misol orqali iste’molchi ortiqchaligini hisoblashda talab egri chizig’idan foydalanadi. (a ) chizmada narx 80 $ (va undan baland), talab miqdori 1. Etibor bering, narx va talab egri chizig’i o`rtasidagi farq 20 $ga teng. Bu miqdor biz avval hisoblaga-nimizdek, 1ta albom sotilgandagi aniq istemolchi ortiqchaligi demakdir. 2-rasmning (b) chizmasi narx 70 $ (va undan baland), bo`lgandagi istemolchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Bu holatda, narx va talab egri chizig’i ikkita burchakning yig’indisiga teng. Jonning bu narxdagi istemolchi ortiqchaligi 30 $ va Paulniki 10 $ ga teng. Bu maydon 40 $ tashkil etadi. Yana bir bor takrorlaymizki, bu biz yuqorida hisoblagandek iste`mol darajasidir. Bu misoldan talab darajasiga aloqador quyidagi xulosa kelib chiqadi: quyi talab egri chizi-g’i va yuqori narx bozordagi iste`molchi ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Bu haqiqat, chunki talab egri chizig’ining yuqoriligi istemolchilarning tovar uchun to`laydigan nar-xini belgilaydi va shu bilan birga to`lov uchun tayyorligini ham bildiradi. Bozordagi narx va to`lov istagi o`rtasidagi farq sotib oluvchilarning iste`molchi ortiqchaligi de-makdir. Bundan kelib chiqadiki past talab egri chizig’i va yuqori narx oraligidagi umu-miy masofa bu xaridorlarning bozordagi tovar va xizmatlarga iste`molchilar ortiqcha-liklari yig’indisidir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling