Qurilishni boshqarish fakulteti


Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi


Download 1.68 Mb.
bet12/20
Sana08.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1446510
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Kurs Ishi MI

Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi
Xaridorlar o`zlari sotib olayotgan tovar uchun har doim ham past narx to`lashni xohlashganliklari sababli past narxlar xaridorlarning turmush darajasini yaxshilaydi. Le-kin past narx turmush darajasini qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga aniq javob topish uchun biz iste’molchi ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz.
3-chizma oddiy talab egri chizig’ini ko`rsatadi. Oldingi ikki chizmadagidan farqli siz bu yerda talab egri chizig’ini asta sekin tushishini kuzatasiz. Ko`p xaridorlarga ega bozorda xaridorlar orasidagi tushish shunchalik kam maydonni tashkil qiladiki, natijada talab ancha tekis bo`ladi. Bu talab har xil ko`rinishga ega bo`lishiga qaramay biz qilgan xulosa hali ham bir xil.



Istemolchi ortiqchaligi narxdan balanda va talab egri chizig’idan pastda bo`ladi. (a) chizmadagi P1 narxdagi iste’molchi ortiqchaligi ABC burchagida aks etgan. (b) chizma-da ko`rsatilganidek narxni P1 dan P2 ga tushishini kuzatamiz. Iste’molchi ortiqchaligi ADF maydoniga teng. Iste’molchi ortiqchaligidagi o`sish past narxda BCFD maydonga to`g’ri keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu o`sish ikki qismdan iborat. Birinchidan, Q1da yuqori P1narxda tovar sotib olayotgan xaridorlar turmush tarzi yaxshiroq, chunki endi ular kamroq narx to`lashadi. Mavjud xaridorlarning iste’molchi ortiqchaligini oshi-shi ular to`layotgan narxni qisqarishidir. Bu BCFD maydonga teng. Ikkinchidan, past narxlarda tovar sotib olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo bo`lishi. Natijada bozor-dagi talab miqdori Q1dan Q2ga o`sadi. Yangi xaridorlar oladigan iste’molchi ortiqchali-gi CEF maydonida yotadi.
Iste’molchi ortiqchaligi nimani o`lchaydi?
Iste’molchi ortiqchaligi tushunchasini rivojlantirishdan maqsad bozor talabgorlari haqida to`g’ri xulosaga kelish. Hozirda siz iste’molchi ortiqchaligi nimaligini tushun-dingiz va uni biz farovonlikning yaxshi o`lchovi sifatida qabul qilamiz. Tasavvur qilin-ki, siz yaxshi iqtisodiy tizimni yaratayotgan siyosatchisiz. Iste’molchi ortiqchaligiga ahamiyat berarmidingiz? Iste’molchi ortiqchaligi bu xaridorlar tovar uchun to`lashni xohlagan miqdordan ularning tovar uchun to`laydigan xaqiqiy narxning ayirmasi xari-dorlarning o`zlari qabul qilgan tovardan olgan foydani o`lchaydi.
Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohatchilar xaridorning foydasini hisobga olishi iq-tisodiy farovonlikning eng yaxshi o`lchovi bo`ladi. . Ba’zi hollarda islohatchilar iste’-molchi ortiqchaligi haqida o`ylamasliklari mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olish-ga undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi.



Misol uchun giyohvandlar geroin sotib olish uchun yuqori narx to`lashga tayyor. Giyohvandlar geroin uchun past narx to`laganliklari uchun foyda ko`rishmaydi. Jamiyat nuqtai nazaridan bu holatdagi to`lash istagi xaridorlar foydasining yaxshi o`lchovi emas va iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikning o`lchovi emas, chunki giyoxvandlar o`z farovonliklari haqida qayg’urishmaydi.
Ko`p bozorlarda iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikni ifodalamaydi. Iqti-sodchilarning ishontirishicha xaridorlar ongli ravishda qaror qabul qilishadi. Ongli odamlar o`z maqsadlariga erishish uchun qo`llaridan kelgancha harakat qilishadi. Iqti-sodchilar yana odamlarning xohishlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidlashadi. Bu ho-latda sotib olayotgan tovardan qanchalik foyda ko`rishayotganini ko`rsatuvchi eng yax-shi hukm chiqaruvchi xaridorlar hisoblanadilar.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling