Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja


Gidravlik bog’lovchi materiallar. Gidravlik ohak


Download 58.67 Kb.
bet6/14
Sana13.09.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1677161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX

Gidravlik bog’lovchi materiallar. Gidravlik ohak. Tarkibida 8 dan 20% gacha tuproq bo’lgan mergelli ohaktoshni pishirib, gidravlik ohak olinadi. Shaxtali yoki aylanuvchi humdonlarga solingan ohaktoshni 800—1000 °S haroratda pishiriladi va tegirmonlarda tortilib, qurilishga yuboriladi.
So’ndirib va tuyilib olingan gidravlik ohakni suv bilan qorishtirilgandan so’ng ohak xamiri hosil bo’ladi. Uning quyuqlanish vaqtidan keyingi qotish jarayoni suvda yoki nam ta'sirida ham to’xtamaydi.
Gidravlik ohakning zichligi 2,2—3,0 g/sm3, hajmiy massasi 500-800 kg/m3.
Q o’ l l a n i l i sh i. Gidravlik ohakdan tayyorlangan qurilish qotishmalari g’isht terishda, suvoqchilikda, poydevorlarni xarsangtosh bilan terishda ko’p ishlatiladi. Uni ochiq joyda 30 kundan ko’p saqlash mumkin emas.
Portlandsement ma'lum tarkibga ega bo’lgan tabiiy mergelni yoki ohaktosh va loyni (yoki shlakni) obdan pishirib olinadi. Portlandsement gidravlik bog’lovchi modda bo’lib, uning suvdagi mustahkamligi quruqlikdagi mustahkamligiga nisbatan birmuncha kattadir.
Kukun qilib tuyilgan portlandsement uzatuvchi trubalar orqali nasoslar yordamida silindr shaklidagi po’lat yoki temir-betondan qurilgan minoraga solinadi. Minorada sement 2—3 hafta saqlangandan keyin maxsus avtomatik tarozilarda tortib (qoplab yo sisternali maxsus mashinada), ishlab chiqarishga yuboriladi.
Tez qotadigan 600 markali sement bir sutkadan keyin 200— 400 markaga tushib qoladi. Bunday sement hosil qilish uchun klinker tarkibi o’zgartiriladi. Tez qotadigan sement ishlatib, namlab, termik ishlov bermasa ham 1—2 sutka ichida tegishli mustahkamlikka erishadigan beton buyumlar tayyorlash mumkin.
Oq va rangli sementlar pardoz ishlarida va arxitektura buyumlari tayyorlashda iilatiladi. Oq sement tarkibila temir oksid va marganets oksid kam bo’lgan xomashyodan tayyorlanadi, bunday xomashyo maxsus rejimda pishiriladi. Rangli sement olish uchun oq sementga ishqorga chidamli mineral pigmentlar qo’shiladi.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling