Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja
Sulfat ta'siriga chidamli sement
Download 58.67 Kb.
|
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrofob sement
- Shisha va shisha buyumlar
Sulfat ta'siriga chidamli sement dengiz suvi ta'sirida turadigan temir-beton konstruksiyalar va qorishmalar tayyorlashga
ketadi. Plastiklashtirilgan sement tayyorlash uchun klinker maxsus qo’shimcha bilan birga maydalanadi. Bunday sementning plastikligi yuqori bo’ladi, undan tayyorlangan qorishma qolipga yaxshi joylashadi, bunday sement qorishma va betonning sovuqqa chidamliligini oshiradi hamda suv o’tkazuvchanligini pasaytiradi. Gidrofob sement olish uchun klinker gidrofoblashtiradigan (suv shimdirmaydigan) qo’shimcha bilan birga maydalanadi. Bunday sementni uzoq vaqt (hatto nam muhitda ham) saqlash mumkin; bunda sementning sifati pasaymaydi, u yuqori plastiklikka ega bo’ladi. Gidrofob sement qo’shilgan betonlarning suv shimuvchanligi kam, sovuqqa chidamliligi esa yuqori bo’ladi. Mahalliy xomashyodan foydalanib, arzon sementlar tayyorlanadi. Shlakli, ohak-shlakli, ohak-kulli, ohak-putsiolanli sementlar shular jumlasidandir. Bu xil sementlar u qadar muhim bo’lmagan inshootlarga ishlatiladi. Shisha va shisha buyumlar Ishqorli va giltuproq ishqorli silikatlarni yuqori haroratda eritishda hosil bo’lgan quyuq bo’tqa tez sovitilsa, u shishasimon moddaga aylanadi. Shisha eritmasi haroratning ortishi bilan suyuqlanmaydi, balki quyuqligicha qolaveradi. Harorat pasayishi bilan uning quyuqligi ortadi va, nihoyat, qattiq jism — shishaga aylanadi. Shisha oddiy haroratda qattiq va juda mo’rt, yaltiroq ko’rinishda bo’ladi. Shisha — kristall modda. Uning siqilish yoki egilishdagi mustahkamligi strukturasiga bog’liq emas. Shuning uchun va umuman bir jinsli bo’lganligi sababli shishaning mustahkamligi hamma yerida bir xil bo’ladi. Qurilishda har xil shisha materiallar: deraza oynasi, ko’zgu oynasi va armaturalangan, dekorativ, o’ta mustahkam (stalinit) oynalar, ichi kovak shisha bloklar, shisha naylar, polga va tom yopmasiga ketadigan shisha plitkalar, qoplama shisha plitkalar va boshqa shisha materiallar ishlatiladi. Shisha massalardan ko’pik-shisha, shisha tola, ulardan esa binoning issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Jilolangan oyna listlari 4—6 mm va undan ham qalin bo’ladi. Bu xil oynalar magazin vitrinalari, oynali eshiklar va shu kabilar yasashga ishlatiladi. Paket oyna (oyna-paket). Bu xil oynalar orasida havo qatlami bo’lgan ikkita list oynadan iborat, shu tufayli oynaning issiqlik o’tkazishi kamayadi. Paket oynalarni ikki qavat deraza o’rnida ishlatish mumkin. Metall to’r bilan a r m a t u r a- l a n g a n oyna yuqori mustahkamlik xossasiga ega. Bu xil oyna fonarlarga, oyna to’siqlarga, sanoat binolari derazalariga, zina katagi to’siqlari va shu kabilarga ishlatiladi. T o’ l q i n s i m o n oyna o’zining shakli va o’lchamlariga ko’ra to’lqinsimon asbest-sement listlarni eslatadi. Uning armaturalangan xili yorug’lik tushib turadigan yaltiroq material sifatida tom yopmasiga ishlatiladi. Ichi bo’sh shisha bloklar ikkita ichi kovak yarim berk bloklarni bir-biriga yopishtirish yo’li bilan tayyorlanadi: yarim bloklar yuzasi relefli bo’lib, yorug’likni sochib turadi. Bloklarning o’lchamlari 194x194x98 mm bo’lib, ular sement qorishmaga qo’yiladi. Shisha naylarning diametri 15—100 mm, uzunligi 3—3,5 m, devorining qalinligi har xil bo’ladi. Bu xil shisha naylardan yopiq zlektr simlar, suv bilan ta'minlash sistemasi, texnologik maqsadlarda ishlatiladigan truboprovodlar qurish va qurilishning boshqa ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Dekorativ maqsadlar uchun rangdor, yaltiroq va xira (yuzasi jilolangan yoki xira yuzalilari) oynalar, oyna vitrajlar (rangdor oynadan metall gardishga o’rnatilgan ornament), qoplash ishlarida foydalaniladigan rangdor oyna plitkalar, trafaret qo’yib kislotalar va qum bilan ishlov berib hosil qilingan rasmli oyna va boshqa xil oynalar chiqariladi. O’ta mustahkam oyna (stalinit)ning egilishga ko’rsatadigan qarshiligi oddiy oynanikiga qaraganda 5—8 marta ortiq bo’ladi. O’ta mustahkam oyna eshikning yondorsiz yaxlit tavaqasini ishlashda, zarblarga duch keladigan katta eshik va deraza o’rinlarida va boshqa joylarda foydalaniladi. Sitallar. Shisha eritmasining qisman yoki obdan kristallanishi natijasida sitallar hosil bo’ladi. Sitallar yuqori mustahkam (5000 kg/sm2 gacha) va agressiv muhitga chidamli hamda buyumlarni elektr tokidan himoya qilishda katta ahamiyatga ega bo’lgan materialdir. Tashqi ko’rinishiga ko’ra sitallar qo’ng’ir, jigar rang, kul rang, rangsiz va yaltiroq bo’ladi. Hozirda shunday sitallar olinganki, ular o’zlarining mexanik xossalari jihatidan hatto po’latdan ham ustun turadi. Olimlar tomonidan shlak eritmasidan (temir rudasini suyuqlantirib cho’yan olishda hosil bo’ladigan shlak asosida) sh l a k o s i t a l l a r olish imkoniyatlari ochib berilgan. Shlakositallar o’zlarining qimmatbaho texnik xossalari hamda ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xomashyoning amaliy jihatdan cheksiz manbalarga egaligi va nihoyatda arzonligi tufayli qurilishda juda keng qo’llaniladi. Ular o’lchamlari 1,6x3 m va qalinligi 8—30 mm bo’lgan plitalar tarzida ishlab chiqarilgan. Download 58.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling