Qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari
Download 440.65 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MA\'RUZA (1)
1 5-MA’RUZA. 4G TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARMOQLARNI QURISH VA TARMOQ TAQDIM ETADIGAN XIZMAT TURLARI 4G (WiMAX va LTE). V mobilnix4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100 Mbit/sek. dan ortiq tezlikda ma‟lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalarni kiritish ko„zda tutilgan. Keng ma‟noda 4G - bu yana ma‟lumot uzatuvchi umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/ sek. dan ortishi mumkin) tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish texnologiyalaridir. Qiyoslab ko„rilsa, hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE (2G/ 2,5G) sotali aloqa standartida ma‟lumotlarni uzatish tezligi 384 kbit/sek. ni tashkil etadi. Asosan Yevropa, AQSH va Osiyoning bir necha mamlakatlarida (Yaponiya, Tayvan, Singapur) keng tarqalgan 3,5G avlod tarmoqlarida tezlik 7-14,4 Mbit/sek. gacha yetib boradi (16.5-rasm). 19.1-rasm. Mobil aloqa texnologiyalarida ma‟lumot uzatish tezliklarining evolyutsiyasi. To„rtinchi avlod tizimlarini avvalgi 3G tizimlaridan asosiy farqi shundaki, bu texnologiyalar ma‟lumotlarni to„liq paketli uzatish protokollariga asoslangan, 3G tizimlari esa o„zida ham nutq, ham paket trafigini uzatish protokollarini birlashtirgan edi. XTI 4G tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi o„rtasidagi ma‟lumot almashish tezligini to„liq harakat sharoitida 100 Mbit/sek. gacha, cheklangan harakat sharoitida esa (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi tarafidan) 1 Gbit/sek. gacha tezlikka erishish imkonini beradigan simsiz aloqa texnologiyalari deb hisoblaydi. 4G tizimlarida ma‟lumot uzatish IPv6 (IP protokolining 6- versiyasi) protokoli asosida amalga oshiriladi va bu tarmoqlarning o„zaro ishlashini, ayniqsa, agar ular turli texnologiyalarga mansub bo„lganda, sezilarli ravishda osonlashtiradi. Istiqbolda yuqorida ko„rsatilgan ma‟lumot uzatish tezliklarini ta‟minlash uchun 40 va 60 GGs diapazonlardagi yuqori chastotalardan foydalanish ko„zda tutiladi. Ammo yaqin kelajakda 4G tarmoqlari ko„proq 10 GGs dan pastki diapazondan foydalanadi. WiMAX texnologiyasi.Bugungi kunda Internetga ulanish uchun simsiz texnologiyaga o„tish kerak. Buning uchun ikki sabab mavjud. Birinchidan, agar Internetga simli ulanish mavjud bo„lmasa yoki qimmat bo„lganda odamlar uyidan yoki ofisdan (turg„un) Internetga ulanishni hohlaydi. Ikkinchidan, ular o„z sotali telefonlarini (mobil telefonlar) ishlatganda Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo„lishi kerak. Bu ilovalar turiga mikroto„lqinli ulanish uchun global moslashuv (WiMAX - Worldwide Interoperability for Microwave Access) ishlab chiqilgan. U «oxirgi milya» simsiz keng polosali ulanishni ta‟minlaydi. IEEE 802.16 loyihasi. 2002 yilda simsiz keng polosali tizimni standartlashtirish uchun mo„ljallangan IEEE 802.16 loyihasi natijasi bo„lib `Ìi`ÊÜÌ ÊÌ iÊ`iÊÛiÀÃÊvÊ vÝÊ*ÀÊ* Ê `ÌÀÊ /ÊÀiÛiÊÌ ÃÊÌVi]ÊÛÃÌ\Ê ÜÜÜ°Vi°VÉÕV° Ì WiMAX hisoblanadi. Ba‟zan bu standartni simsiz lokal tugun (wirelesslocalloop) deb atashadi. Keling, endi 802.16 va 802.11 loyihalarini taqqoslaylik. Birinchidan, 802.11 standarti simsiz lokal tarmoqlar uchun mo„ljallangan bo„lsa, ikkinchidan, 802.16 standarti simsiz WAN (yoki MAN) uchun mo„ljallangan. Birinchi holatda tayanch stansiya va xost orasidagi masofa juda cheklangan. Ikkinchi holatda esa, tayanch stansiya va abonent stansiyasi bir nechta kilometrlar uzoqligida bo„lishi mumkin. Eng oxirgi IEEE 802.16 versiyasi IEEE 802.16d va IEEE 802.16e deb ataluvchi ikki yangi standartni yaratdi. IEEE 802.16d turg„un WiMAX uchun mo„ljallangan va IEEE 802.16e mobil WiMAXni belgilaydi. Bu ikki yangi standart original 802.16 asosiy g„oyasini o„zgartirmaydi, ammo ikki xizmat xarakteriga yo„naltirilgan. Xizmatlar.WiMAX abonentlarga ikki turdagi xizmatlarni taqdim etadi: turg„un (fixed) va mobil (mobile). Turg„un WiMAX (FixedWiMAX). 19.2-rasmda turg„un xizmat g„oyasi ko„rsatilgan. Tayanch stansiya unumdorlikni optimallash uchun har turdagi antennalarni (umumiy yo„naltirilgan, sektorli yoki panelli) ishlatishi mumkin. WiMAXnurli adaptiv antenna tizimini (AAS - Adaptive Antenna System) ishlatadi. Uzatishda u o„z energiyasini abonent tomonga yo„naltirishi mumkin. Qabul qilishda esa u abonent tomonidan uzatilayotgan maksimal energiyani olish uchun abonent stansiyasi yo„nalishiga fokuslanishi mumkin. Turg„un xizmatni simli ulanishni ishlatadigan telefon yoki tarmoq kompaniyalari taqdim etadigan xizmatlari bilan taqqoslash mumkin. WiMAX yanada bir vaqtda uzatish va qabul qilishni ta‟minlovchi MIMO antenna tizimini ishlatadi. 19.2-rasm. Turg‟un WiMAX. Download 440.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling