Qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari


Download 440.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.11.2023
Hajmi440.65 Kb.
#1788656
1   2   3
Bog'liq
15-MA\'RUZA (1)

Funksionalligi 
Talab qilinadigan qiymatlar 
Ma‟lumotlar uzatish maksimal tezligi (20 
MGs polosa kengligida) 
«Pastga» kanalda: 100 Mbit/sek. dan kam 
bo„lmasligi; 
«Yuqoriga» kanalda: 50 Mbit/sek. dan kam 
bo„lmasligi kerak. 
Abonentlarning mobillik darajasi 
350-500 km/soatiga 
Abonent uskunasiningfaol rejimga o„tish vaqti 
(passiv holatidan aktiv holatga o„tish vaqti) 
100 ms. dan ko„p emas 
Javob kechikishi vaqti 
10 ms. dan ko„p emas 
Tarmoq sig„imi 
Bir sotada abonentlar soni 200tadan kam 
bo„lmasligikerak 
(5 MGs polosa uchun) 
Radioqamrov zonasi (sotaningo„lchami) 
5-100 km gacha, (ammo 30 km dan ortiq 
masofada og„ishlar boshlanishini hisobga 
olgan xolda) 
Chastota kanali kengligi (kanalning o„tkazish 
polosasi) 
1,4 МГц; 3 МГц; 5 МГц; 10 МГц; 
15 МГц ва 20 МГц. 


LTE/SAE tizimi arxitekturasi.LTE tarmog„i ikkita asosiy komponentdan: E-
UTRAN (Evolved UMTS Terrestrial Radio Access Network) radioulanish 
tarmog„i va SAE (System Architecture Evolution) tayanch tarmog„idan iborat 
(19.6-rasm). 
19.6-rasm. LTE tarmog„i arxitekturasi: E-UTRAN ulanish tarmog„i va SAE 
tayanch tarmog„i. 
E-UTRAN radioulanish tarmog„i texnik spetsifikatsiyalari faqat eNB 
(evolved Node B) tayanch stansiyalariga mos bo„ladi. eNB tayanch stansiyalari E-
UTRAN to„liq aloqa tarmog„ining elementlari hisoblanadi va X2 interfeysi 
yordamida o„zaro “har biri har biri bilan” prinsipi bo„yicha bog„langan. X2 
interfeysi LTE_ACTIVE holatida mobil terminalda xendoverni qo„llab-
quvvatlaydi. Har bir tayanch stansiya SAE tayanch tarmog„i bilan paketlar 
kommutatsiyasi prinsipida qurilgan S1 interfeysiga ega. Ba‟zan EPC (Evolved 
Packet Core) tarmog„i deb ataluvchi SAE tayanch tarmog„i MME va UPE logik 
elementlaridan tashkil topgan MME/UPE tugunlaridan iborat. MME (Mobility 
Management Entity) logik elementi abonent terminalining mobilligini boshqarish 
masalalarini yechishga javob beradi va E-UTRAN tarmog„i eNB tayanch 
stansiyalari bilan C-plane (S1 C interfeysi) boshqarish tekisligi protokoli 
yordamida birga ishlaydi. UPE (User Plane Entity) logik elementi U-plane 
foydalanuvchi tekisligi protokoli bilan mos foydalanuvchilar ma‟lumotlarini 
uzatishga javob beradi va S1-U interfeysi orqali eNB bilan birga ishlaydi. Tayanch 
stansiyalar S1 interfeysi yordamida tarmoq resurslarini birga foydalanish 
imkoniyatini beruvchi bir necha MME/UPE tugunlari bilan bog„langan. Bunday 
interfeysga S1-flex deyiladi. Bugungi kunda LTE standartining yanada 
takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced standarti ishlab chiqilgan. LTE-
Advanced – 3GPP loyihasining 10-chi versiyasi sifatida paydo bo„lgan mobil aloqa 
standarti hisoblanadi. Spektrni jamlash imkoniyati LTE-Advanced standartining 
eng asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. Bu imkoniyat dastlab LTE tizimida 
masshtablashtirilgan kenglikdagi kanallar yig„indisi shaklida olingan spektrdan 
foydalanishda qo„shimcha egiluvchanlikni ta‟minlaydi. LTE texnologiyasining 
rivojlanishi faol davom etmoqda. GSA assotsiatsiyasining hisoblariga ko„ra, 2011 
yilda LTE tarmoqlarini joriy etish bo„yicha o„z niyatlarini bildirgan mobil aloqa 
operatorlarining soni 60ta davlatdagi 184 ta kompaniyani tashkil etdi. GSA 
hisobotida, shuningdek, LTE tizimlarining dastlabki sinovini o„tkazishga qaror 
qilgan 20 ta mamlakatdan 54 ta kompaniya–operatorlar ko„rsatilgan bo„lib, ular 
ham keyinchalik tijorat tarmoqlarini yaratish ehtimolini bildirishgan. 

Download 440.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling