Quritilgan qizil do’lana (hawthorn) mevasi tarkibidagi antioksidantlik faolligini aniqlashning laboratoriya tekshiruv tahlillari


Download 13.22 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi13.22 Kb.
#1614277
Bog'liq
Annotatsiya


Ushbu maqolada yurtimizning tog’li hududlarida uchraydigan qizil do’lana (hawthorn) mevasini quritish jarayoni tahlil qilingan. Qizil do’lana mevasi asosiy dorivor mahsulotlardan biri hisoblanganligi sababli antioksidantlik xususiyatlarini saqlagan holda quritish muhim ahamiyat kasb etadi. Obyektning antioksidantlik xususiyatini saqlagan holda quritishda konvektiv quritish qurilmasida blanshirlash texnologiyasini qo’llash amalga oshirilgan. Blanshirlash jarayonida oddiy suv va limon kislota eritmasidan foydalanilgan. Limon kislota eritmasining 1 va 1.5 % li eritmasi tanlab olingan. Do’lana mevasini quritishdan oldin blanshirlash texnologiyasi qo’llanilgan. Qizil do’lana mevasi tarkibida 15 % namlik qolgunicha quritildi. Quritish natijalari jadval ko’rinishida keltirilgan. Quritilgan qizil do’lana mevasining rasmlari jadval asosida ko’rsatilgan. Quritilgan qizil do’lana mevasida laboratoriya tekshiruv tahlillari o’tkazilgan. Laboratoriya tekshiruvida qizil do’lana mevasining danagi, mevasi, mevasining suvli ekstrakti va mevasining spirtli (etanol) ekstrakti namunalari tekshirilgan. Namunalarni antioksidantlik xususiyatini aniqlash uchun DFPG (difenilpikrilgidrazil) erkin radikalidan foydalanilgan. Laboratoriya tekshiruvida 1,5% li limon kislota eritmasida blanshirlab quritilgan qizil do’lana mevasida antioksidantlik xususiyati yuqori darajada saqlanib qolingan. Bunda qizil do’lana mevasida – 225 mkl, danagida -168 mkl, mevasining suvli ekstraktida – 200 mkl, mevasining spirtli ekstraktida -201 mkl faollik aniqlangan.
Quritilgan qizil do’lana (hawthorn) mevasi tarkibidagi antioksidantlik faolligini aniqlashning laboratoriya tekshiruv tahlillari
Download 13.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling