QURITISH JARAYONLARI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish jarayoni deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi. Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta axamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish, tashish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Materiallarni suvsizlantirishda (quritishda) asosan uch xil usuldan foydalaniladi. 1 Mexanik usulda suvsizlantirish (quritish) 2 Fizik-kimyoviy usulda suvsizlantirish (quritish)3Issiqlik ta’siri usulida suvsizlantirish (quritish) mumkin Mexanik usul bilan suvsizlantirish ► tarkibida ko‘p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik:siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish ►laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid)dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) ►kimyo sanoatida keng ishlatiladi. Quritish ko‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor maxsulot olishdan oldingi jarayon xisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, namlik avval arzon jarayon xisoblangan mexanik usul bilan, so‘ngra qolgan namlik quritish yo‘li bilan ajratiladi. Material tarkibidan namlikni bunday murakkab yo‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi. Quritish ikki xil yo‘l asosida amalga oshiriladi.1. tabiiy va 2. sun’iy yo‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq xavoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Kimyo sanoatida materiallarni suvsizlantirish u-n sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarida olib boriladi. Quritilishi lozim bo‘lgan materiallar uch turga bo‘linadi: qattiq (donali, bo‘lak-bo‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar). . QURITISH JARAYON TURLARI.Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o‘zaro ta’sirlashuv usuliga ko‘ra: konvektiv, kontaktli, radiasiyali, dielektrik, sublimasiyali quritish turlaridan iborat.1) konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aralashadi;2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo‘ladi; 3) radiasiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;4) dielektrik quritish - material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;5) sublimasiyali quritish - material muzlagan xolda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiriladi. Oxirgi uchta usul ya’ni: radiasiyali, dielektrik va sublimasiyali quritish sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi.Quritishning turlaridan qat’iy nazar, jarayon davomida material nam gaz (ko‘pincha xavo) bilan o‘zaro ta’sirlashib turadi. Konvektiv quritish usuli sanoatda keng ishlatiladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam xavo ta’sirining axamiyati katta. Shu sababli nam xavoning asosiy parametrlarini o‘rganish muxim axamiyatga ega. NAM XAVONING ASOSIY PARAMETRLARI. Nam xavo quruq xavo va suv bug‘larining aralashmasidan iborat. Quritishda nam xavo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ba’zan tutunli gazlar yoki ularning xavo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam xavo va tutunli gazlarning fizik xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo‘yicha farq qiladi. NAM XAVONING ASOSIY PARAMETRLARI. Nam xavo quruq xavo va suv bug‘larining aralashmasidan iborat. Quritishda nam xavo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ba’zan tutunli gazlar yoki ularning xavo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam xavo va tutunli gazlarning fizik xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo‘yicha farq qiladi. Nam xavoning asosiy xossalari quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: ►absolyut namlik, ►nisbiy namlik, ►nam saqlash, ►entalpiya. Absolyut namlik. Nam xavoning xajm birligiga to‘g‘ri kelgan suv bug‘larining miqdori ►absolyut namlik deb ataladi. (p s.b (kg/m3)) Agar nam xavo sovitilib borilsa, ma’lum temperaturaga yetgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi. Namlikni bunday xolatda ajralishiga to‘g‘ri kelgan temperaturaga shudring nuqtasi deb ataladi. Bunday sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. Agar parsial bosim рб da suv bug‘i butun xajmi, masalan 1 м3 ni, egallasa, unda, absolyut namlik suv bug‘i zichligi б ga teng. Nisbiy namlik deb xavo absolyut namligining, to‘yinish paytidagi absolyut namlik nisbatiga aytiladi:Bu yerda: т-to‘yingan suv bug‘ining zichligi, kg/m3 б - suv bug‘ining zichligi, kg/m3. Gaz tarkibidagi bug‘lar parsial bosimi, uning miqdoriga proporsional bo‘lgani uchun, nisbiy namlik bir xil temperatura va bosimda xavodagi suv bug‘i parsial bosimi рб ning to‘yingan suv bug‘lari bosimi рТ ga nisbati sifatida ifodalanishi mumkin
Nam saqlash deb 1 kg absolyut quruq xavoga to‘g‘ri keladigan suv bug‘lari (1 kg) miqdoriga aytiladi. Nam xavoning solishtirma nam saqlashi x (kg/kg) yoki (g/kg) bilan belgilanadi. Xavoning nam saqlashi ushbu nisbat orqali aniqlanadibu yerda: mб va mақх - suv bug‘i va absolyut quruq xavo massalari, kg.
Mendeleyev - Klapeyron ideal gazlar xolatining tenglamasiga binoan nam saqlash va nisbiy namliklar orasidagi bog‘liqlikni aniqlaymiz. Suv bug‘i va quruq xavo zichliklarini ushbu tenglamalardan topish mumkin va бу ерда: Мб va М ақх - 1 mol suv bug‘i va absolyut quruq xavolar massalari, kg/kmol; рақх - biror temperaturadagi quruq xavoning parsial bosimi, Pa R = 8314 - gazning universal doimiysi, J/(kmolK).
Do'stlaringiz bilan baham: |