Quritish uskunasining ishlash printsipi va funktsiyasi Apr 10, 2020
Download 0.64 Mb.
|
Quritish uskunasining ishlash printsipi va funktsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sublimatsiyali quritgichlar.
Yuqori chastotali quritgichlar. Qalin qatlamli materiallarning yuzasi va uning ichki qismlarida temperatura va namlikni boshqarish zarur bo’lganda yuqori chastotali toklar maydonidan foydalanish mumkin. Bu usul bilan plastik massalar va boshqa dielektrik xossali materiallarni quritish mumkin. Yuqori chastotali quritgichdan foydalanilganda material butun qatlam bo’yicha bir tekis qiziydi. Asosiy kamchiligi 1 kg namlikning bug’lanishi uchun 5 kVt soat gacha energiya sarf bo’ladi.
1.28-rasmda yuqori chastotali toklar bilan ishlaydigan quritgich sxemasi ko’rsatilgan. Material yuqori chastotali tokka ulangan kondensatorlar o’rtasiga joylashtiriladi. O’zgaruvchan elektr toki ta`sirida quritilayotgan materialning molekulalari tebranma harakatga keladi, bunda material butun qalinligi bo’yicha qiziydi. Materialning yuzasidan issiqlik taShqi muhitga tarqaladi, Shu sababli temperatura material markazidan uning sirtiga tomon kamayib boradi. Namlik ham markazdan material sirtiga tomon kamayadi. Shunday qilib yuqori chastotali quritishda temperatura va namlik gradientlarining yo’nalishlari bir xil bo’ladi, natijada namlikning material markazidan uning sirti tomon harakati tezlashadi. Shu sababli yuqori chastotali quritishning tezligi konvektiv quritish tezligiga nisbatan ancha katta. 1.28-rasm. Yuqori chastotali quritgich: 1 - quritish kamerasi; 2-lampali generator; 3- to’g’rilagich; 4, 5-kondensatorlar; 6, 7-cheksiz lentalar. Dielektrik quritgichlarda qalin qatlamli materiallarni bir tekisda quritish maqsadga muvofiqdir, biroq bunga ko’p energiya sarf bo’ladi. Bundan tashqari dielektrik quritgichning tuzilishi murakkab, ularni ishlatish esa ancha qimmat. Shu sababli yuqori chastotali quritgichlardan faqat qimmatbaho dielektrik materiallarni suvsizlantirishda foydalanish iqtisodiy samara beradi. Sublimatsiyali quritgichlar. Materiallarni muzlagan holda yuqori vakuum ostida suvsizlantirish sublimatsiyali quritish deb ataladi. Bunday Sharoitda materialdagi namlik muz holida bo’lib, so’ngra bu muz suyuqlik holga o’tmasdan to’g’ridan - to’g’ri bug’ga aylanadi. Sublimatsiyali quritishdagi qoldiq bosim 1,0-0,1 mm simob ustuniga (yoki 0,013-0,133 kPa) teng. Natijada quritish jarayoni ancha past temperaturalarda (- 50oS atrofida) boradi. 1.29-rasmda sublimatsiyali quritgichning sxemasi ko’rsatilgan. Quritgich uchta element (quritish kamerasi, kondensator – muzlatgich, vakuum - nasos) dan tashkil topgan. Kondensatni sovitishga mo’ljallangan sovitish qurilmasi esa rasmda ko’rsatilmagan. Quritish kamerasi yoki sublimator davriy ravishda ishlaydi. Sublimatorning ichidagi etajerkalarga ichi bo’sh tokchalar o’rnatilgan. Tokchalarning ichida issiq suv nasos yordamida tsirkulyatsiya qilinadi. Tokchalarning ustiga quritiladigan material solingan maxsus idishlar joylashtiriladi.
Xozirgi kunda sublimatsiya usuli bilan asosan yuqori temperaturalarga chidamsiz va biologik xossalari uzoq vaqt saqlanib qolishi zarur bo’lgan qimmatbaho moddalar (penitsilin va boshqa meditsina preparatlari, yuqori sifatli oziq - ovqat maxsulotlari) quritiladi. Ҳисоблаш қисми Барабанли қуритгични ҳисоблаш. Бу қурилмалар атмосфера босимида узлуксиз равишда турли сочилувчан ва донасимон материалларни тутунли газлар ёки иссиқ ҳаво билан қуритиш учун ишлатилади. Улар цилиндрсимон корпусдаг иборат бўлиб, горизонтга нисбатанжуда кичик оғиш бурчагида жойлаштирилади. Барабан иккита роликли таянчларга жойлаштирилган бўлиб, электродвигатель ва редуктор ёрдамида айлантирилади. Айланиш сони 5-8 айл/мин. Барабан ичида насадкалар айлантирилади. Насадкалар фазалар аро контакт юзасини ошириш учун қўлланилади. Насадкалар барабаннинг кўндаланг кесими бўйича материални бир меъёрда тарқатиш ва аралаштиришни таъминлайди. Материал ва қуритувчи агент бир-бирига нисбатан тўғри йўналишда берилса барабаннинг ичида материал ўта қизиб кетмайди, чунки бу шароитда юқори температурали иситувчи агент катта намликка эга бўлган материал билан контактлашади. Барабанли қуритгич узунлиги L ва ташқи диаметри D бўйича танланади. Қуритиш қурилмасининг ҳисоби. Қурилманинг қуритилган модда бўйича унумдорлиги Материал заррачаларининг ўлчамлари Сабзи материалининг намлиги Ҳавонинг параметрлари Нисбий намлик Иссиқ ҳавонинг температураси Моддий баланс Моддий баланс тенгламасидан қуритиш давомида буғлатилган намлик миқдорини аниқлаймиз. 2. Қуритишга сарфланган ҳаво ва иссиқликни аниқлаш Қуритгичнинг ички иссиқлик балансини ёзамиз
C – сувнинг иссиқлик сиғими С=4190 кЖ/кгК qk – қўшимча ички колорифер берилган иссиқлик миқдори qk = 0 qтр – транспорт қурилмалари билан кирган иссиқлик миқдори qтр= 0 qй – атроф муҳитга йўқотилган иссиқлик миқдори 10% деб оламиз. Qм – моддани иситишга сарфланган иссиқлик миқдори – модданинг қуритгичдан чиқишдаги температураси қуритувчи агент нам ҳавонинг ҳўл термометрига тенг Cабзининг иссиқлик сиғими Диаграммадаги В нуқта колориферга иситилган ва қуритгичга кирадиган ҳавонинг параметрлари М=1250; -х диаграмма масштаби х=const; Сарфланган солиштирма иссиқлик миқдори ва умумий иссиқлик сарфи Q=q W=4545,45 1,09=4954,54 кВт Колорифердаги иссиқлик сарфи I – x диаграммадан топилади. б) ёз фасли учун С=2,95 4,19=12,36 /W ( I – x диаграммадан) (Бухоро шаҳри учун) Нам ҳавонинг параметрларини, ҳавонинг солиштирма ва иссиқлик сарфини ёз фасли учун аниқлаймиз. Бунинг учун I – x диаграммада қуритиш жараёнини ифодалаймиз. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling