Qurolli to‘qnashuvlar Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar reja: Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar. «Harbiy ob’yekt»


«Kombatant» va "fuqaro shaxs" tushunchalari


Download 84.75 Kb.
bet3/4
Sana14.03.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1267773
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayev B

3.«Kombatant» va "fuqaro shaxs" tushunchalari.
Kombatant tushunchasi (frantsuzcha – jangchi, askar) qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi va harbiy harakatlarida bevosita qatnashish huquqiga ega bo‘lgan shaxsni anglatadi. Bular Ichki ishlar Qo‘shinlari, Chegara Qo‘shinlari va Maxsus Qo‘shinlarni o‘z ichiga olgan qurolli kuchlarning harbiy kiyim kiygan holda jangovar harakatlarda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan a’zolaridir. Lekin harbiy kiyim kiygan va harbiy xizmatni bajarayotgan kishilarning hammasi ham kombatant bo‘lavermaydilar.
«Kombatant» atamasini faqat xalqaro qurolli mojaro mazmunida ishlatish mumkin. Muntazam qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi (tibbiy, diniy va intendantlik xizmati xodimlardan tashqari), shuningdek, ko‘ngillilar qo‘shini, partizanlar otryadlari shaxsiy tarkibi, agar ular quyidagi talablarga javob bersa, kombatantlar hisoblanadi:
- o‘z qo‘l ostidagilar uchun ma’suliyatni zimmasiga olgan rahbarga ega bo‘lishsa;
- aniq va uzoqdan ko‘rinadigan alohida farqlovchi belgiga ega bo‘lishsa;
- qurol-yarog‘ini ochiq olib yurishsa;
- o‘z xatti-harakatlarida urushning qonun-qoidalari va udumlariga amal qilishsa.
Kombatantlar ularni fuqaro shaxslardan ajratib turadigan yuqoridagi belgilarga, odatda muayyan bichimda tikilgan kiyim-kechakka ega bo‘lishlari shart. Biroq ba’zan harbiy vaziyat bunga imkon bermagan paytda ular:
a) har bir jang paytida;
b) dushman ko‘z o‘ngida jangovar tartibga o‘tish paytida, ya’ni, boshqacha aytganda, hujum boshlanadigan pozitsiyalardagi xatti-harakatlarida qurollarni ochiq olib yurishlari bilan kombatant maqomini saqlab qoladilar.
Qurolli mojaro olib borilayotgan paytda hali bosib olinmagan hududning aholisi dushman yaqinlashib kelayotgani tufayli ularning hujumini qaytarish maqsadida stixiyali va ommaviy tarzda qo‘liga qurol olgan, ammo qarshilik ko‘rsatish harakatining tashkiliy tuzilmalariga aylanib ulgurmagan yoki muntazam qurolli kuchlarga qo‘shilishga ulgurmagan paytda, ular:
a) qurollarini ochiq olib yursalar, va
b) qurolli to‘qnashuvlar qoidalariga rioya qilsalar kombatantlar, deb hisoblanadilar.
Harbiy nokombatantlar – qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga kiruvchi ba’zi toifadagi kishilar ham borki, ular kombatant hisoblanmaydilar. Ularga eng avvalo qurolli kuchlardagi tibbiyot xodimlari, diniy xodimlar kiradi. Ular (shuningdek, ularning muassasalari, jihozlari va transport vositalari) Jeneva Konventsiyalarining himoyasi ostida turadilar. Ularni harbiy asirga aylantirish mumkin emas. Dushman tasarrufiga tushgan paytlarida ham ularga o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi kerak. Bunga oid qoidalar I Jeneva Konventsiyasining 19, 24, 35, 36-moddalarida, II Jeneva Konventsiyasining 22, 27, 36, 37- moddalarida aks ettirilgan.
Xuddi shuningdek, harbiy jurnalistlar, hariy ta’minotchilar va maishiy xizmat xodimlari ham kombatant hisoblanmaydilar. Ular o‘zlari tegishli bo‘lgan harbiy ma’murlardan ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjat va shaxsini tasdiqlovchi guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak. Bu haqdagi qoida I Qo‘shimcha Protokolning 79-moddasi va mazkur Protokolning II ilovasida aks ettirilgan.
1949 yilda qabul qilingan IV Jeneva Konventsiyasining 4-moddasi va I Qo‘shimcha Protokolning 50-moddasiga muvofiq qurolli kuchlar tarkibiga kirmaydigan va ichki sabablar tufayli vujudga keladigan ommaviy qurolli chiqishlarda qatnashmaydigan har qanday kishi fuqaro shaxs sanaladi.
Fuqaro shaxslar qurolli to‘qnashuvlar huquqining himoyasida bo‘ladilar. Ammo ular jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etsalar mazkur himoyadan mahrum bo‘ladilar. Kishining fuqaro shaxs ekanligiga shubha tug‘ilgan taqdirda, toki uning shaxsi aniqlangunga qadar u fuqaro shaxs, deb hisoblab turilishi kerak. Tinch aholining orasida ayrim kombatantlarning mavjud bo‘lishi ularni fuqaro shaxslarga tegishli bo‘lgan himoyadan mahrum qila olmaydi.
Yollanma askarlar – qurolli to‘qnashuvda o‘z foydasini ko‘zlab qatnashadigan shaxslar yollanma askarlardir. Odatda ular urushayotgan davlat muntazam armiyasining harbiy xizmatchilari bo‘lmaydi va to‘qnashuvda ishtirok etmayotgan biron-bir davlatning topshirig‘i bilan xizmat vazifalarini bajarmaydi. Qisqaroq qilib aytganda, yollanma askar harbiy to‘qnashuvda o‘ziga foyda olish maqsadida jang qilish uchun maxsus jalb etilgan shaxsdir.
Josuslar – bular yashirincha yoki aldov yo‘li bilan harakat qilib, dushman nazoratidagi hududda axborot to‘playdigan shaxslardir. Yollanma askarlar va josuslar kombatantlik va harbiy asirlik maqomini ololmaydilar.
Xalqaro insonparvarlik huquqi himoyasidan foydalanuvchi shaxslar jumlasiga harbiy asirlar, yaradorlar, bemorlar, tibbiyot xodimlari (harbiy yoki harbiyligidan qat’iy nazar), harbiy ruhoniy xodimlar va fuqaro shaxslar kiradi.
Harbiy va harbiy bo‘lmagan ruhoniy xodimlar – faqat diniy vazifalarni bajarish bilan band bo‘lgan hamda qurolli kuchlar, fuqaro mudofaasi tashkilotlari yoki diniy tashkilotlar ixtiyoridagi shaxslardir. Tegishli shaxslar va ob’ektlarning tibbiy yoki ruhoniy maqomi ularning kombatantlar yoki harbiy ob’ektlarga mansub bo‘lishini istisno etadi.
Harbiy asirlar – bular dushman qo‘liga tushib qolgan kombatantlardir. Bulardan tashqari quyidagi toifalarga kiruvchi shaxslar harbiy asirlar maqomini olish huquqiga ega: qurolli kuchlarga hamroh bo‘lib borayotgan, ammo uning tarkibiga kirmagan shaxslar (ularga harbiy ma’murlar tomonidan namunadagidek shaxsini tasiqlovchi guvohnoma berilgan bo‘lsa); dushman yaqinlashib kelayotgani tufayli ularning hujumini qaytarish maqsadida stixiyali va ommaviy tarzda qo‘liga qurol olgan, ammo qarshilik ko‘rsatish harakatining tashkiliy tuzilmalariga aylanib ulgurmagan yoki muntazam qurolli kuchlarga qo‘shilishga ulgurmagan ko‘ngillilar qo‘shini; partizanlar otryadi jengchilari; o‘z komandirlariga ega bo‘lgan, qurolli to‘qnashuvlar huquqi talablarini bajaradigan, tanitish belgilariga yoki harbiy kiyimga ega bo‘lgan va oshkora qurol olib yuradigan ko‘ngilli militsiya otryadlari a’zolari..
Yarador va bemorlar – bular shikastlanishi, kasalligi yoki boshqa jismoniy yoxud ruhiy kamchiligi, nogironligi tufayli tibbiy yordamga yoki parvarishga muhtoj bo‘lgan va biron-bir dushmanlik harakatlaridan o‘zini tiyib turgan harbiylar, shuningdek, harbiy bo‘lmagan shaxslardir.
Kema halokatiga uchraganlar – bular dengizda yoki boshqa suvlarda o‘zlari, kema yoki uchish apparati baxtsiz xodisaga uchrashi natijasida xatar ostida qolgan va biron-bir dushmanlik harakatlarini qilmaydigan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy bo‘lmagan shaxslardir. Bu shaxslar qutqaruv operatsiyalari tamom bo‘lguncha kema halokatiga uchraganlar maqomini saqlab qoladilar.
Harbiy bo‘lmagan shaxslar – bu qurolli kuchlarga mansub bo‘lmagan va har qanday dushmanlik harakatlaridan o‘zini tiyib turuvchi har qanday shaxsdir.

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling