Quron suralari va oyatlari va islom dini haqida reja: islom dining paydo bo’lish tarixi
Download 44.15 Kb.
|
QURON SURALARI VA OYATLARI VA ISLOM DINI HAQIDA
Islom ta’limotiQur’on va sunnatning mazmuni oddiy mehnatkash xalq vakillariga tushunarli bo‘lmaganligi sababli, ularni islom olamida ziyolilar, ruhoniylar va huquqshunoslar qunt bilan o‘rganar va tafsir qilar edilar. Keng musulmon ommasi uchun esa qator asosiy tamoyillarni o‘z ichiga olgan «E’tiqod ramzi» yaratilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: Ollohga ishonish. Har bir musulmon (arabchada – bo‘yin eguvchi, itoatkor degan ma’nolarni anglatadi) yagona Ollohni tan olishi va uning irodasiga bo‘ysunishi shart; Ollohning farishtalariga ishonish. Musulmon kishi farishtalar (arabchada – malak, maloika) va yovuz kuchlar (jinlar) mavjudligiga ishonishi lozim. Ularning barchasi Olloh tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning irodasini ifoda etuvchi jismsiz mavjudotlardir. Xudoga eng yaqin bo‘lgan farishtalar zimmasiga turli vazifalar yuklatilgan bo‘lib, Jabroil – Ollohning hukmini kishilarga yetkazuvchi, Mikoil – koinotni boshqaruvchi, Isrofil – maxsus shoxdan yasalgan karnayni chalib qiyomat kuni haqida xabar beruvchi, Azroil – jon oluvchi farishta vazifasini bajaradi. Shuningdek, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq qiluvchi farishtalar – Munkar va Nakir, jannatning qo‘riqchisi – Ridvon, do‘zaxning qo‘riqchisi – Malik ham xudoning yaqin yordamchilari vazifasini bajaradilar. Olloh irodasiga bo‘ysunishni istamagan yana bir farishta mavjud bo‘lib, uning nomi Shayton (Iblis)dir. Shayton odamlarni gunohga yetaklaydi. Qudratli Olloh bu farishtani jilovlab, bo‘ysundirib olishga qodir, biroq u ataylab Iblisgaga erkinlik berganki, bundan maqsad islomga e’tiqod etuvchi musulmonlarning irodasini, islom diniga bo‘lgan muhabbati va izchilligini sinash hisoblanadi. Bu farishta oxirzamonga qadar erkin bo‘ladi; Ollohning kitoblariga ishonish. Musulmonlar Qur’onni abadiy va odamlar tomonidan yaratilmagan deb hisoblaydilar. Islomda Olloh muqaddas ta’limotini Muhammaddan oldin Muso (Moisey) va Iso (Iisus)larga vahiy qilgan. Tavrot, Injil va Zabur (Psaltir – qadimgi yahudiy dinining duolar to‘plami) kabi muqaddas bitiklar Qur’ondan oldin yuborilgan manbalardir. Shuning uchun ham islom boshqa dinlar ta’limotiga o‘xshaydi. Qur’on muqaddas bitiklarning eng so‘nggisidir. Qur’ondagi har bir ibora muqaddas hisoblanadi, u xudo tomonidan vahiy qilingan va unga shak keltirish mumkin emas; Download 44.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling