Qurʻoni Karim va Hadislardagi iqtisodiy qarashlar «Qur’oni karim»
Download 8.54 Kb.
|
Qurʻoni Karim va Hadislardagi iqtisodiy qarashlar
Qurʻoni Karim va Hadislardagi iqtisodiy qarashlar «Qur’oni karim»ning iqtisodiy qadriyatlariIslomning asosiy manbayi-«Qur’oni karim»dir. Uning har bir oyatibandalami poklikka, iymonga chorlaydi. Uning 293 ta oyati bevosita iqtisodiytafakkurga bag'ishlangan. Boshqa juda ko‘p oyatlarda ham qisman iqtisodiyotga oid fikrlar berilgan. «Qur’oni karim» insonlarni halol mehnat qilishga, tejamli bo‘lishga, mehru shafqatga, halollikka undaydi. Mehnat-hayot va oxirat kafolati. Hayot shunday ne’matki, u insonga faqat bir m arta beriladi. Demak, uni shunday o'tkazish kerakki, u odamlarga bu dunyoda baxt-saodat keltirsin, oxiratda hisob-kitobni oson qilsin. Buning uchun odam hayot vaqtida umrini bem a’ni o'tkazmay, yaxshi amallarga sarflashi kerak.Halol m ehnat qilish bu dunyo va u dunyoda baxt-saodatni kafolatlaydigan amaldir. Zero, «Qur’oni Karim»ning bir qancha oyatlarida mehnat har tom onlam a ulug‘langan, u zarur ibodat ekanligi ta ’kidlangan. Parvardigori olam odamzodni yaratish bilan unga nafsni berib qo‘ydi. Odamlar yashash uchun iste’mol qilishlari, oziq-ovqat yeyishlari, kiyim- kechak kiyishlari, m a’lum turar-joy sharoitlariga ega bo'lishlari kerak. Odamlar uchun kerak bo‘lgan bu iste’mol buyumlari tabiatda tayyor holda mavjud bo‘lmaydi. Alloh taolo moddiy n e’matlarning manbalarini bunyod etdi va ularni iste’mol uchun kerak bo‘lgan narsalarga aylantira olish uchun odamlarga kuch-quw at, aql-idrok berdi. Aql-idrokni ishga solib, kasb-kom i egallab, Alloh yaratgan imkoniyatlardan o ‘z rizqini terib yeyishni insonlar zimmasiga yukladi. «Qur’oni Karim»ning bir qancha oyatlarida o ‘z mehnati bilan Parvar- digor yaratib qo‘ygan rizqini terib yeyish zarurligiga da’vat qilingan. «Taborak» (Mulk) surasining 15-oyatida shunday deyiladi: M a’nosi, «U (Alloh) sizlar uchun Yerni xokisor-bo ysinguvchi qilib qo’ygan zotdir. (Yer)ning har tomonida yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro ‘zidan yenglar. Yolg'iz uning huzuriga tirilib chiqish-qaytish bordir». Ulamolarimiz ushbu oyati karimaning tafsirini islomda mehnatga chorlashga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqat, Alloh taolo Yerni yaratib, uni insonga bo'ysundirib qo'yish bilan birga, insonlarga bu ulug‘ ne’matdan unumli foydalanish uchun dangasalik, ishyoqmaslik qilmasdan, kasb-komi puxta egallab, rizqni undirib yeyishga undagan. Bu yerda gap bag'oyat ulug‘ n e’m at-yer to ‘g‘risida ketsa ham, uni keng m a’noda Alloh taolobarcha imkoniyatlar to‘g‘risida aytmoqda, deb tushunilsa o‘rinliroq bo‘ladi.M ana shunday Alloh yaratgan imkoniyatlar v"1 ulardan aql-idrok bilan kasb-korni egallab, o ‘z rizqini terib yeyishlari bandalarning burchlari ekanligi to‘g‘risidagi da’vatni biz «Qur’oni karim»ning «Baqara» surasining Insonning mehnati, sa’y-harakati faqat dunyo n e’matlaridan ko‘proqbahram and b o ‘lishi uchungina emas, balki oxiratdagi hisob-kitob uchun zarurdir.Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilarki, «Alloh taolo o ‘z bandalari ichida g ‘ayratlisini yoqtiradi». Hadisi shariflardan birida: «Ey Parvardigor, men sendan, g ‘am-tashvishdan, xafalikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, q o ‘rqoqlikdan, qarzdorlikdan va xorlikdan panoh tilayman\» deyilgan. Insoniyat bosib o‘tgan uzundan-uzoq yo‘l mehnat jarayonidan iboratdir. Shu boisdan kishilar m ehnatni qadrlashlari, ulug‘lashlari, yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashlari kerak. Zero, Payg‘ambarimiz M uham m ad sallallohu alayhi vasallam o ‘z hadislaridan birida: «Odam- laming уaxshisi odamlarga manfaat keltirganlaridir», deb bejiz aytmaganlar. «Qur’oni karim»da ham bu borada alohida ta’kidlanadi. Islomda mulk masalasi. Iqtisodiyot nazariyasida m ulk, mulkiy munosabatlar masalasi asosiy o ‘rin egallaydi. Zero, har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosini mulkchilik tashkil etadi. Mulkchilik — kishilar o ‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va m ehnat mahsulini o ‘zlashtirish yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixiy aniq bir shaklda nam oyon b o ‘luvchi iqtisodiy m unosabatdir. Mulk egasi b o ‘lish va b o ‘lmasligiga qarab kishilaming jamiyatdagi mavqyi, ulaming ijtimoiy maqomi yuzaga keladi. Islomda mulk tushunchasi, uning mohiyati, odamlar qo‘lidagi boylik — bu Allohning boyligi, odamlar-esa faqat uning yerdagi boshqaruvchilari ekanligini tan olishdan iborat. Ijtimoiy m anfaatlar o ‘rtasidagi kelishuv, uning asosini mulk-sarmoya tashkil etadi. Islom shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatga zarar keltirsa, un| (shaxsiy manfaatni) m a’qullamaydi. Shuning uchun ham ulaming kelishuvini yoqlaydi. Sarmoya ijtimoiy vazifani bajarishi, iqtisodiyot va jamiyatga foyda keltirishi uchun doimo harakatda (oborotda) bo‘lishi kerak. Xususiy va ijtimoiy mulk m a’lum ijtimoiy manfaatlarga xizmat qiladi. Xususiy mulkning har qanday shakli jamiyat tom onidan nazorat qilinishi va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi ham kerak. Demak, islom dinida xusilsiy mulk ijtimoiy vazifani bajaradi. Ijtimoiy boylik—jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tabiiy boylik- lardir. Bu boyliklardan jamiyatning barcha a’zolari foydalanishlari mumkin, lekin ularga tanho hukmronlik qilish va g'arazli maqsadda foydalanish qatliyan taqiqlanadi. «Qur’oni karim»ning bir qancha oyatlarida birovninghaqiga xiyonat qilish qoralanadi. «Baqara» surasining 188-oyatida «Mol- dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz, ya’iii bir biringizning haqqingizni yemang. Va (gunoh qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini harom yo‘l bilan yeyishuchun mollaringizni pora qilib hokimlarga uzatmang», deyilgan. Bu oyati karimada Alloh musulmonlarga bir-birining molini botil — harom yo‘l bilan yemoqdan qaytarmoqda. Shariat qonunlari to ‘g‘risidagi «Muxtasar» nomli kitobda musulmon- chilikda mulkiy munosabatlar qanday bo‘lishi kerakligi batafsil bayon etilgan. Oilaning mulkiy munosabatlari. Jam iyatning mustahkamligi har jihatdan oilaning mustaxkam bo‘lishiga bog‘liqdir. Download 8.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling