Quruqlikning zoogeografik jihаtdаn bo’linish Reja: Quruqlikning zoogeografik jihаtdаn bo’linishi tarixi


Download 0.65 Mb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1206903
1   2   3   4
Bog'liq
Quruqlikning zoogeografik jihаtdаn bo’linish

Hind-Malayya oblasti
Hind-Malayya oblasti Osiyoning tropik va subtropik qismi, shuningdek, Hind va Tinch okeanlaridagi bir qator arxipelag va orollarni o’z ichiga oladi. Mazkur oblastning sharqiy chegarasida aniqrogi Tar sahrosida Hind faunasi Old Osiyo faunasi bilan aralashib ketgan. Shimoliy chegarasi esa Himolay cho’qqilariga yetib boradi. Ko’pchilik zoogeograflar Hindo-Malayya oblasti janubiy chegarasini Xuanxe va Yantszi daryolari ortasida, subtropik o’rmonlarning shimoliy chegarasida deb ta’kidlaydilar. Oblastning janubiy-sharqiy chegarasi hali hanuzgacha bahs munozaralarga sabab bo’lmoqda. Uolles davridan boshlab, janubiy sharqiy chegara Bali va Lombok, Kalimantan va Sulavesi orollarini ajratib turuvchi bo’goz orqali o’tgan deb ta’kidlanar edi. Keyinchalik Geksli bu chegaralarini “Uolles liniyasi” deb ataldi va chegara Filippin orollari o’rtasidan o’tadi degan.
Boshqa olimlar taklifiga ko’ra, sharqiy chegara Sulavesi, Kichik Zond va Molukka orollaridan keyin o’tkazilishi lozim. Buni “Veber liniyasi” deb atashadi. Bu liniya statistik usulda, Osiyo va Avstraliya faunasi elementlari nisbatiga asoslanib aniqlangan. Fitogeograflar Paleotropik dominionga Yangi Gvineya hamda Tinch okeanning tropik qismi chegarasigacha bo’lgan orollar va arxipelaglarni o’z ichiga oladi. Polineziya orollari bunga kirmaydi. Buning sababi, floristik tarkibning bir-biriga o’xshashligidir. Yangi Gvineya, Molukka va boshqa orollarni (Sharq tomonda Fiji oroligacha) faunasi o’tish xarakteriga ega. Ammo hayvonlarning reptiliyalar, hasharotlarning tarqalishini o’rganish natijasida bu rayonni Avstraliyaga emas, Hind-Malayya oblastiga kiritish to’gri ekanligi ma’lum bo’ldi. Buni B.Belishev (1961), O.L.Krijanovskiy (1976) o’z tadqiqotlari natijasida isbotlashgan. Papua kichik oblastining ko’p sonli endemiklari kelib chiqishi va qon-qarindoshlik aloqalariga ko’ra Avstraliyaga emas, balki Paleotropikaga kirishi ma’lum bo’ldi. Keyingi ma’lumotlarga ko’ra, Filippin, Zond orollari va Yangi Gvineya kiradi. Oblastning shrqiy qismida ekvatorial o’rmonlar ulkan massivi mavjud. Himolayning sharqiy qismida va HindiXitoyda boy o’simlik qoplamiga ega baland tog’lar mavjud. Hindistonda esa o’rmonlar o’rnini quruq va ulkan kengliklar, hatto sahrolar egallaydi. Landshaftlarning bunday xilma-xilligi fauna tarkibining ham xilma-xil bo’lishiga olib kelgan.
Hind-Malayya oblastining sutemizuvchilari 46 oilaga mansub bo’lib (Simpson, 1945), ularning 5 tasi xaltalilar va teshiklilar Avstraliya uchun xos bo’lib, faqat Papua kichik oblastida uchraydi. Endemik oilalar soni 4 tani tashkil qiladi. Qolgan oilalar Efiopiya, Golarktika va Neotropika olamlari uchun umumiydir. Hind-Malayya oblastining janubiy-sharqiy qismida bir teshiklilar yoki tuxumqo’yuvchi sutemizuvchilardan Yangi Gvineya proexidnasi (Proechidna) va exidnalar (Tachyglossus), shuningdek sutemizuvchilarning xaltali sichqonlar (Dasyuridae), bandikutlar (Peramelidae), Falangistlar (Phalangeridae) va kengurular (Makropodidae) kabi oilalarga mansub hayvonlar yashaydi. Oblast hududida tipratikanlar (endemik hisoblangan Echinosoricidae kenja oilasi turlari), krotlar, junqanotlar, mevaxo’r ko’rshapalaklar Pteropidae uchraydi. Bu yerda primatlar turkumining endemik hisoblangan Tupaylar oilasi – Tupaiidae turlari, chala maymunlardan Loris va Nucticebus urug’lariga kiruvchi ingichka va yo’g’on lorilar yashaydi.
Uzuntovonlar oilasi – Tarsidae vakillari faqat Malayya arxipelagida va Filippinda yashaydi, yuksak primatlardan makaki, odamsimon maymunlardan orangutan, gibbon tarqalgan.
Yashchurlar yoki pangolinlar manidae Afro-Osiyo faunistik aloqalarga egadirlar. Oblast hududi va uning tarkibibdagi bir qancha orollarda jayralar, qumsichqon, uchar tiynlar, kalamushlarning juda ko’p turlari yashaydi.
Hind – Malayya oblastida endemik Cuon urug’iga kiruvchi qizil bo’ri, suvsar, viverrasimonlar (masalan hind mangustasi), mushuksimonlardan yo’lbars, qoplon, gepard va boshqa turlar yashaydi. Oblastning g’arbiy qismida arslonlar saqlanib qolgan. Oblast hududida Hind fili, Sumatra va Molukka yarim orolida tapirlarning bir turi, karkidonlarning 3 turi hayot kechiradi. To’ng’izlar-cho’chqalar barcha qismda uchraydi. Yovvoyi buqalardan buyvol, banteng, gayal va boshqalar tarqalgan, ammo antilopalar turlari kamdir. Yovvoyi echkilar va qo’ylar shimoldan kelgan golarktik turlardir.
Hind-Malayya oblastining qushlar faunasini janubiy-sharqda ko’kraktojsiz qushlardan kazuar Casuariidae bir necha turi, xas tovuqlar yoki megapodlar, qirg’ovullar, tovuslar, baliqxo’r boyqush (Ketupa) yashaydi. Avdotkalar (Burhinidae) va bulduruqlar (Pteroclidae) ochiq yalangliklarda yashovchi turlar bo’lsa, to’tiqushlar, bulbullarga o’xshash ko’k qushlar (Irenidae) o’rmonlarda yashaydi.
Hind –Malayya oblastining tropikopolit qushlari trogon, nektarnitsa, zimorodok – ko’ktarg’oq va boshqalardir.
Reptiliyalar faunasi: ilonlar, kaltakesaklar, toshbaqalar, timsohlar keng tarqalgan. Toshbaqalarning 2 ta endemik oilasi – Katta boshli toshbaqalar (Platysternidae- yagona turi Hindi-Xitoyda tarqalgan) va ikki tirnoqli toshbaqalar (Carettochelyidae – bu oilaning yagona turi Yangi Gvineyada tarqalgan) tor arealga ega bo’lsa, Tryonychidae va quruqlik toshbaqalari (Testudinidae) keng tarqalgan. Oblastda kaltakesaklarning 2 endemik oilasi mavjud: Dibamidae – yer kovlab hayot kechiradigan 3 tur; faqat Kalimantan orolida tarqalgan Lanthanotidae oilasining yagona turi quloqsiz echkemarlardir. Bu oblastda gekkonlar, agamalar, stsinklar ko’pchilikni tashkil qiladi. Agasimonlardan uchar ajdaho (Draco volans) Janubiy Osiyo o’rmonlarida (20-25 m gacha uchib boradi), Uzunligi 365 sm keladigan Komodo echkemari Flores va Komodo orollarida yashaydi.
Ilonlar faunasini ko’rilonlar (Typhlopidae), yer kovlab hayot kechiruvchi Anilidae oilasi vakillari – silindrsimon ilon va ammoxilus, Uropeltidae oilalariga mansub turlar tashkil qiladi. Umuman olganda, mazkur oblastda ilonlarning 35 endemik turi hayot kechiradi. Uzunligi 5-6 m keladigan matrap piton, suvilonlar (Colubridae), aspidsimonlar (Elopidae – bularga qirol kobrasi, asl kobralar, Bungarus urug’iga mansub kraytlar kiradi), qorailonlar (Viperidae), shaqildoq ilonlar (Crotalidae – bular orasida Trimeresurus urug’iga kiruvchi kufiya yoki taqaboshli ilonlar) shular jumlasidandir.
Hind-Malayya oblastida asl timsohlarlar, baliqxo’r gaviallar, alligatorlar tarqalgan, ularning 1 turi Xitoyning Yantszi daryosi havzalarida hayot kechiradi. Amfibiyalarning barcha turkumlariga mansub vakillari uchrasa ham, ular orasida endemik oilalari uchramaydi.
Chеrvyagalardan sеylon ilon balig’i (Ichthyophis urug’i) daryo va ko’llar qirgoqida 20-30 sm chuqurlikda yashaydi. Yashiirin jabralilar oilasiga mansub turlar Sharqiy Xitoy va Shimoliy Amеrikada, salamandralar esa Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amеrikada tarqalgan. Dumsiz amfibiyalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bular haqiqiy baqalar Rana va eshkakoyoqli baqalar Rhacophoridae bo’lib 150 ga yaqin turi bor. Shu bilan birga chеsnochnitsa va tor og’izli baqalarning ham ko’pchilk turlari bu oblastda yashaydi.
Ixtiofaunaning o’ziga xosligi – arxaik yani qadimgi guruhlar uchramaydi, 3 ta oilasi endemik sanaladi. Karpsimonlarning (Cuprinidae) ko’pligi, losossimonlarning umuman uchramasligidir.
Hindo-Malayya oblasti entomofaunasi –
Kapaklarning kavalerlar oilasi (Papilionidae) ning qushqanotlilar Troides yoki Ornithoptera urug’iga mnsub turlari. (Zond va Yangi Gvineyada), Danaida kapalaklari, yirik tovusko’z lapalaklari – Atlas (Attacus atlas);
Qo’ng’izlardan bargxo’r qong’izlar, tillaqo’ng’izlar, mo’ylovdorlar, bug’u qo’ng’izlar, vizildoqlar (Mormolyce), karkidon qo’ng’izlar (Chalcosoma) ni uchratish mumkin. Shuningdek, plochniklar, beshiktebratarlarning har xil shakldagi turlari, termitlar, chumolilar hayot kechiradi. Oecophylla smaragdina chumolisi o’simlik barglaridan uya to’qiydi.
Ushbu oblastda birlamchi traxeyalilar (Peripatidae), Charilinidae endemik oilasiga kiruvchi chayonlar, telifonlar, solpuglar, paxmoq qushxo’r o’rgimchaklar uchraydi. Hindiston va Seylon orolida gigant yomg’ir chuvalchanglari (Megascolecidae) tarqalgan.
Hind-Malayya oblasti faunasi tarkibiga ko’ra Hindiston, Malayya, Hindi-Xitoy va Papua kichik oblastlariga bo’linadi.
Hindiston kichik oblasti – Old Hindiston va Shri Lanka orolini o’z ichiga oladi. Uning g’arbiy va shimoliy chegarasi oblast chegarasi bilan mos keladi. Sharqiy chegarasi Gang daryosi del’tasi va Braxmaputra daryosining yuqori oqimi bilan chegaralangan. Bu hududning asosiy qismi yassi tog’liklar va past-tekisliklar bilan chegaralangan. Uning shimoliy qismi Himolay tog’lariga to’g’ri keladi. Hindistonning janubiy qismi g’arb va sharq tomondan tog’ choqqilari Sharqiy va G’arbiy Gata bilan chegaralangan. Uning shimoliy sharqiy qismidagi tekisliklar o’simliklar va yakka siyrak butalardan iborat sahrolar bilan qoplangan. Hind vodiysida qachonlardir to’qay bo’lgan yerlarda hozirda palmalar o’sib yotadi. Gang vodiysi palma va bambuklar o’sib yotgan daraxtlar bilan qoplangan. Himolay etaklarida o’tib bo’lmaydigan jangalzorlar – junglilar van am tropik o’rmonlar joylashgan. Himolayning yuqori qismida subtropik va mo’tadil o’rmonlar zonasi joylashgan. Hindiston markazi Dekan yassi tog’ligi quruq iqlimga ega bo’lib, savanna bilan qoplangan. Hindiston, Shri-Lanka va Pokistonda tabiiy zonalarning ko’pchiligi yo’q qililgan.
Sut emizuvcilar faunasi – ba’zi ohular –antilopalar: nilgau, garna, to’rtshoxli ohular, ayiqlarning gubach turi, Hindistonda muqaddas sanalgan xulman maymunlari, Bengal yo’lbarslari, sherlar, karakal va xaus, gepardlar yashaydi.
Qushlar faunasini oddiy tovus, tog/ maynasi, dumparast, afg’on maynasi tashkil qiladi.
Qalqondumli ilonlarning (Uropeltidae) ning 45 endemik turi Hindiston kichik oblastida tarqalgan. Megaskolesidlar – yomg’ir chuvalchanglari antiboreal ravishda tarqalgan. Shri-Lankada karkidonlar, yo’lbarslar, ohular, tupaylar uchramaydi.
Malayya kichik oblasti – bu hududga Molukka yarim oroli, Filippin orollari arxipelagi va Zond orollari kiradi. Sharqiy chegara Makassar bo’g’ozigacha yetib boradi. Malayya kichik oblastining iqlimi nam tropik bo’lib, o’simlik qoplami asosan sernam tropik o’rmonlardan iborat. Florasi boyligi jihatidan Afrika va Janubiy Amerika o’rmonlaridan ham oldinda turadi. Molukka yarim orolida o’simliklarning 10 ming turi o’ssa, Malayya kichik oblastining o’zida o’simlik turlari soni 40 mingga yetadi.
Masalan orxideyalarning 5 ming turi o’sadi. Daraxtlarning eng ko’pini dipterokarpsimonlar tashkil qiladi. Lianalarning ko’p turlari va eng katta gul Raffleziya Arnoldi ham shu yerlarda o’sadi.
Malayya kichik oblastining sut emizuvchilari – Hind tapiri, Sumatra va Yava karkidonlari, Banteng ho’kizi, cho’chqalarning har-xil turlari, yirtqichlardan qoplon va yo’lbars, Malayya ayig’i, binturong viverrasi, Sumatra va Malakka orolida yashaydigan endemik siamang gibboni, orangutanlar, uzunburun martishkalar, uzuntovonlarning 3 turi, hasharotxo’rlardan qildor tipratikan- gimnuralar, olmaxonlarning juda ko’p turlaridan iborat.
Qushlar faunasi. Malayya kichik oblastida qizilishtonlar, drongolar, borodastiklar, kaptarlar, karkidon qushlar, qirg’ovullarning Argus turi, tovuslar uchraydi.
Ushbu kichik oblastning reptiliyalar faunasiga quyidagi turlar kiradi: uchar ajdaho, Komodo echkemar, ilonlardan matrap piton, mayday kalamariya, daraxtda yashovchi Chrysopelea, driofislar, kobralar, qora ilonlarning bir necha turlari, jumladan xalqali qora ilon (Vipera russeli) turi, shaqildoq ilonlardan kufiya; taroqli timsohlar, Sumatra va Kalimantan orollaridagi Tomistoma urug’iga kiruvchi gaviallar.
Amfibiyalardan eshkakoyoqli baqalar uchar baqalarni uchratish mumkin.
Malayya kichik oblastining umurtqasiz hayvonlari faunasi – Kapalaklarning qushqanotlilar, kavalerlar; palochniklardan Indoneziya palochnigi; temirchak; yirtqich skakun qo’ng’izlari, uzun bo’yin trikondillar, kollirislar; daydi chumolilar – dorilinlar; gemadisp zuluklarini tashkil qiladi.
Filippin orollarida mindor buyvoli, bug’ularning bir necha turi, filippin uzun tovoni – sirixta, filippin junqanoti, viverralarning bir necha turlari, olmaxonlar, primatlarning yagona turi krabxo’r maymun, endemik sichqonsimonlar yashaydi. Qushlardan xas tovuqlar, kakadu va lori to’tiqushlarini uchratish mumkin.
Hindi-Xitoy kichik oblasti (Birma-Xitoy kichik oblasti)
Bu kichik oblast Osiyo qit’asining janubiy-sharqiy chekkasida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismida Hindiston kichik oblasti bilan, shimoliy-sharqda Golarktika bilan chegaralangan. Hindi-Xitoy kichik oblastiga Tayvan va Xaynan orollari ham kiradi. Ushbu kichik oblast hududida uchunkeng vodiylardan oqib o’tuvchi Mekong va Iravadi daryolari mavjud. Iqlimi nam tropik bo’lib, asosiy o’simlik qoplamini doimiy yashil tropik va subtropik o’rmonlar, botqoqzor junglilar tashkil qiladi.
Hindi-Xitoy kichik oblasti sutemizuvchilari faunasi primatlardan gibbon, makaki, tupaylar, lorilar; karkidonlar; fillar; enotsimonlardan bo’lgan kichik panda; goral va takin antilopalari, elafodus kichik bug’usidan iborat.
Qushlar faunasini – tovuqsimonlardan Tragopan va Lophura urug’lariga mansub qirg’ovullar, endemik argus, endemik bankiv tovuqlari; chechevitsa, klestlar tashkil qiladi.
Yantszi daryosida timsohlarning Xitoy alligatori degan turi yashaydi.
Papua kichik oblasti
Papua kichik oblasti Makassar bo’gozidan sharqda joylashgan Lombok, Sumbava, Flores, Timor, Sulavesi, Molukka, Yangi Gvineya orollari kiradi, sharqiy chegarasi hali to’liq aniqlanmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra sharqiy chegara Solomon orollari va Yangi Irlandiya orollaridan biroz sharqda joylashgan, ayrim manbalarda esa shu orollardan biroz g’arbda joylashgan.
Yangi Gvineya orolining (829 ming kv.km) sharqiy qismi tog’liklardan iborat bo’lib, ularning balandligi 5 mingga yetadi. Oblastning janubiy qismida bepoyon kengliklar joylashgan. Orolning katta qismi Malayya tipidagi o’rmonlar bilan qoplangan. Bunday landshaftlar Timor, Sulavesi va boshqa orollarda ham mavjud. Papua kichik oblastida endemiklarning soni ko’pdir.
Sulavesi orolida sutemizuvchilardan maymunlarning uzuntovonlar, makaki turi; olmaxonlar, yerqazirlar, yashchurlar; tuyoqli sutemizuvchilardan endemik kichik buyvol – anoa, babirussa cho’chqasi, Kalimantan bug’ulariga o’xshash bug’ular; xaltali sutemizuvchilardan kus-kus yoki falangistlar (Phalanger -Yangi Gvineya, Solomon orollarida) yashaydi.
Papua kichik oblasti ornitofaunasini yarmi endemiklardir. Qushlardan asosan qizilishtonlar, nektarchilar, Avstraliya uchun xos bo’lgan asalxo’rlar, lori to’tiqushlari, xas tovuqlar yashaydi. Reptiliyalarning Testudo urug’iga kiruvchi quruqlikda yashovchi turlari, amfibiyalardan Malayya faunasi uchun xos bo’lgan turlari tarqalgan.
Sulavesi orolidan fillarning qoldiqlari topilgan.
Yangi Gvineya – boy faunaga va turli xil ekologik sharoitlarga ega tropic orol hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar olami asosan – yomg’ir chuvalchanglari, qo’ng’izlar, kapalaklar (kavalerlar, qushqanotlar), ninachilar, chumolilarning ko’pchilik turlaridan iborat.
Reptiliyalar faunasini esa kaltakesaklarning juda ko’p turlari, endemik gigant echkemar, Carettochelyidae oilasiga kiruvchi quruqlik toshbaqalari, gekkonlar, stsinklar tashkil qiladi.
Amfibiyalar faunasi – Tor og’izli baqalar kenja oilasi (Sphenophryninae) ning 35 urugiga mansub 36 turi, Asterophryinae kenja oilasining 4 urug’ga mansub 25 turi (masalan shoxdor baqa – caratobatrachus gunteri) dan iborat.
Yangi Gvineyada qushlarning jannat qushlari deb ataladigan 40 turi (Paradiscidae) endemiklardir. Gourinae kenja oilasiga kiruvchi kaptarlar, jingilador kaptar, pitta, nektarchilar, karkidon qushlar, to’tiqushlarning endemik hisoblangan qizilishtonsimon to’tiqushlar (Psittinae) kenja oilasiga mansub 6 tur, kakadu, lori kabi endemik turlari, Kazuar (Casuaridae) larning 1 urug’ga mansub 6 turi, xas tovuqlar – talegallar (Talegalla va Aepypodius), tarqalgan.
Yangi Gvineyada sutemizuvchilardan proyexidna (Proechidna), kengurularning daraxtlarda yashovchi Dendrogalus urug’iga kiruvchi 10 turi, kus-kuslar, bandikutlarning daraxtda yashovchi 3 urug’ga mansub turlari, xaltali bo’rsiqlar, xaltali yirtqich sichqonlar hayot kechiradi. Yo’ldoshli sutemizuvchilardan endemik suv sichqonlari Hydromyinae kenja oilasiga kiruvchi kemiruvchilar va yovvoyi cho’chqalar ham shu yerda yashaydi.
Polineziya oblasti.
Polineziya oblastiga Tinch okeanda joylashgan juda ko’p sonli orollar, shuningdek, Yangi Zelandiya va Kerdamek orollari ham kiradi. Bu oblast g’arb tomonda Palau oroli, Bismark arxipelagi, Solomon orollari, Sharq tomonda Pasxi va Gomes orollari, shimol tomonda Gavayi oroli, janubiy tomonda Norfolk va Lord-Xau orollari kiradi.
Okeaniyadagi barcha orollarni vulkanik (baland), korall (past) va ohak orollarga ajratish mumkin. Vulkan orollariga Fidji, Samoa, Jamiyat va Markiz orollari kiradi. Ulardagi tog’larning balandligi 1,5-2 ming metr va undan ham ziyod keladi.
Tog’ etaklarida lava qoldiqlarini ko’rish mumkin. Bu orollarning sohillari qumli yerlarda yoki mangro butazorlaridan iborat. Vulkan orollarining qirg’oqlarida qirg’oq yoki baryer tipidagi korall riflari mavjud. Passat oqimi tufayli, namlik ko’p bo’lgani uchun qalin tropic o’simliklar qoplamidan iborat o’rmonlar bilan birga tog’larning pastki qismida faqat butazor va o’t o’simliklardan iborat hududlar ham uchraydi. Korall orollari rif hosil qiluvchi korallar faoliyati natijasida yuzaga kelgan. Ular uzunasiga cho’zilgan yoki o’rtasida laguna mavjud bo’lgan halqa shaklida (atoll) bo’ladi. O’simliklardan kokos palmasi, pandanuslar va galofil butalar o’sadi. Ohak orollari okean tubining yuzaga ko’tarilishi natijasida paydo bo’lgan. Unda baland cho’qqilar va сhuqur jarliklarga ega tog’lari bor. Bu yerda yirik daraxt va butalardan iborat o’rmonlar mavjud.
Okeaniya orollari geografik jihatdan 3 ta guruhga ajratiladi: sharqiy tomonda Polineziya, g’arbiy tomonda Melaneziya, shimoliy tomonda Mikroneziya. Okeaniya orollari faunasi immigratsion xarakterga ega. Sutemizuvchilardan uchar ko’rshapalaklar va mayda kemiruvchilar yashaydi. Bu yerda quruqlik toshbaqalari va timsohlar uchramaydi. Ilonlardan Fidji orolida endemic aspid turlari, Tonga va Samoa orollarida Gandoia urug’iga mansub bo’g’ma ilonlar uchraydi. Kvakshalar va baqalar Bismark arxipelagida, baqlarning 2 endemik turi esa Fidji orolida, qurbaqalar Gavayi orollarida tarqalgan. Aborigen endemic kaltakesaklar Yangi Kaledoniya, Fidji, Tonga va boshqa orollarda tarqalgan bo’lib, ularning ko’pchiligi gekkonlar va stsinklardan iborat. Fidjida endemic urug’lardan biri relikt iguanalar ham hayot kechiradi.
Polineziya oblastining sutemizuvchilari faunasini inson bilan bo’gliq sichqon va ko’rshapalaklarni hisobga olmaganda, mevaxo’r ko’rshapalaklarning Hindiston (Pteropus va Emballonura urug’lari), Palearktika (Myotis urug’i) va tropikopolit (uzunqanot – Miniopterus urug’lari) turlari tashkil qiladi.
Polineziya oblastining qushlar faunasidagi 100 urug’ga kiruvchi qushlarning turlari bir necha guruhga bo’linadi. Ularning 35 urug’i endemic; 40 urug’i Malayya oblasti bilan umumiy, qolganlari Papua oblastiga yaqin va o’xshashdir. Oblastda mevaxo’r kaptarlarning Treroninae va Gourinae kenja oilalariga kiruvchi turlarri ustunlik qiladi. Samoa orolida Didunculinae kenja oilasining yagona urug’i bo’lgan Didunculus turlari yashaydi. Ushbu oblastda salangan qushlari, beloglazka-oqko’zlar, zimorodoklar, qaldirg’ochlar (Hirundo), boyqushlar (Asio), kakku qushlar (Cuculus), Yangi Kaledoniyada Janubiy Amerika quyoshli oqqushiga yaqin turadigan endemik Rhinoceti turkumiga mansub kagu qushi (Rhinochetes jubatus) yashaydi. Gavayi orollarida endemic svetochnitsalar (Drepanididae oilasi) yashaydi. Ularning bir necha ekologik tiplari hosil bo’lgan. Yangi Kaledoniyada umurtqasiz hayvonlarning 80% i endemiklardir. Fidji va Yangi Kaledoniyada kavalerlar tarqalgan. Qo’ng’izlarning 1/3-1/4 qismi endemic bo’lib, ko’pchiligi uchmaydigan formalardir. Gavayi orollarida mollyuskalr faunasining asosiy qismini endemic hisoblangan Achatinellidae oilasiga kiruvchi juda ko’p turlar hosil qiladi. Ular tog’ cho’qqilari va vodiylari tufayli ko’pgina geografik irqlar hosil qilgan.
E‘TIBORINGIZ
UCHUN
TASHAKKUR
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling