Qushlar qayda qoʻnoqlar 🐦
Quddus Muhammadiy
Vaqt:10
Oʻqituvchi: Egamqulova Guljahon
LOREM IPSUM
04
Bolalar shoiri Quddus Muhammadiy 1907-yilda Toshkent shahrida dehqon oilasida tug`ilgan. O`rta maktabni bitirib qishloq xo`jalik bilim yurtida tahsil oladi. Urushdan keyin 1-she`riy to`plami “Sinov” nomi bilan bosilib chiqadi. Uning she`rlari “O`quvchiga estalik”, ”Bahor keldi”, “Orzu”, “Qirq o`g`il, qirq qiz” deb nomlanadi. Bugun darsligimizda shoirning “Qushlar qayda qo`noqlar?” she`ri berilgan .
LOREM IPSUM DOLOR
- Ko‘p qushlarning qishda yotar ini yo‘q,
- Patdan boshqa ko‘ylak-kostum, to‘ni yo‘q.
- Bir xili ochiq daraxt shoxlarida qo‘noqlar,
- Qor-bo‘ronda, sel-yomg‘irda quvnoqlar.
- Sovuq eltib, muzlab, to‘ng‘ib qolmasmi?
- Yo ularning joni qattiq olmosmi?
Qushlarning xillari ko‘p ajoyib,
Issiq yoqqa ketishar qanot yoyib.
Qolganlari sovuq, muzdan qo‘rqmaydi,
Patlariga qor-u yomg‘ir yuqmaydi...
Ammo shuni, bolajonlar, unutmang,
Qor yog‘ganda qushlar xoli bo‘lar tang.
Bari shoshib, don izlashib qolishar,
Chirqillashib uchib-qo‘nib nolishar.
O‘shanda siz qushlarga yordam bering,
Uvoq seping, ularga inlar quring.
Rahmat aytib, chig‘illab sayrab berar,
Qanot qoqib, osmonda o‘ynab berar.
Qo`noq - tunash uchun yoki dam olish uchun qo`nish joyi.
To`ng`ib -muzlab, qotib qolmoq
Olmos -mustahkam, o`ta qattiq, qimmatbaho tosh
Holi bo`lar tang -ilojini toppish mushkul bo`lgan vaziyat
THANK YOU FOR WATCHING
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |