Qushlar tuzilishi jixatdan olib, olishligi
Download 16.88 Kb.
|
Mavzu O’zbekistonda tarqalgan noyob va soni kamayib borayotgan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- XALQARO QUSHLAR KUNI, 1 - APREL
Qushlarni muhofaza qilish jamiyati talabalar klublarining tarmog'i 10 yildan buyon O'zbekistonda faoliyat ko'rsatmoqda! Klublar Qushlarni muhofaza qilish Jamiyatining yo'nalishlariga muvofiq faoliyat yuritadilar, ularning a'zolari O'zbekistonning beshta universitetining talabalaridir. Talabalar klublarining a'zolari O'zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati a'zolarining yarmini tashkil etadi, ular jamiyatning qushlarni o'rganish, ularning yashash muhitlarini muhofaza qilish, shuningdek yoshlar va kattalar o'rtasida ekologik bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etadilar.
So'nggi 11 yil davomida eng yorqin ekologik bahor bayram - 100 yildan ziyod tarixga ega bo'lgan Xalqaro Qushlar kuni O'zbekistonda nishonlamoqda. Qushlar kuni Qushlarni muhofaza qilish jamiyati tarafdorlari uchun haqiqiy kasb bayrami hisoblanadi. Bayram O'zbekistonning beshta viloyatida talabalar klublarining a'zolari ishtirokida nishonlanadi. Ushbu kun uyushtiriladigan tadbira qushlarni kuzatish, sahna ko'rinishlari namoyish etish, ko'rgazmalar, mahorat darslari, o'yinlar, viktorinalar va ilmiy seminarlar kabilarni o'z ichiga oladi, ular har yili ko'plab ishtirokchilarni birlashtiradi. Bu yilgi Qushlar kuni 900 kishini, shu jumladan, 300 nafar maktab o'quvchilarini birlashtirdi. Parvoz yo'llarining chorrahasida joylashganligi sababli mamlakatimiz migratsiya qiluvchi qushlarining 117 turiga kiradi muhim sanaladi, ularning aksariyati kamdan-kam uchraydi. Shu sababli, har yili dunyoning 80 ta mamlakatidan ekologik tashkilotlarining vakillari birgalikda Butunjahon uchib o'tuvchi qushlarni muhofaza qilish kunida (WMBD) ishtirok etadilar. Mamlakatimizda WMBD ishtirokchilari migratsiya davrida qushlar duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar to'g'risida ma'lumotlar berib turadilar. 2018-yilgi WMBD ning mavzusi - "Qushlarni muhofaza qilishda ovozlarimizni birlashtiraylik!" Ushbu chaqiriqdan so'ng Qushlarni muhofaza qilish jamiyati va talabalar klublari tomonidan mamlakatimizning beshta viloyatida o'tkazilgan tadbirlarda 270 dan ortiq odam ishtirok etdi. BUTUNJAHON UCHIB O'TUVCHI QUSHLAR KUNI (WMBD), 10-15 - MAY Talaba klublarining a'zolari har yili atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bag'ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadilar. Shunga ko'ra, 2018-yilgi atrof-muhitni muhofaza qilish kunining mavzusi "Plastik bilan ifloslanishga qarshi kurash" bo'lib, bugungi kunning eng katta ekologik muammolaridan biri sifatida har kimni plastik chiqindilar bilan kurashda birlashishga chaqirdi. Amalda deyarli barcha tabiiy hududlar plastik zarrachalar bilan ifloslangan - bu birinchi navbatda odamlarning sog'lig'iga va biologik xilma-xillik holatiga ta'sir qiladi. Shunday qilib, har yili 500 milliarddan ortiq plastik qoplardan foydalaniladi, bu esa quvurlarimizdan keladigan suvning 83 foizi plastik zarralar mavjud bo'lishiga sabab bo'ldi! Tabiatda qolgan plastmassa inson va yovvoyi hayvonlarning tanasiga kiradi va bu qanday oqibatlarga olib kelishi haqida iyun oyining boshida Toshkent viloyatida va Qoraqalpog'istonda bo'lib o'tgan ikki tadbirga ishtirokchilarga Qushlarni himoya qilish jamiyatining faollari gapirib berdi BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH, 5-IYUN Qushlarnining kuzgi kuzatuvi bo'yicha xalqaro tadbir - "EuroBirdwatch" - butun dunyoda qushlarni kuzatish uchun eng yaxshi tadbir 2018 yilda butun dunyoda 25 ming kishi qushlarni kuzgi kuzatuvi kunlarida minglab tadbirlar o'tkazdi! Qayd etilgan qushlarning soni besh millionni tashkil etdi, bu o'tgan yilgi natijalardan ancha ko'p edi! O'zbekistong qushlarni himoya qilish jamiyatining EuroBirdwatch kompaniyada faol ishtiroki tufayli, O'zbekiston aksiyaning dunyo bo'yicha natijalari taqdim etilgan matbuot varaqasida qayd etildi. "EuroBirdwatch" muvofiqlashtirish markazi tomonidan tayyorlangan ommaviy axborot vositalari uchun rasmiy bayonotda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari Jumanov Muradbay Arepbayevich,"General Motors Powertrain Uzbekistan" bosh direktori Jennifer Bigelovning ishtiroki qayd etildi. Download 16.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling