Qushlarning koʻpayishishi va rivojlanishi


Musulmon Sharqi Renessansi to’lqinlari. Markaziy Osiyoda tabiiyotshunoslik ilmiy taraqqiyoti


Download 0.58 Mb.
bet2/4
Sana24.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1687166
1   2   3   4
Bog'liq
TABIAT SHUNOSLIK

Musulmon Sharqi Renessansi to’lqinlari. Markaziy Osiyoda tabiiyotshunoslik ilmiy taraqqiyoti.
Insoniyat sivilizasiyasi taraqqiyoti tarixida «Renessans» (tiklanish) deb atalgan ijtimoiy ma’naviy xodisa muhim rol o’ynagan. Bunday xodisaning sodir bo’lishini bir qator iqtisodiy, siyosiy etnopsixologik va tarixiy jarayonlar taqozo etadi.
Renessans xodisasining asosiy mazmuni shundan iboratki, bir vaqtlar bron-bir sivilizasiyaning eng taraqqiy etgan bosqichida yaratilgan qadriyatlar boshqa tarixiy davrda passionar silkinishni boshidan o’tkazayotgan xalqlar tomonidan o’rganish, taqlid qilish va namuna olish shaklida tiklanadi, taraqqiyotda madaniy- ma’naviy vorislik namoyon bo’ladi.
Musulmon sharqi Renessansining ijtimoiy-ma’naviy zamini keng bo’lib, uning doirasiga qadimgi Yunoniston, Turon, Eron, Hindiston va boshqa mintaqalarda yaratilgan qadriyatlar kirgan. Renessans xodisasining o’zi davriy (siklli) to’lqinsimon tarqalish shaklida yoyilib borgan.

  • Musulmon renessansining birinchi to’lqini Arab Xalifaligida VIII-XII asrlarda tarqalgan. Bu asrlarda Ovrupada, aytaylik, Yer billur alpoq yopilgan, dengiz o’rab turgan va yalpoq obinonga o’xshagan dunyo, degan tasavvurlar hukm surgan bir paytda musulmon Sharqi mamlakatlarida hozirgacha qadr-qimmatini yo’qotmagan falsafiy va tabiiy-ilmiy g’oyalar, ta’limotlar yaratilgan.
  • Fan tarixchisi Dj.Sartonninining ko’rsatishicha, VIII asr boshida ummaviya xalifalaridan Xalid bin Muaviya «Falsafa toshi» ni qidirib xalifalikdan voz kechgan va o’zining qolgan umrini fanlarni, xususan, kimyoni o’rganishga bag’ishlagan. Andalluslik Ibn Firnas mexanika fani bilan shug’ullangan, shisha ishlab chiqaradigan korxona qurgan, metranom ixtiro qilgan va hatto uchish apparatini yasashga uringan.
  • Buyuk olim Muhammad Xorazmiy algebra faniga asos soldi. Olim chiziqli kvadrat tenglamalarni, maydon sathini o’lchashning ixcha, oqilova usullarini ishlab chidi. Geografiyaga oid «Kitobu surat il aro» asarida Xorazmiy ko’p yillar davomidagi kuzatishlarni umumlashtirgan holda yerning aholi yashaydigan joylarini ko’rsatuvchi xaritalar tuzib, har bir shaharning o’rnashgan joyi koordinatalarini ko’rsatib berdi.
  • «Bayt ul-xikma» akademiyasida Xorazmiy o’zining mashhur astronomik jadvallari yoritilgan «Zij» ini yozdi. Bu asar 37 bob va 116 jadvaldan iborat mukammal astronomik asardir. Xususan, olim Oy tugunlarining siljishi masalasi bilan shug’ullanib, uning sutkalik siljishining kattaligi 3,20 yoy minutiga tengligini ma’lum qildi. Hozirgi ma’lumotlarga ko’ra, bu kattalik 3, 18 yoy minutiga teng bo’lib, (xatolik atigi 0,02 minut atrofida), xorazmiyning kuzatishlari va hisoblari juda katta aniqlikka ega bo’lganini ko’rsatadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling