Qutmonova dilnozaning


[Tur-jins] munosabatining so`z birikmalarida ifodalanishi


Download 25.07 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi25.07 Kb.
#203271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5377511423544919698

1. [Tur-jins] munosabatining so`z birikmalarida ifodalanishi.

Giponimiya, giponim hamda giperonim atamalari dastavval 1968-yilda

ingliz tilshunosi Dj.Layonz tomonidan qo`llanilgan. Shundan so`ng giponimiya haqidagi dastlabki ilmiy axborotlar rus tilshunosligida ham vujudga kela boshladi. Rus tilshunoslari A.Ufimseva, L.Novikov, Y.Stepanov va fransuz tilshunosi V.Gakning ilmiy asarlarida ham giponimiya haqida dastlabki ilmiy mulohazalar bildirilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, bu mulohazalar va qarashlardaт giponimiyaning chegarasi va ifodalanish vositalari aniq asoslab berilmagan. Ammo giponimiya, ya’ni [tur-jins] munosabati, boshqacha aytganda, gipo-giperonimik munosabat til tizimida lisoniy birliklar orasidagi ma’noviy munosabatning bir turi sifatida mavjudligi aniqlangan. O`tgan asrning 60-yillari oxirida G`arbiy Yevropa va rus tilshunosligida sistem leksikologiyada ma’lum bo`lgan leksik-semantik guruhlar, sinonimik va antonimik paradigmalar bilan bir qatorda, lug`aviy birliklar orasidagi leksik-semantik munosabatning yangi bir turi giponimiya ajratiladi. O`zbek tilshunosligida tilshunos olima R.Safarova ilk marta bu ma’noviy munosabatni leksemalar lug`aviy ma’no strukturasidagi semalarga xos imkoniyat sifatida o`rgangan.


Download 25.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling