Qutmonova dilnozaning
Leksema (lisonda nomlash/atash)
Download 25.07 Kb.
|
2 5377511423544919698
Leksema
(lisonda nomlash/atash) So`z birikmasi (nutqda nomlash/atash) Jins Tur Jins Tur (nom) (nom) (nom) (atash) davlat
gazeta daraxt
bozor ot tuyg`u kasallik O`zbekiston “Ma’rifat” eman Chorsu ayg`ir mehr saraton davlat
gazeta daraxt
bozor ot tuyg`u kasallik O`zbekiston Respublikasi “Ma’rifat” gazetasi shaftoli daraxti Chorsu bozori arab oti nafrat tuyg`usi o`sma kasalligi Ko`rinib turibdiki, O`zbekiston, “Ma’rifat”, eman, Chorsu, ayg`ir, mehr, saraton giponimlari lug`aviy ma’nolari tarkibida davlat, gazeta, daraxt, bozor, ot, tuyg`u, kasallik giperonimlariga xos umumlashtiruvchi semantik ma’lumot berilgan. Har bir giponim giperonimlning muayyan turini nomlaydi. Ammo keyingi birliklar so`z birikmasi shaklida bo`lib, bunday giponimlar O`zbekiston Respublikasi, “Ma’rifat” gazetasi, shaftoli daraxti, Chorsu bozori, arab oti, nafrat tuyg`usi, o`sma kasalligi o`z giperonimlari, ya’ni davlat, gazeta, daraxt, bozor, ot,tuyg`u, kasallikning muayyan bir turini o`ziga xos tarzda “ataydi”. O`zbekiston, “Ma’rifat”, eman, Chorsu, ayg`ir, mehr, saraton giponimlari lison sathida tayyor bo`lib, bu leksemalar o`z giperonimlari kabi umumiy atash vazifasini emas, balki giperonimlardan farqli ravishda xususiy nomni atash vazifasini bajaradi. Lison sathida nomlash mazkur leksemalarning semantic imkoniyati bo`lib, bu imkoniyatlardan birigina yuzaga chiqqan. O`zbekiston Respublikasi, “Ma’rifat” gazetasi, shaftoli daraxti, Chorsu bozori, arab oti, nafrat tuyg`usi, o`sma kasalligi so`z birikmalari esa giperonimlardagi umumiy ma’noni nutq sathida alohida-alohida yuzaga chiqaradi va atash vazifasi sintaktik usulda amalga oshishini ko`rsatadi. Natijada so`z birikmalari [tur-jins] ma’no munosabati leksemalarning o`zaro sintaktik bog`lanishi asosida ro`yobga chiqqanligi ma’lum bo`ladi. Mazkur so`z birikmalari [tur-jins] ma’no munosabati asosida bog`langan leksemalar paradigmasida giperonimning bir turini ifodalashiga ko`ra joylasha oladi. Bunga sabab shuki, so`z birikmalari leksemalar kabi atov birliklari bo`lib, ular o`zaro [tur-jins] ma’no munosabati asosida birlasha oladi. Yuqorida berilgan so`z birikmalari leksik-semantik sath birliklarining gipogiperonimik qatorida giponimlar sifatida ishtirok etishi ishimizda tahlil qilinayotgan muammo nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir. Chunki bu sintaktik birliklar mazmunida gipo-giperonimik munosabat, ya’ni [tur-jins] ma’no munosabati ifodalanadi. Tahlillar asosida aytish mumkinki, [tur-jins] munosabati muayyan so`z birikmalari shaklida yuzaga chiqadi va tilimizning lisoniy imkoniyatlaridan biri voqelashganligidan darak beradi. O`z navbatida shuni ta’kidlash kerakki, bu so`z birikmalari turli nutqiy vaziyatlarda qo`llana oladi. Ularning nutqiy voqelanishiga doir kuzatishlar, nutqiy dalillar tahlili ishimizning keyingi bobida o`z ifodasini topadi. Download 25.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling