Qurilma va tajribaning tavsifi
(Bu ishni bajarishdan oldin "Yorug‘likning qutblanishi"dan iborat qisqacha nazariya bilan tanishib chiqish kerak).
Malyus qonuniga binoan, polyarizator va analizatordan o‘tgan yoruq‘likning intensivligi polyarizator va analizator qutblanish tekisliklari orasidagi burchak kosinusining kvadratiga to‘q‘ri proporsionaldir.
. (5)
Qurilmaning chizmasi 9-rasmda tasvirlangan. Unda L – lampochkadan chiqayotgan yoruq‘lik nuri, qo‘zq‘almas P – polyarizatordan o‘tganda qutblanadi va nur o‘tgan o‘q atrofida erkin aylana oladigan A analizatorga tushadi. Analizator maxkamlangan D diskning shkalasidan A analizatorning burilish burchagi - ni o‘lchash mumkin. Polyarizator va analizatordan o‘tgan yoruq‘lik nuri Ф fotoelementga tushadi.
To‘g‘rilagichga ulangan fotoelementda hosil bo‘lgan fototokning qiymati mikroampermetr (mkA) bilan o‘lchanadi. Fotoeffekt qonuniga binoan fototokning qiymati yoruq‘likning intensivligi I ga proporsionaldir, ya’ni . U vaqtda fototok If ham cos2 ga proporsional bo‘ladi. Agar If fototokning cos2 ga boq‘lanish grafigi chizilsa, bunday bog‘lanish koordinata boshidan o‘tuvchi to‘q‘ri chizirdan iborat bo‘ladi.
O‘lchash va o‘lchash natijalarini hisoblash
1. Fototok If ning analizatorning burilish burchagi ga boq‘lanishini har 10o dan oralatib, 0o dan to 360o gacha o‘lchanadi.
2. Burilish burchak kosinusining absolyut qiymati cos ga mos kelgan fototoklar Ifi ning va ularning o‘rtacha f> qiymatlari quyidagi jadvalga yoziladi.
3. Jadvaldagi gorizontal burchaklar, masalan 60o, 120o, 240o va 300o ga mos kelgan cos=0.5 ga teng bo‘ladi.
4. Jadvaldagi xisoblash natijalariga asosan o’rtacha fototok f> ning cos2 ga boq‘lanish I=f (cos2 ) grafigi chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |