Quv markazi. Qon aylanish sistemasi


Download 398.5 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi398.5 Kb.
#1184381
Bog'liq
QON AYLANISH SISTEMASI. GRAND O‘QUV MARKAZI.


GRAND O‘QUV MARKAZI.

QON AYLANISH SISTEMASI
Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati haqida umumiy tushuncha
Qon aylanish sistemasiga yurak arteriya, kapillyarlar, vena va
limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlaydi.
. Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to'qima hamda hujayralariga tarqalib, so'ngra mayda, o'rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi.Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo'lgan arterial qon aorta tomiriga quyi¬ladi. Undan yirik, o'rta, mayda arteriya tomirlari orqali to'qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o'tadi.
Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o'tib, so'ngra o'rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning o'ng bo'lmasiga kelib quyiladi. Shunday qilib, yurak-qon tomir sistemasi tananing hamma to'qima-hujayralariga oziq moddalar va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo'lgan qoldiq moddalami qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurakqon tomir sistemasi tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani ba¬jaradi. Agar yurak qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi.
Yurak-qon tomir sistemasi yuqorida aytilganidek, bir necha qismlardan iborat. Bu sistemaning faoliyatini mukammal o'rganish uchun uning har bir qismining tuzilishi va funksiyasi bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.
Yurak
Yurakning tuzilishi va joylashishi. Yurak qon aylanish siste¬masining markaziy qismi bo'lib, muskullardan tashkil topgan kovak organdir. Har bir odam yuragining hajmi mushtiga yaqin bo'ladi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchi kishilar¬da yurakning muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqa¬lar yuragining hajmiga nisbatan kattaroq bo'ladi. Yurakning massasi erkaklarda 220-300 g gacha, ayollarda esa 180-220 g gacha bo'ladi.
Yurak ko'krak qafasida to'sh suyagining orqasida, ikkala o'pka¬ning o'rtasida joylashgan bo'lib, uning ko'proq qismi ko'krak bo'sWig'ining chap tomonida turadi. U orqa tomonidan qizilo'n¬gach va aorta qon tomirining pastga tushuvchi qismi orqali umurtqa pog'onasidan ajralib turadi. Pastki tomonidan esa diafragma orqali qorin bo'shlig'idan ajralib turadi (3-rasm). Yurak devori uch qavatdan: ichki - endokard, o'rta - muskul ya'ni miokard va tashqi - perikarddan iborat. Tashqi pardasi

3-rasm. Yurakning joylashishi va tuzilishi.


I- yurakning ko'krak qafasidajoyJashishi; II- yurakning tashqi ko'rinishi va tojsimon arteriyalari; III- yurakning ichki tuzilishi.


1- o'ng bo'lmacha; 2- o'ng qorincha; 3- chap bo'lmacha; 4- chap qorincha; 5-6- yuqorigi va pastki kovak venalar; 7- yurakning tojsimon venasi quyiladigan joy; 8- o'pka arteriyasi; 9- o'pka venalari; 10- aorta; 11- perikard
qavati; 12- epikard; 13- muskul qavat; 14- endokard qavat.

perikard ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o'rab turadi. lkkala qavat o'rtasidagi bo'shliqda suyuqlik bo'lib, yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga qulaylik tug'di¬radi.


Yurak to'rt kameradan tashkil topgan: 0 'ng va chap bo'lmacha 0 'ng va chap qorincha. Bo'lmachalaming devori yupqaroq, qorin¬chalar, ayniqsa chap qorinchaning devori qalin bo'ladi, chunki chap qorincha aorta qon tomiriga yuqori bosim bilan qon haydab katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma a'zo va to'qimalariru arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Yurakda to'rtta klapan (qopqoq) bo'lib, chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'rtasida ikki tavaqali klapan, o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha o'rtasida uch tavaqali klapan, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o'rtasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi, ya'ni qon bo'l¬machalardan qorinchalarga, ulardan esa aorta va o'pka artetiyalatiga tomon harakatlanadi.
Yurak yuqorida aytilganidek, qon aylanish sistemasining markaziy organi bo'lib, u nasos singari qon tomirlardagi qonni to'xtovsiz harakatlantiradi va tananing hamma organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Uning kameralari orqali bir minutda katta odamda 5 I qon o'tadi, lekin bu qonning bir tomchisidan ham yurak o'z ehtiyoji uchun foydalanmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta'minlanadi. Bu tomirlar aortaning boshlang'ich qismidan ajralib, yurak muskullari orasiga kiradi. Artetiya tomirlaridagi qon yurak mus¬kullarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlab, vena qoniga aylanadi, ikkita yurak venasini hosil qilib yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Katta yoshli odamda tin ch holatda yurakning tojsimon arteriyasi orqali bir minutda 200-250 ml qon yurak muskullariga boradi. lismoniy mashq bajarganda esa bu qonning miqdori 800-1000 ml gacha ortadi. Bir kecha¬kunduzda tojsimon arteriyalar orqali 500 I qon yurak muskulla¬ridan oqib o'tadi.
Yurakning ishlashi. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o'tkazish¬dan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalari devoridagi muskullarning titmik ravishda qisqarishi va kengayishi orqali amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalar muskullarining qisqarishi sisfola, kengayishi diasfola deb ataladi. Yurakning b~'lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib-kengayishidan bitta puls hosil bo'ladi. Shunday qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har bir ish sikliga 0,8 sek. sarflanadi. lumladan yurakning ikkala bo'lmachasi bir vaqtda 0,1 sek davomida qisqaradi, bu vaqtda ulardagi qon qorinchalarga o'tadi. So'ngra bo'lmalar 0,7 sek davomidabo'shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sek davomida qisqarib, o'ng qorinchadagi qon o'pka arteriyasiga, chap qorinchadagi qon aortaga o'tadi. So'ngra qorinchalar bo'shashib, 0,5 sek davomida tenizm holatida bo'ladi.
Yurakning sistolik va rninutlik hajrni. Yurak qorinchalari har bir qisqarganida 65-70 ml qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Tinch turgan holatda katta odamning yuragi bir minutda 70-72 marta qisqarib-kengayadi. Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miqdori uning bir minutda qisqarib-kengayishi soniga ko'paytirilsa, yurakning mi¬nutlik hajmi kelib chiqadi. Masalan, bir marta qisqarganda o'rta¬cha 70 ml qon chiqarilsa, uni bir minutdagi qisqarib-kengayish soniga, ya'ni 70 ga ko'paytirilsa, yurakning minutlik hajmi kelib chiqadi. U 4,9 I ga teng (70 ml X 70 marta =4,9 I). Bir kecha¬kunduzda yurak o'rtacha 100 ming marta qisqarib-kengayadi va 10 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Yurak ritmik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kecha-kunduzda bajargan ishi massasi 64 kg li yukni 300 m balandlikka ko'tarishga teng. Odamning o'rtacha umr ko'rishi 70-80 yil deb olinsa, shu davr ichida yurak aorta tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni to'ldirib, unda paroxod yurishi mum¬kin bo'ladi.
Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib-kengayish soni mashg'ulotning sekin yoki tez bajari¬lishiga ko'ra bir minutda lOO martadan 200 martagacha ko'payishi mumkin. Demak, uning minutlik hajmi ham tinch holatdagiga nisbatan 1,5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan sportchilarda mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65-70 ml o'rniga 100-150 ml gacha ortadi va bir minutda yurakning qisqarib-kengayish soni 150¬200 martaga yetadi, ya'ni ulaicta yurakning minutlik hajmi 15¬30 I gacha ortishi mumkin. Chang'i sportida 8 soat davomida 100 km masofani o'tgan sportchining yuragi 35 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi.
Yurak avtornatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning yuragini tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib qo'yilsa, u tanadan va nerv sistemasidan ajratilganligiga qaramay, ma'lum vaqt davomida qisqarib-kengayib ishlab turadi. Yurakning o'z¬o'zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi deb ataladi.Odam tanasidagi boshqa organlarning birortasi bunday xususiyatga ega emas.
Yurak avtomatiyasini uning muskullari orasida joylashgan maxsus nerv-muskul tuzilmalari (tugunlari) ta'minlaydi. Yurak o'ng bo'lmachasining kovak venalari quyiladigan joydagi mus¬kullar orasida Keys-Flyak nerv tugunchasi bo'lib, undagi qo'zg'alish o'ng va chap bo'lmacha muskullari tolalariga tarqalib, ularni qo'zg'atadi va qisqartiradi. So'ngra qisqarish bo'lmacha muskullaridan o'ng bo'lmacha va o'ng qorincha o'rtasidajoylashgan Ashoff- Tovar nerv tuguniga o'tadi, uning qo'zg'alishi Giss nerv tolasi va Purkine tolachalari orqali o'ng va chap qorincha mus¬kullariga tarqalib, ularni qisqartiradi.
Yurak biotoklari. Boshqa hujayra va to'qimalarda bo'lgani sin¬gari, yurak muskullarida ham biologik tok (biotok) bo'ladi. Yurak biotoki elektrokardiografyordamida maxsus lentaga yozib olinadi va o'rganiladi. Lentaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.
Yurakning har bir siklida, ya'ni bir marta qisqarib-kengay¬ganida lentada elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo'ladi va ular quyidagi harflar bilan belgilanadi: PQRST. EIektrokardiog¬rammaning P tishi bo'lmachalar muskulining qo'zg'alishidan, qolgan QRST tishlari qorinchalar muskulining qo'zg'alishidan hosil bo'ladi. Elektrokardiogramma tishlarining shakli 4-rasmda tasvirlangan.
Jismoniy chiniqqan kishilarning elektrokardiogrammasida tishlar yirikroq bo'ladi va bu yurak muskullarining qisqarish kuchini ko'rsatadi. Aksincha, jismoniy chiniqmagan kishilarda tishlar mayda bo'ladi. Bundan tashqari, yurak kasalliklarida ham elekt¬rokardiogramma tishlarining hajmi, shakli va ular orasidagi masofa ka¬sallikning turiga va yurak muskullarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab turlicha o'zgaradi. Agar bo'lmacha muskullari zararlangan bo'lsa, P tish o'zgaradi, qorinchalar mus¬kuli zararlangan bo'lsa, QRST tishlar o'zgaradi.
4-RASM. Yurakning elektrokardiogrammasi.

Katta va kichik qon aylanish doirasi


Odam tanasida qon juda ko'p yirik va mayda qon tomirlar bo'ylab harakatIanadi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya'ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tu¬gaydi (5 -rasm).
Katta qOD aylaoish doirasi. Bu qon aylanish doirasi yurak¬ning chap qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri - aortadan boshlanadi. Aorta oldin yuqoriga yo'naIib, ravoq hosil qiladi, so'ngra umurtqa pog'onasi bo'ylab pastga - ko'krak va qorin bo'shlig'i tomon yo'naIadi. Uning ravoq qismining o'ng tomonidan nomsiz arteriya chiqib, ikkiga: o'ng umumiy uyqu arteriyasi va o'ng o'mrov osti arteriyasiga bo'Iinadi. Aorta ravog'ining o'rta qis¬midan chap umumiy uyqu arteriya chiqadi. Aorta ravog'ining chap tomonidan chap o'mrov osti arteriyasi chiqadi.
O'ng va chap uyqu arteriyalarining har biri tananing bo'yin qismida ikkiga, ya'ni tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi. Tashqi uyqu arteriyalari bosh va yuzning terisini quloq muskul¬larini, tilni, halqum, hiqildoq, so'lak bezlari va tanani bosh qismidagi barcha to'qima va organlami, ichki uyqu arteriyalari esa bosh miyani, ko'z soqqasini arterial qon bilan ta'minlaydi. O'ng va chap o'mrov osli arteriyalarining har biri yelka va qo'ltiq osti arteriyalariga bo'linib, bo'yin, yelka, bilak va qo'l panjasi¬ning terisini, muskullarini, suyaklarini, shu sohadagi bo'g'im¬lami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortaning ko'krak qismidan qizilo'ngach, qovurg'alararo va bel arteriyalari chiqib, ular qizilo'ngachni, ko'krak qafasi va qorin devori to'qimalarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Uning qorin qismidan chiqadigan arteriya tomirlari oshqozon, ichaklami, jigar, taloqni, buyraklar va buyrak usti bezlarini arterial qon bilan ta'minlaydi.

5-rasm. Odam tanasidagi qon tomirlarning umumiy ko'rinis hi.


1- bosh va bo'yin qon tomirlari; 2-qo'l tomir¬lari; 3- aorta; 4- o'pka venalari; 5- o'pka tomir¬lari; 6- me'da tomirlari;
7- taloq tomirlari; 8¬ ichak tomirlari; 9- oyoq tomirlari; 10- buyrak to¬mirlari; 11- jigar tomir¬lari; 12- pastki kovak vena; 13- yurakning chap qorinchasi; 14¬yurakning o'ng qorinchasi; 15- yurakning o'ng bo'l¬machasi; 16- yurakning chap bo'lmachasi; 17¬o'pka arteriyasi; 18- yuqori kavak vena.
Izob: qizil rang - arteriya qoni; ko'k rang - vena qoni; to'q qizil rang - aralash qon (ko'proq arteriya qoni).

Aortaning qorin qismidan chiqadigan arteriyalar to'g'ri ichak, to'g'ri ichak, siydik xaltasi, ayollarda bachadon hamda son, bol¬dir, oyoq, tovon va panja terisi, muskullari, suyaklari va shu sohadagi bo'g'imlami arterial qon bilan ta'minlaydi.


Aortadan chiqadigan yirik arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'Iinadi. Bular organlar, to'qimalar orasiga kiradi. Kapillyarlar odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi, ulami oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Odam tanasida 100-160 milliardga yagin kapillyar bor. Agar tanadagi hamma kapillyarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 60-80 ming kilometr bo'lib, u bilan yer sharini ikki marta aylantirib o'rash mumkin.
To'qimalardagi va hujayralardagi moddalar almashinuvi jara¬yoni ana shu kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya'ni kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ngra o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi organ¬laming vena tomirlari qo'shilib, yuqorigi kovak venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zo va to'qimalaming vena qon tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani hosil qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Shu bilan katta qon aylanish doirasi tugaydi.
Qonning yurakning chap qorinchasidan chiqib, tananing bar¬cha a 'zolaridagi arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo 'ylab oqib, yurakning 0 'ng bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii katta qon aylanish doirasi deb ataladi.
Shunday qilib, katta qon aylanish doirasi tananing barcha organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar, gormon¬lar, kislorod bilan ta'minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan keraksiz va zaharli moddalami o'ziga qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Kichik qoo aylaoish doirasi. Bu doira yurakning o'ng qorin¬chasidan chiqadigan o'pka arteriyasi qon tomiridan boshlanadi. O'pka arteriyasi ko'krak qafasida ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari atrofini o'rab oladi. Tashqi muhit havosi bilan o'pka hamda qon o'rtasidagi gaz almashinuvi jarayoni shu
joyda o'tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yi¬nib, arterial qonga aylanadi, lekin u 0 'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.
Qonning yurakning 0 'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar ka¬pillyarlar va venalar bo 'ylab oqib (0 'pkalar orqali), yurakning chap bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Shunday qilib, kichik qon aylanish doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
Limfa aylanishi
Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo'lib, ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa kapillyarlari, mayda, o'rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki, limfa tomirlari a'zo va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomirlari, ya'ni ka¬pillyarlardan to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismi (suv va ba'zi bir erigan moddalar)ning ortiqchasi to'qimalardan limfa kapillyarlariga o'tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo'shilib, mayda, o'rtacha va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi.
Oyoqlardan, qorin bo'shlig'idagi organlardan, ko'krak, bo'yin va boshning chap tomonidan hamda chap qo'ldan yig'ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik ko'krak limfa tomirini hosil qiladi va u chap o'mrov osti vena tomiriga quyiladi. Boshning, bo'yinning, ko'krak qafasining o'ng tomonidan va o'ng qo'ldan yig'ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik o'ng limfa tomirini hosil qiladi va u o'ng o'mrov osti vena tomiriga quyiladi.
O'mrov osti venalari yuqorigi kovak venaga birlashib, yurakning o'ng bo'lmasiga quyiladi. Limfa tomirlari o'z navbatida tananing turli qismlarida joylash¬gan limfa tugunlari orqali o'tadi. Limfa suyuqligidan mikroblar va organizmga yot moddalar limfa tugunlarida ushlanib qoladi. Limfa tugunlarida hosil bo'lgan limfotsitlar limfa tomirlariga o'tadi. Limfa tugunlari deyarli hamma ichki organlaming darvoza qismida bo'ladi. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida, bo'yinda, jag' ostida, qo'ltiq ostida, qovuq sohasida va boshqa joylarda ham bo'ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor.Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo'lib o'rtacha 1¬2 llimfa suyuqligi bo'ladi. Bir kecha-kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi. Buning o'miga to'qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo'lib turadi. NJismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda tanadagi muskullarning ko'p harakatlanishi va kuchli qisqarishi tufayli to'qimalardagi ortiqcha suyuqlik limfa kapillyariga o'tadi, natijada limfa suyuqligi hosil bo'lishi ko'payadi. Aksincha, kishi kam harakatlanganda, shuningdek, yurak, buyrak, jigar kasalliklarida to'qimalardagi suyuqlikning limfa tomirlariga o'tishi kamayadi va buning oqibatida tananing turli qismlarida - oyoqlarda, qorinda, jigarda, bel-dumg'azada shish paydo bo'ladi.
Tananing yuza qismlarida joylashgan limfa tugunlari odamning har xii ka¬salliklarida o'zgaradi va ularning o'zga¬rishi kasallikni aniqlash uchun muhim belgi hisoblanadi. Masalan, tomoq, tish og'riganda, ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga o'tib, limfa tomirlari orqali jag' osti va bo'yindagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig'lantiradi. Buning natijasida bezlar kattalashadi va og'riydi. Qo'lning jarohatJanishi natijasida yiringli yara paydo bo'lganida, undagi mikroblar limfa tomir¬lari orqali tirsak bo'g'imi atrofidagi va qo'ltiq ostidagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig'lantirishi natijasida bu bezlar kattalashadi va og'riydi. Demak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og'riganda shifokorga murojaat qilish kerak (tananing yuza qism¬laridagi limfa tugunlarining joylashuvi 6¬rasmda tasvirlangan). Taloq. Bu ichki a'zo bo'lib, funksiyasi jihatidan limfa sistemasiga yaqin turadi, ya'ni taloqda limfotsitlar hosil bo'lib, ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Taloq qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori qismida, ya'ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140-200 g. Yuqorida aytilganidek, taloqda limfolsiilar hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. LimfotsitJar organizmga kirgan mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Demak, taloq organizmning yuqumli kasalIiklardan himoya qilish (immunitet) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari,taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to'planadi, ya'ni u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o'tagan shaklli elementlari (eritrotsitlar va leykotsitlar) parchal anadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda taloqda lim¬fotsitlar hosil bo'lishi ko'payadi. Demak, bunda odam organiz¬mining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immu¬nitet) kuchayadi.

6-rasm. Odam tanasidagi ba 'zi limfa tugunlalining joylashishi.


1- tirsak bo'g'imi atro¬fidagi limfa tugunlari; 2-qo'ltiqdagi limfa tugun¬lari; 3- son-qovuq soha¬sidagi Iirnfa tugunlari; 4-bo'yinning old qismidagilimfa tugunlari.

Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi


Qonning qon tomirlar sistemasi bo'ylab harakatlanishi ge¬modinamika qonuniyatiga asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog'liq. Ularning birinchisi qon tomirlar sistemasining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xii bo'lishi; bu kuch qonning harakatlanish tez¬ligini ta'minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ish¬qalanishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga muvofiq, arteriya qon tomirlari sistemasining yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori bo'ladi. Quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi; ikkinchidan, tomirlar sistemasining quyi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillyarlarga) bo'linishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayi&higa, ~on tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab fbo'ladi, qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari sistemasining eng tor qismi aorta hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo'lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi aorta kengligidan bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 mlrd. kapillyar aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning umumiy kengligi aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi. Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi aortada 40 smjsek, arteriyalarda 40-10 smjsek; arteriolalarda - 10-0,1 smjsek, kapillyarlarda - 0, I smjsek, venalarda - 0,3-0,5 smjsek ga teng. Tinch holatda katta odam tanasi bo'ylab qon bir mart a aylanib chiqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda yurakning qisqarish soni ko'payadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga sarf lanadigan vaqt qisqaradi. Tananing pastki qismlaridagi vena qon tomirlarida bosim 5¬9 mm simob ustuni atrofida bo'lib, ularda qonning oqish tezligi sekundiga 6-14 srn ga yetadi. Vena tomirlarining yurakka yaqinlashgan qismida esa bosim tobora pasayib, yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishi qismida nolga yaqin bo'ladi. Vena tomirlarining quyi qismida yuqori qismiga nisbatan bosimning baland bo'lishi qonning to'qimalardan yurakka tomon oqishiga imkon beradi. Muskullar qisqarganda, nafas olganda ko'krak qafasi kengayib, uning nasos sifatida so'rish kuchining ortishi vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasi, ya'ni yurakka tomon oqishini ta'minlaydi.
Tomir urishi (puls). Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi tomir urishi, ya'ni puls deb ataladi. Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to'lqinlanishi vena pulsi deb ataladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida ular devorining tebranishidan hasil bo'ladi. Yurak minutiga necha marta qisqarsa, arterial pulsining soni ham shuncha bo'ladi. Tinch holatda katta odam pulsining soni bir minutda 70-72 marta bo'lad' Bolalarda yurakning qisqarishiva pulsning soni kattalarnikiga nis atan ko'proq bo'ladi. Bir yoshlik bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarnikiga tenglashadi. puls tana yuzasida joylashgan arteriya tomirlarida sanaladi. Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni kaft usti sohasidagi tomirda sanaladi. Bundan tashqari, tananing boshqa sohalaridagi arteriya tomirlarida ham pulsni sanash mumkin (7-rasm).

7.rasm. A- odam tanasidagi yuzaroq joylashgan tomirliar; B- pulsni sanash.



Pulsni sanash yurak va qon tomirlar sistemasining ish faoliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, tinch holatda pulsning soni minutiga 70-72 marta bo 'ladi. Odam hayajonlanganda, tik turganda, yurganda, jismoniy ish va sport bilan shug'ullanganda puls soni ko'payadi. Masalan, juda tez yugurganda puls soni minutiga 180-200 marlagacha ko'payishi mum¬
kin Bundan tashqari, tan a haroratining normaga nisbatan har bir dar ja ko'tarilishida puls soni 8-10 taga ko'payadi. A~miqsa, yurak kasalliklarida puls juda tezlashadi, yuragi ojiz ki shilar ozroq harakat qilsa ham, ya'ni tezroq yursa yoki chopsa, pulsi juda tezlashib, yuragi o'ynab, nafas olishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunday kishilar jismoniy mashg'ulotlardan ozod qilinadi.
Qon bosimi.Qon bosimi qonning tomirlar devnriga ko'rsat¬gan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ham pulsga o'xshab ikki xii bo'ladi: arterial va vena bosimi. Odatda, yumk-qon tomir sistemasining ish faoliyati asosan arterial bosimni o'1chash yo'li bilan aniqlanadi. Arterial bosim ikki xii: maksimal va minimal bu'ladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi qisqarganda qonning aortaga va boshqa arteriya tomirlariga yuqori bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil bo'ladi. Maksimal bosim yurak qorinchasi qisqargan (sistola) vaqtda hosil bo'lganligi uchutl sistolik bosimdeb ham ataladi. Minimal bosim yurakning chap qorinchasi kengaygan vaqtda aorta va boshqa arteriya tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. Minimal bosim yurak qorinchasi kengaygan (diastola) vaqtda yuzaga kelganligi uchun diastolik bosim deb ham ataladi.
Katta yoshli sog'lom odamda tinch holatda maksimal arterial bosim 110-120 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm si mob ustuniga reng. Arterial bqsim Riva-Rochchi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari yordamida, N. S. Korotkov usulida yelka ar¬teriyasida,o'lchanadi. Buning uchun asbobning rezinali manjeti
I
bilakning ,tirsak bo'g'imidan yuqori qismiga o'raladi. So'ngra as¬
bobning rezina ballonchasini qisish yo'li bilan manjet ichiga havo yuboriladi'. Manjet havo bilan shishgan sari, u bilak arteriyasini qisadi va q::mning pastga tomon oqishi to'xtaydi. Shtativdagi simob ustuni esa ko'tarilib, 200 mm ga yetkaziladi. Shunda bilak arteriya¬sida puIs s!~zilmay qoladi. Shu payt fonendoskop asbobining bir uchini q11loqqa o'rnatib, ikkinchi uchini tirsak bo'g'imining chuqurchasiga, ya'ni bilak arteriyasi ustiga qo'yilganda hech narsa eshitilmaydi. Shundan \so'ng asbob ballonchasidagi vintni ozroq bO'sha\tib manjetdan havo sekin-asta chiqariladi va fonendoskop orqali bilak arteriyasi eshitib turiladi. Bu arteriyada yurakning qisqarish tovushi eshitilishi bilanoq shtativning simob ustun;3a
qaraJadi. U~ling kO'rsatg,tn raqami maksimal arterial bosim bo'ladi. Arteriyani eshitish davom ettiriladi va unda yurak qisqarishi tovushining; yo'qolishi bilanoq simob ustuniga qaraladi, uning ko'rsatgan raqami minimal arterial bo~im bo'ladi. Odamda arterial qon bosimining' normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayishi gipotoniy'a deb ataladi, ya'ni maksimal bosim 125-130 mm dan ko'tarilsa va minimal bosim 85 mm dan oshsagipertoi,iya deb ataladi. Maksimal bosim 110 mm dan va minimal bosim 70 mm dan pasaysa gipotoniya deb ataladi. Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo'rqsa arterial bosimi vaqtincha ort2ldi, jismoniy ish, sport mashg'ulotlari vaqtida, ayniqsa tez yugurganGla maksimal arterial bosim 150-200 mm gacha ko'ta¬riladi, minim!al arterial bosim esa 40-20 mm gacha, ba'zan 0 gacha pasayadi. Bu sog'lom odamda normal holat bo'lib, 3-5 minut dam olgandari keyin yana normaga qaytadi. Lekin yuragining ish faoliyati kuchi;izlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy harakat¬larni bajargan:da, arterial bosimning o'zgarisl 5-10 minutda normaga qaytmaydi va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi.
Yurak va qon tomirlar faoliyatining nerv-gumoral boshqarilishi
Yurak va qon tomirlar faoliyati nerv-gumoral yo'l bilan, uning ishi esa simpatik va parasimpatik (adashgan) nervlar orqali boshqariladi. Simpatik nerv yurak faoliyatini kuchaytiradi, para¬simpatik nerv, aksincha, yurak qisqarishini sekinlashtiradi. Shunday qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Qon tomirlarining devori ham parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ayniqsa, aorta ravog'ida, uyqu va o'mrov osti arteriyalarining devorida nerv tolalari juda ko'p bo'ladi. Yurax va qon tomir sistemasining ish faoliyati uzunchoq va orqa miyada joylashgan simpatik va parasimpatik nervlarning markazlaridan tashqari, bosh miya yarim sharlari orasida joylash¬gan gi potalamus va bosh miya yarim sharlarining po' stloq qis¬midagi oliy nerv markazlari orqali ham reflektor yo'l bilan boshqariladi. Odam tanasining barcha to'qima va organlarida tashqi muhit ta'sirini qabul qiluvchi sezuvchi nerv uchlari - retseptorlar bo'ladi. Ularning qo'zg'alishi miyadagi mazkur to'qima va organning ishini boshqaruvchi nerv markazlariga o'tkazilishi bilan birga yurak va qon tomirlar ish faoliyatini boshqaruvchi nerv markazlariga ham tarqalib, yurak ishining reflektor yo'l bilan boshqarilishiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, tashqi muhitning yuqori harorati ta'sirida teridagi retseptorlarning qo'zg'alishi simpatik nerv markazini qo'zg'atadi va yurak ishi tezlashadi. Aksincha, odam sovqotganda, sovuq suvda cho'milganda parasimpatik nervning markazi qo'zg'aladi va yurak ishi sekinlashadi. Odam hayajonlanganda, quvonganda, achchiqlanganda, uyal¬ganda va shunga o'xshash ruhiy holatlarda yurak ishi tezlashadi. Bu esa yurak ishi bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlari, ya'ni oliy nerv faoliyati orqali boshqarilishini ko'r¬satadi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo'l bilan ham bosh¬qariladi. Buyrak usti bezining miya qismida ishlab chiqariladiganadrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o'xshab, yurak ishini tezlashtiradi va qisqarish kuchini oshiradi. Bu gormon qon tomirlatini toraytiradi va arterial bosimni oshiradi. Gi pofiz bezi¬ning orqa bo'lagidan isWanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi.
Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri
Odam organizmi o'zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligi¬ga, uning mehnat qobiliyatiga va ruhi-kayfiyatiga ta'siri qadim¬dan ma'lum. Odam kuchsizlanganda ba'zi surunkali kasalliklar bilan og'riganda uning organizmi ob-havoning o'zgarishiga juda sezgir bo'lib qoladi, uning organizmi go'yo barometr singari ob-havo bir oz o'zgarsa ham ta'sirlanadi: ba'zi odamlarning boshi aylanadi va og'riydi, boshqalarning bo'g'imlari og'riydi, ayrimlari yuragida sanchish va g'ijimlab og'rishni sezadi, eski bitib ket¬gan jarohatlar o'rnida ham og'riq paydo bo'ladi.
Odam salomatligining ma'lum darajada ob-havoga bog'liqligi¬ni olimlar ko'pdan beri o'rganmoqdalar. Keyingi yillarda bu masalaga e'tibor ancha kuchaydi. Bu odamdagi kasalliklarni iqlim omillari yordamida davolash va oldini olish bilan shug'ullanadi¬gan tibbiyot klimatologiyasi fanining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida ob-havo sharoiti qulay bo'lgan joylarda dam olish zonalari, yoshlar oromgohlari, dam olish uylari va sanatoriylar tashkil etish masalalari keng ko'lamda kun tartibiga qo'yilmoqda. Respublika miqyosida ob-havoning har xii o'zgarishlari ba'zi kasalliklar bilan og'rigan kishilarga qanday ta'sir etishi aniqla¬nadigan meteoprofilaktika markazlari tashkil etilgan. Ob-havoning noqulay o'zgarishlari ayniqsa yurak va qon to¬mir kasalliklari bilan og'rigan odamlarga ko'proq ta' sir etadi.Dengiz sathida odam tanasiga 1,033 kg srn' bosim ta'sir qiladi. Bunda o'rta bo'yli odam tanasini taxminan I t massadagi havo bosib turadi. Ammo odamga sezilmaydi, chunki gavdaning ichki bosimi tashqi muhit havosining bosimiga qarshi ta' sir ko'rsatadi. Sog'lom odam organizmining ichki bosimi bilan tashqi muhit havosining bosimi o'rtasida normal muvozanat bo'ladi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhithavosining bosimi va odam gavdasining ichki bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida farq paydo bo'ladi. Bunday vaqtda ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bosh og'rig'i, bo'g'imlarda, yurakda og'riq seziladi. Arterial qon bosi¬mi ko'tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyi¬lishi mumkin. Buning natijasida qo'l-oyoqlar shol bo'lib qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin.
Balandlikka ko'tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqt¬da odam gavdasining ichki bo'sWiqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog'larga chiqqanda chiniqmagan odamlarda (,tog' kasalligi» deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik quyi¬dagi belgilar bilan xarakterlanadi. Odamning boshi aylanadi va og'riydi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko'tari¬ladi. Ayrim hollarda burundan, o'pkadan, oshqozon va ichaklar¬dan qon kelishi mumkin. Radikulit va revmatizm kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bel va quymich sohalarida, bo'g'imlarda og'riq paydo bo'ladi, quloq shang'illaydi va og'riydi.
Tashqi muhit harorati odam organizmiga doimiy ravishda ta'¬sir ko'rsatib turadi. Odam o'zi yashaydigan ob-havo sharoiti haro¬ratiga moslashadi. Buning natijasida uning organizmi xuddi rele o'rnatilgan termostatga o'xshab ishlaydi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o'zgaradi. Shu bilan issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Organizmning bu xususiyati bosh miyaning gi potalamus sohasidagi nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to'qimalarda to'planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko'payadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug'lanishi orqali amalga oshadi. Ammo tashqi muhit haroratining ko'tarilishi bilan bir vaqtda havoning namligi ortsa ter bezlaridan ajraladigan terning bug'lanishi qiyinlashadi va organizmdan issiqlik ajralishi kamayadi. Natijada issiq urish holati ro'y beradi. Bunday vaqtda odamning yurak urishi va pulsi tezlashadi, u holsizlanib o'zini yomon his etadi, boshi aylanadi va og'riydi, ba'zan qayt qiladi, tana harorati ko'tariladi. Ayrim hollarda odam hushidan ketadi. Keksa odamJarda miya qon tomirlari yorilishi mumkin.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari tora¬yadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, bir oz qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiy¬ligi saqlanib qoladi. Ammo yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari bilan og'rigan odamlar uchun sovqotish ancha xavt1i. Chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishini ta'minlash uchun yurak normaga nisbatan ko'p ish bajarishga majbur bo'ladi va u zo'riqadi.
Havoning namligi odam organizmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma'lum bir muvozanatda bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligi 40-60%, harorati + l8x20° bo'lishi odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Havo quruq bo'lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi oshgan odamlar bunday sharoitda o'zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda revmatizm kasalligi xuruj qiladi, kasal odamning bo'g'imlari, boshi og'riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi, oyoq-qo'lIarida og'riq paydo bo'ladi, yurak urishi tez¬lashadi.
Shamol ham kuchsiz va kuchli bo'lishiga ko'ra, odam orga¬nizmiga .turlicha ta'sir ko'rsatadi. Yoz faslida esadigan kuchsiz shabada odamga yoqimli ta'sir etsa, qattiq shamol salbiy ta'sir qiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomirlari kasallangan od am qattiq shamol vaqtida o'zini yomon his etadi, darmoni quriydi, kayfiyati pasayadi, arterial qon bosimi ko'tarilishi natijasida boshi og'riydi, yurak urishi tezlashadi, nafasi qisadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining oldini olish xalqimiz sog'lig'ini mustahkamlashda, ish qobiliyatini yaxshilashda, o'rtacha umr ko'rishni uzaytirishda katta ahamiyatga ega. Chunki odamning ish qobiliyati pasayib, nogironlikka o'tib qolishining, umriqisqarishining sabablari ichida yurak va qon tomir kasa.lliklari birinchi o'rinda turadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining ko'p uchraydigan tur¬lariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog' va tuz moddalari to'planishi oqibatida tomirlar qattiqJ;ashib, mo'rtlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimi¬ning ko'tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullari¬da qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi), miokard infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'¬lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) knbilar kiradi. Bulardan tashqari, yoshlarda, ayniqsa maktab yoshidagi bolalarda ko'p uchraydigan angina, surunkali tonzilit (bodomcha bezlarining yallig'lanishi) va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig'lanish kasalliklari tufayli od am yoshlik ch,:~g' i¬danoq ish qobiliyatini yo'qotib, o'zi xohlagan kasbni egallay olmasligi mumkin.
Yuqorida aytib o'tilgan yurak-qon tomir kasalliklarini yuzaga keltiruvchi sabablar turli-tuman bo'lib, ularning eng asosijllari quyidagilardir:
- kun tartibiga organizmning chiniqishiga qaratilgan jismoniy mashqlarga e'tibor bermaslik, ularni bajarmaslik, kam harakat qilish (gipodinamiya). Buning natijasidayurak faoliyati asta¬sekin kuchsizlanadi, uning har xii kasalliklarga beriluvchanigi ortadi;
- ovqatlanish qoidalariga amal qilmaslik, ayniqsa, mol yog'i va tuzni ko'p iste'mol qilish (bir kecha-kunduzda iste'mol qiJ::l¬digan tuzning miqdori 5 g dan, mol yog'i 30 g dan oshmaslilsi kerak). Yog'li ovqatlar, uglevodlarga boy taomlar (shirinliklair, oq non, xamirli ovqatlar)ni ko'p iste'mol qilishdan semirish ,Ja buning oqibatida yurak muskullari orasida yog' to'planishi tufayli yurak faoliyati zaiflashadi; - burun, tomoq, nafas yo'llarining shamollashi, angina, su.. runkali tonzillit, tish kasalliklarini o'z vaqtida davolatmaslil: kabilar yurak-qon tomir xastaliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etish, organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. Yurak-qon tomir sistemasini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg'ulotlari bo'lgan yurish va yugurish, nafas olishni yax¬shilaydigan gimnastika mashg'ulotJarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir maktab o'quvchisi har kuni o'rtacha 20-25 ming qadam (12-15 km) yurishi yoki yugurishi, katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurishi yoki yugurishi kun tartibiga kiritilmog'i lozim. Jismonan chiniqqan odamning yurag.i anatomik va fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Xususan, yurak muskullarida qon aylanishining kuchayishi, ularning oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlanishining yaxshilanishi natijasida muskul tolalari yo'g'onlashadi, yural, devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi va hajm i kattalashadi. Bu o'zgarisWar natijasida yurakning qisqarish kucbi ortadi, uning ish qobiliyati yaxshilanadi. Bunday odamlar jisffioniy mashq bajarganda yuragining sistolik hajmi (yurak bir marta qisqarganda aortaga chiqaradigan qonning miqdori) 120¬140 ml gacha ko'payadi (tin ch holatda 65-70 ml bo'ladi). Yurak¬ning minutlik hajmi 25-30 1 gacha ko'payadi (tinch holatda 5 I). Yurakning qisqarish tezligi (puis soni) 150-200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak ishining kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to'qimalar hamda Yurak muskullarini oziq moddalar, gormonlar, vitaminlar, kislorod biJan ta'minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, yurak-qon tomir sistemasini jismo¬niy mashqlar bilan shug'ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi kerak. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar h~'ljmi kam bo'lib, asta-sekin ko'paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqning hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy ri,vojlanish darajasini, sog'lig'ini e'tiborga olgan holda belgilani¬shi kerak.
Ales holda, yurak zo'riqishi natijasida har xii kasallik¬lar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor va jismoniy tarbiya o'qituvchisining maslahati bilan ish ko'rishi lozim. Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak-qon tomir siste¬IInasiga zararli ta'siri. Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo) va :spirtli ichimliklar iste'mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra, to'qima va organlariga, jumladan, yurak va qon tomir sistemasiga zararli ta'sir ko'rsatib, ateroskleroz, gi pertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og'ir xastaliklar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Chekish eng zararli odal. Tamaki tutuni tarkibida 3 ming¬dan ko'proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shu¬lardan nikotin, karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qo'rg'oshin, margimush kabilar yurak va qon tomirlar sistemasiga zaharli ta'sir ko'rsatib, odamning sog'lig'ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo'ladi.
Download 398.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling