"Quvnoq raqamchalar" o`yinini tavsiya etamiz
Download 404 Kb.
|
Boshlangich-talimga-maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimga qanaqa” o`yini
- Ona tili fanidan
Yurtimizda ta`lim samaradorligini oshirish yo`lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.O`qituvchilarning asl maqsadi o`quvchilarning o`quv istagi va mahoratini shakllantirib ,ularni barcha darslarda faol ishlashga jalb qilish , ta`limga bo`lgan qiziqish va mustaqillik tuyg`usini uyg`otishdir. Boshlang`ich sinflarda ishlash jarayonida o`ylashga , yangi o`qish vositalarini izlab topishga , ijod qilishga to`g`ri keladi. Bizning 11-DIUM da ham ustoz –shogird yo`lga qo`yilgan bo`lib yosh mutaxassislar ustozlari ko`magida dars o`tishning noan`anaviy usullarini o`rganib o`z tajribalarida qo`llamoqdalar. Men ustozim oily toifali boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi Adizova Ulbosh opadan ijodkorlikni, mahoratni o`rgangan holda dars davomida yangi o`yinlar ,ko`rgazma qurollar yaratishga harakat qilaman.Darsda o`quvchilarning har biri ko`rgazma quroldan foydalansa,o`z qo`llari bilan ushlab topshiriqlarni bajarsalar mavzuni oson tushunadilar, eslab qoladilar.Dars davomida qo`llab kelayotgan usullardan namuna keltirmoqchiman. “Quvnoq raqamchalar” o`yinini tavsiya etamiz. Oddiy ko`rinishga ega bo`lgan bu ko`rgazma aslida bir nechta vazifalarni bajaradi. Ko`rgazmaning qulaylik tomonlari: Har bir o`quvchi yoki o`qituvchi tayyorlay oladi. 2 . Barcha fanlarda qo`llash mumkin. 3. O`quvchilarni chaqqonlikka,topqirlikka, tez fikrlashga o`rgatadi. 4. Dars davomida bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilar qatnasha oladilar.Topshiriqlarni noto`g`ri bajargan o`quvchilar shu paytning o`zida aniqlanib tushuncha berib ketiladi.Masalan: 7 x 4 – 16 = 12 O`qituvchi matematik diktant aytadi , misolning javobi 12 chiqadi . Hamma o`quvchilar 12 sonini ko`tarishlari kerak.Boshqa sonni ko`targan o`quvchilarga tushunchalar beriladi va darsdan so`ng “Bilarjon ” guruhlarida ishlanadi. Vaqtdan yutiladi. Darslikdan tashqari misollar tuzishda samarali vosita hisoblanadi: o`nlik,yuzlik, minglik, milliongacha bo`lgan sonlarni tuzib o`qiy olishga o`rganadilar. Yig`indini , ayirmani topishda, bo`lish va ko`paytirishni hisoblashda , test, matematik diktantlar olishda qulayliklar yaratadi.Test savollari berilganda o`quvchilar javoblarni ko`rsatadilar va bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilar baholanadi. Ona tili darslarida barcha harflar tayyorlab olinadi va topshiriqlar bajarishda foydalaniladi. Unli harflarni ko`rsating Jarangli undoshlarni ko`rsating Jarangsiz undoshlarni ko`rsating Bo`g`inlar hosil qiling So`zlar yasang kabi topshiriqlarni barcha o`quvchilar bir vaqda bajaradilar va baholanadilar. “Kimga qanaqa” o`yini Bu o`yinni darsning barcha jarayonlarida qo`llash mumkin.Kubikning barcha tomonlariga bo`lim yuzasidan yoki mavzu yuzasidan savollar yozilgan bo`ladi.O`qituvchi kubiklarni navbat bilan o`quvchilarga koptok otgandek uzatadi.Kubikning qaysi tomonidagi savol to`g`ri kelsa o`quvchi shu savolga javob beradi.Kubiklarni soni bir nechta bolishi mumkin.Ularni qog`oz yoki yog`ochdan yasasa ham bo`ladi.Bu o`yinni barcha fanlarda qo`llasa bo`ladi. Ona tili fanidan: O`yinlar orqali o`quvchilar diqqati faollashadi, fikr doirasi kengayadi, uyishqoq va chaqqon bo`ladilar, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 11-DIUM oliy toifali boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi Adizova .U. Salomova Uzukjamol. Download 404 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling