Quvnoq startlar” musobaqasi Tadbiri 2021 yil


-Shart. Tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini namoyish etish.To`pli estafeta o`yini


Download 22.62 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi22.62 Kb.
#1422591
1   2   3
Bog'liq
Quvnoq startlar” musobaqasi Tadbiri 2021 yil

2-Shart.
Tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini namoyish etish.To`pli estafeta o`yini

Har bir jamoa bir qatorga saflanadi,saf boshida o`g`il bolalar,keyin esa qizlar guruh bo`lib joylashtiriladi. Shartni birinchi bo`lib o`g`il bolalar boshlashadi va birinchi ishtirokchi o`z joyidan qo`zg`alib tez yugurib belgilangan masofadagi jismni atrofidan aylanib ortga qaytadi va navbatdagi sherigini qo`liga qo`l beradi va belgilangan masofaga yuguradi.U ham o`z navbatida shartni shu usulada bajaradi va navbatdagi o`yinchi yugurishga o`tadi.


O`yin shu zaylda davom ettiriladi. Qaysi guruh shartni birinchi bo`lib va behato bajarsa shu guruh g`olib hisoblanadi. Hakamlar g`olib guruhni va ballarni e’lon qiladi. Guruh qatnashchilari keyingi shartga tayyorlanadilar.

3-Shart
Tezkorlik va chidamlilik sifatlarini namoyish etish.To`pli estafeta o`yini.
Har bir jamoaning a`zolari gimnastika o`rindig`iga o`tirib,to`pni bosh ustidan yuqoridan ushlagan holatda o`tirishadi.Ishora berilishi bilan saf boshidagi o`quvchilar to`pni yuqoridan saf bo`ylab uzatishadi.Oxirida o`tirgan o`quvchilar to`p bilan yugurib fishkani aylanib ortga qaytishadi va saf boshidagi o`tirgan o`quvchiga topshirishadi.
O`yin shu zaylda davom ettiriladi. Qaysi guruh shartni birinchi bo`lib va bexato bajarsa shu guruh g`olib hisoblanadi. Hakamlar g`olib guruhni va ballarni e’lon qiladi. Guruh qatnashchilari keyingi shartga tayyorlanadilar.
4-shart.
Tezkorlik va chaqqonlis jismoniy sifatlarini namoyish qilish.Muvozanatni saqlab yugurishli estafeta o`yin

Har bir jamoa bir qatorga saflanadi,saf boshida o`g`il bolalar,keyin esa qizlar guruh bo`lib joylashtiriladi. Shartni birinchi bo`lib o`g`il bolalar boshlashadi.Ishora berilishi bilan saf boshidagi o`quvchi to`siqlar orasidan ilonizi usulida harakatlanib,gimnastika skameykasidan aylanadi.Belgilangan chegaradan orqaga qaytib yugurib kelib sherigini qo`liga kaftini berib saf oxiriga joylashib oladi.Navbatdagi o`quvchi ham shu usulda shartni bajaradi.


O`yin shu zaylda davom ettiriladi. Qaysi guruh shartni birinchi bo`lib va bexato bajarsa shu guruh g`olib hisoblanadi. Hakamlar g`olib guruhni va ballarni e’lon qiladi. Guruh qatnashchilari keyingi shartga tayyorlanadilar.


Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling