Quvnoq startlar” musobaqasi Tadbiri 2021 yil


-Shart. Jonli to`siqlar orasidan yugurish.Tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini namoyish etish


Download 22.62 Kb.
bet3/3
Sana02.05.2023
Hajmi22.62 Kb.
#1422591
1   2   3
Bog'liq
Quvnoq startlar” musobaqasi Tadbiri 2021 yil

5-Shart.
Jonli to`siqlar orasidan yugurish.Tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini namoyish etish.
Har bir jamoa bir qatorga saflanadi,saf boshida o`g`il bolalar,keyin esa qizlar guruh bo`lib joylashtiriladi. Shartni birinchi bo`lib o`g`il bolalar boshlashadi.Ishora berilishi bilan o`g`il bolalar kerakli masofaga joylashtirilgan fishkalar saf yoniga joylashadi. Qizlar esa ilonizi usulida harakatlanib,jonli to`siqlar orasidan o`tib,belgilangan masofadan aylanib qaytishadi.Sherigiga qo`l berib saf oxiriga joylashadi.So`ngi ishtirokchi qiz jonli to`siqni oxirida turgan sherigiga qo`l berib o`tadi va oz navbatida jonli to`siqdagi ishtirokchi ham belgilangan masofadan aylanib safga qayti keladi.Belgilangan chegaradan orqaga qaytib yugurib kelib sherigini qo`liga kaftini berib saf oxiriga joylashib oladi.Navbatdagi o`quvchi ham shu usulda shartni bajaradi.
O`yin shu zaylda davom ettiriladi. Qaysi guruh shartni birinchi bo`lib va behato bajarsa shu guruh g`olib hisoblanadi. Hakamlar g`olib guruhni va ballarni e’lon qiladi. Guruh qatnashchilari keyingi shartga tayyorlanadilar.
6-Shart. Arqon tortish (Qiz bolalar)
Har bir jamoaning qizlari arqon oldiga kelib joylashadilar. Arqon har ikki tomonga teng qilib uzatiladi va o`rtasiga belgi yani bog`ich bog`lab qo`yiladi. Hakamning ishorasi bilan har ikki jamoa ishtirokchilari arqonni o`zlariga tortib olishga harakat qilishadi. Oyin toki raqibning birinchi ishtirokchisi tomonlarni ajratib turuvchi chiziqni bosib o`tguncha davom etadi. Arqonni o`ziga tortib olgan jamoa yutgan hisoblanadi.
7-Shart. Arqon tortish (O`g`il bolalar)
Har bir jamoaning o`g`il bolalari arqon oldiga kelib joylashadilar. Arqon har ikki tomonga teng qilib uzatiladi va o`rtasiga belgi yani bog`ich bog`lab qo`yiladi. Hakamning ishorasi bilan har ikki jamoa ishtirokchilari arqonni o`zlariga tortib olishga harakat qilishadi. Oyin toki raqibning birinchi ishtirokchisi tomonlarni ajratib turuvchi chiziqni bosib o`tguncha davom etadi. Arqonni o`ziga tortib olgan jamoa yutgan hisoblanadi.

Yutgan jamoa e’lon qilinadi.


Hamma ballar hakamlar tomonidan hisoblanib e’lon qilinadi va g`olib guruh aniqlanadi.
Ularga faxrli yorliqlar va esdalik sovg`alari beriladi
M.Turg`unova so`zga chiqib ushbu musobaqa haqida o`z fikr va mulohazalarini aytadi.
Musobaqa yakunlanadi.


Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling