Quvvati 87600 t/yil bo’lgan piroliz jarayoni tahlili va blogdagi quvurli reaktorni hisoblash


Download 0.81 Mb.
bet6/11
Sana24.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1290125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Jadval -1
Guruhlar I II III IV
Xloridlar mg/l, ko’p bo’lmagan 40 300 1800 3600
Suv, % (mass.) ko’p bo’lmagan 0.2 1.0 1.0 2.0
Meхanik qo’shimchalar % (mass.)
ko’p bo’lmagan 0.05 0.05 0.05 0.05
Kondagi neft elektrotuzsizlantirish qurilmalaridan so’ng neft barqarorlashtirishga uzatiladi.
Neftni fizik barqarorlashtirish jarayoni gaz komponentlarni siqib chiqarish uchun mo’ljallangan. Neftdan atrof muhit temperaturasida yuqori bosim ta`siridagi gazning to’yingan bug’lari ajralishida o’zi bilan birga benzin fraktsiyalaridagi kerakli engil kompotentlarni olib chiqadi.
Bunday bug’lanish rezervuarlarda neft va neft mahsulotlarini quyish va bo’shatish vaqtida kuzatiladi. Shuning uchun yo’qotishlar 5% (mass.) gacha bo’lishi mumkin. Bunan tashqari neft gazlarini bo’lishi gaz quvurlarida bug’ tig’inlarini hosil qilish hususiyatiga ega bo’lib, qaysisi uzatishni qiyinlashtiradi.
Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va ishlatiladi. Faqat neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonnali qurilma qo’llaniladi. Ikki kolonnali qurilma esa birida neftni ikkinchisida gazli benzinni barqarorlashtirish o’tkaziladi. Ikki kolonnali qurilamlar asosan tarkibi 1.5% (mass.) dan yuqori bo’lgan erigan gaz tarkibli neftlar uchun foydalaniladi.
Ikki kolonnali neftni barqarorlashtirish qurilmasi tehnologik sxemasi quyidagi 1- rasmda keltirilgan.
Kondagi ELOU (elektr tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmasi) rezervuarlaridan homashyo neft 5-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali haydalib, 7-bug’li qizdirgichda qizdirilib, 600C atrofidagi temperaturada birinchi barqarorlashtirish kolonnasi 2 ni yuqori tarelkasi ostidan beriladi. Bu kolonna yo’lakchasimon tipidagi tarelkalar bilan jihozlangan bo’lib, ularning soni 16 dan 26 tagacha bo’lishi mumkin.
Kolonnadagi ortiqcha bosim 0.2 – 0.4 MPa bo’lishi 8-suvli suvitgich – kondensatorda benzin bug’larini kondensaciyalanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Neft tarelkadan tarelkaga quyilishda yuqoriga ko’tarilayotgan qizigan bug’lar bilan to’qashadi va engil fraktsiyalari ajrala boradi. Kolonna pastki qismida temperatura 1-pech orqali cirkulyaciyalanayotgan barqarorlangan neft issiqligi hisobidan 130 – 1050C da tutib turiladi. Barqarorlashgan neft kolonna pastidan 4-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali haydaladi va u o’z issiqligini hom ashyo neftga beradi. So’ngra barqaror neft 19-havoli sovutkichdan o’tib rezervuarga va neftni qayta ishlash zavodlariga jo’natiladi.
Kolonna 2 yuqorisidan chiqayotgan gazlar va bug’lar aralashmasi 8-sovutkich – kondensatorda sovitiladi. Gazlar hosil bo’lgan kondensat bilan birgalikda 9-gaz-suv ajratkichga tushadi. Gaz-suv ajratkichning yuqorisidan kondensatciyalanmagan quruq (metan va etan) gazlar qurilmadan chiqariladi. Gaz chiqarish quvuriga 10-redukcion klapan o’rnatish orqali kolonna 2 da va 9-jihozdagi bosim barqarorligi saqlanadi. Gaz-suv ajratkich vertikal ustunlarga bo’lingan bo’lib, qurilmaning pastki qismidan suv chiqariladi. Ikkinchi yarmidan uglevodorodlar aralashmasidan iborat kondensat 11-nasos yordamida 17-issiqlik almashtirgich orqali haydaladi. Bu erda aralashma tahminan 700C gacha qizdiriladi va shu temperaturada 13- barqarorlashtiruvchi kolonnaning bug’latish qismiga kiritiladi. Kolonna 30–32 yo’lakchasimon (jelobchatie) tarelkaga ega bo’lib, undagi bosim 1.3 – 1.5 MPa. da tutib turiladi.
Kolonna 13 yuqoridagi chiqayotgan gazlar (propan, butanlar) og’ir qismi 14-suvli sovutkich – kondensatorda kondensaciyalanib, gaz 15-separatorda kondensaciyalanmaydigan qismidan ajratib olinadi.
Kondensatciyalanmagan gaz gaz-separator yuqorisidan chiqishda 16-chi redukcion klapandan o’tadi va gaz-suv ajratkich 9 dan kelayotgan gazlar oqimi bilan birlashadi. Kolonna 13 dagi bosim 16-reduktsion klapan yordamida 1.2 – 1.5 MPa. bosimda tutib turiladi.
Gaz ajratgich 15 pastidan ajraladigan suyultirilgan gaz 20-nasos orqali yig’gichga haydaladi. Bir qismi 13-kolonna yuqori tarelkasidan sovuq quyilish hosil qilish uchun qaytariladi. Kolonna yuqoridagi temperatura 40-500C da ushlanadi. Erigan gazlarni to’la ajralishiga erishish uchun kolonna pastidagi temperatura 120–1300C dan yuqori bo’lishi kerak. Bunday temperaturani ta`minlash maqsadida barqaror benzin recirkulyaciyasini 12-qaynatkich orqali bug’ yordamida qizdirish orqali erishiladi. Qaynatgichda benzin 160 – 1800C gacha suv bug’i bilan qizdiriladi (0.3 – 0.5 MPa bosimda). Qaynatgichda hosil bo’lgan bug’lar 13-kolonnaga, suyuq – barqaror benzin qismi esa 12-jihozning ichki to’sinlari orqali sizib o’tib, tizim bosimi ostida 17- issiqlik almashtirgichdan o’tib, 18-sovitkichda sovitiladi. So’ngra barqaror benzin saqlanadigan rezervuarga jo’natiladi.

Engil neftni barqarorlashtirish natijasida uning tarkibidan metan, etanlar to’liq va propan 95 % gacha ajratiladi. Neftni 400C dagi to’yingan bug’lar bosimi 0.85 dan 0.03 MPa gacha pasayadi, bu esa neftni tashish va saqlashda uning doimiy frakcion tarkibda qolishini kafolatlaydi.





Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling