Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja
Download 27.8 Kb.
|
4-Ma\'ruza Quyi Amudaryo iqt. rayoni
Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja Quyi Amudaryo mintaqasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida shaharlarning tutgan o‘rni. Xorazm viloyati shaharlari klassifikatsiyasi va funksional tiplari Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharlari zichligi va joylashuvi Quyi Amudaryo ekologik vaziyatining shaharlar rivojlanishiga ta’siri. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati O‘zbekiston aholisining 11.2 foizini mujassamlashtirgan holda, uning 26.9 % yalpi ichki mahsulotini ta’minlagan (2016 y.). Iqtisodiy rayonda 15 ta shahar va 91 ta shaharcha mavjud bo‘lib, ularda 1448.8 ming aholi yashaydi (respublika shahar manzilgohlarining 8.2 foizi). Iqtisodiy rayon shaharlar to‘ri juda siyrak; yirik shaharlarning ozligi va shahar aglomeratsiyalarini mukammal rivojlanmaganligi hudud ijtimoiyiqtisodiy salohiyatining sustligidan darak beradi. Ushbu hududlar maydoni, orografiyasi, tabiiy sharoiti, qazilma boyliklari bilan ta’minlanishi va aholi joylashuviga ko‘ra noo‘xshashliklarga ega. Masalan, qadimiy sug‘orma dehqonchilik mintaqasi -Xorazmda qazilma boyliklar deyarli mavjud emas; Qoraqalpog‘istonda tog‘-kon kimyo sanoatining yirik zahiralari (asosan Qo‘ng‘irot va Chimboy atrofidagi tuz konlari), Ustyurtda tabiiy gaz, sulfat va osh tuzi hamda Sulton Uvays tog‘larida turli xil ma’danlar bor. Ayni chog‘da mintaqaning tarixiygeografik rivojlanishi gidrografik omil va ijtimoiy-yekologik muammo bilan chambarchas bog‘liq. Xuddi shu ichki farqlanishlar bois hududiy birliklar iqtisodiyoti birbirini to‘ldiradi, ularni o‘zaro hamkorlikda rivojlanishiga ehtiyoj tug‘iladi. Mintaqa, shahar hosil qiluvchi tarmoqlar hududiy taqsimotida sanoat ishlab chiqarishi nisbatan sust, aholining hududiy mujassamlashuv darajasiga qaraganda ancha past. Biroq, hududning iqtisodiy va siyosiy geografik o‘rni, tranzit funksiyasi, tabiiy resurs salohiyati istiqbolda shaharlar to‘ri va tizimining sifat jihatdan rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, iqtisodiy rayonning o‘ziga xos geografik o‘rni hududni kompleks rivojlantirishni, raqobatbardosh tarmoqlarga ixtisoslashuvini, investitsiya muhiti va tashqi iqtisodiy aloqalarni yaxshilashni talab etadi. Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling