Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja


Qoroqalpog‘iston Respublikasi shaharlari zichligi va joylashuvi


Download 27.8 Kb.
bet4/5
Sana07.04.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1339534
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma\'ruza Quyi Amudaryo iqt. rayoni

Qoroqalpog‘iston Respublikasi shaharlari zichligi va joylashuvi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakatimizning chekka shimoli­g‘arbida, “muammoli mintaqa”da joylashganligi, uning O‘zR markaziy rayonlaridan ancha uzoqda o‘rnashganligi hudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga QR ning geosiyosiy mavqei, tranzit funksiyasi, tabiiy resurs salohiyati istiqbolda uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga anchagina qulayliklar yaratadi. Qoraqalpog‘iston Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalari bilan chegaradosh bo‘libgina qolmay O‘zbekistonning g‘arb mamlakatlariga chiqishi uchun darvoza vazifasini ham o‘taydi.


Mintaqa iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega. Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston Respublikasi shahar aholisining 5.5 foizini egallagani holda, uning hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilgan YAIMning 2.5 foizi, sanoat mahsulotining 1.6 foizi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 3.0, pullik xizmat hajmining 3.8, chakana savdoning 3.6, eksportning 0.7 foizi va importning 0.8 foizi to‘g‘ri keladi (2014 y).
Hudud tarkibidagi 12 ta shahar va 26 ta shaharchalarda 883.2 ming kishi yashaydi (shaharlashuv darajasi-49.3 foiz). Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilarning nisbiy miqdori bo‘yicha Namangan, Farg‘ona, Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasi oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Xorazm viloyatida kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkichning yuqoriligi mazkur hudud sanoat salohiyatidan emas, balki bu joylarda intensiv qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sharoitlarining cheklanganligidan darak beradi.
Shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni QRning turli hududlarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Rayon shaharlar to‘ri asosan Nukus va uning aglomeratsiyasi hamda janubiy rayonlarda ancha zichroq. Aksincha, Beruniy-To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot va Chimboy rayonlarida biroz siyrakroq.


O‘zbekiston mintaqalari shahar manzilgohlari zichligi (01.01.2016 y), har ming kv. km.da).

8-rasm. O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
QR jami shahar joylarning 3.2 foizini mujassamlantiradi, shaharlar to‘ri va manzilgohlarning zichligi juda past har ming kv.km.ga 0.2 ta (respublikada bu ko‘rsatkich-2.6 ta). Hududiy urbanistik tarkibning sust rivojlanganligi mintaqaning tabiiy-iqlimiy sharoiti, maydonining kattaligi va shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning rivojlanishi va mujassamlashuv darajasi bilan bog‘liq (-rasm).
Shu bois, respublika shaharlarining hududiy tarkibi ularni geografik joylashuvi, mintaqaning qaysi qismida shakllanganligi asosida ajratildi.
Chunonchi, uning g‘arbiy rayoni 8 ta (Qo‘ng‘irot, Oqshalak, Oltinko‘l, elobod, Jasliq, Qoraqalpaqstan va Shumanoy) shahar manzilgohlarini o‘z ichiga olib, unda QR jami shahar aholisining (82.4 ming kishi) 9.4 foizi istiqomat qiladi. Gʻarbiy rayon hissasiga Qoraqalpog‘iston sanoat mahsulotining 3.8 foizi mos keladi. Ushbu rayonning o‘sish qutb va markazi Qo‘ng‘irot shahri (37.1 ming kishi), shaharlashuv jarayoni asosan yoqilg‘i va kimyo sanoati hisobiga ortib bormoqda. Jumladan, kimyogarlar shaharchasi -Yelobod (2006 y.) kaustik soda ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona negizida barpo etilgan bo‘lsa, Surg‘il gaz koni asosida Ustyurtda respublikamizda ikkinchi yirik gaz-kimyo majmuasi shakllanmoqda. Ushbu korxonada yiliga 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gaz qayta ishlanib, 3 milliard 700 million kub metr gaz, 390 ming tonna poliyetilen, 80 ming tonnadan ortiq poliropilen, 100 ming tonnadan ziyod piroliz benzini va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shaharlar hududiy tizimida mintaqaning markaziy va janubiy rayonlari etakchilik qilsa, Orol dengizi bilan tutash shimoliy rayonda eng past 13 ming kishi (jami shaharliklarning 1.4 foizi). Urbanizatsiya darajasining ushbu hududiy tafovutlari tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar natijasi bo‘lib, u bundan keyin ham davom etadi. Sababi, ekologik vaziyatning tangligi tufayli aholining migratsion qo‘nimligi bu yerda muntazam salbiy natijalarga ega. Shimoliy shahri-Mo‘ynoqda 1989 yilda 17 ming aholi yashagan bo‘lsa, 2016 yilga kelib u 13 ming kishiga kamaydi. Rayon Qoraqalpog‘iston sanoat mahsulotining 3.9 foizini beradi. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bevosita Orol muammosi bilan bog‘liq.
Mintaqaning markaziy qismi Nukus, Qoratov, Oqmang‘it, Taxiatosh, Kegeyli, Xalqobod, Qozonketgan, Qonliko‘l, Xo‘jayli, Vodnik singari shahar manzilgohlarini birlashtiradi. Bu Qoraqalpog‘istonda urbanistik bosimi yoki sig‘imi ancha katta “shaharlashgan” rayon hisoblanadi. Markaziy rayonning qulay tabiiy sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bog‘liq holda, shaharlar to‘ri nisbatan zichroq. Mintaqaning ayrim shaharlari singari 2005 yilda Taxiatosh migratsiyaning manfiy saldosi natijasida o‘rta shaharlar qatoridan tushib qoldi. Garchi Taxiatosh bu toifadan tushgan bo‘lsada, Qoraqalpog‘iston o‘rta shaharlar soni (To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Beruniy) jihatidan O‘zbekistonda hamon etakchi hisoblanadi. Ayni paytda Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 742 million dollar hajmidagi ikkita bug‘-gaz qurilmasini o‘rnatish ishlari boshlangan.
2001 yil qurib ishga tushirilgan Uchquduq–Sultonuvays–Nukus temir yo‘lining o‘tishi bilan mazkur rayonning transport geografik o‘rni yanada yaxshilandi, yangi bekat, raz’yezd kabi infratuzilma ob’yektlari shahar manzilgohlarining vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Shahar tashkil qiluvchi omillarning rivojlanishi mineral xom ashyolarni o‘zlashtirish imkoniyatini berdi. Shahar aholisining 51.5 foizi, sanoat mahsulotining 44.0 foizi mazkur sektorga mos keladi. Rayon asosini Nukus-Xo‘jayli sanoat tuguni va shu nomdagi shakllanayotgan shahar aglomeratsiyasi tashkil qiladi.
Markaziy rayonda oziq-ovqat, to‘qimachilik, energetika sanoati, shahar atrofi qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Sanoatning hududiy tarkibi o‘ziga xos: taxminan 25.8 foiz sanoat mahsuloti Nukus shahriga, 6.5 foizi energetiklar shahri –Taxiatoshga to‘g‘ri keladi. Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishdagi ulushi 39.3 va 13.8 ga teng. Iqtisodiyotining rivojlanishida Taxiatosh IYeS, Nukusda oziq-ovqat sanoati (konserva, o‘simlik yog‘i) ishlab chiqarishi tovar ahamiyatiga ega

Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling