“T A S D I Q L A Y M A N’’
Maktab direktori: M.E.Axunjanova
“ 14” oktyabr 2023-yil
Quyi Chirchiq tuman MMTB tasarrufidagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida “O`z joniga qasd qilishning oldini olish” bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish
B A Y O N I
14.10.2023-yil Paxtazor M.F.Y
Yig`ilish raisi : M.E.Axunjanova
MMIBD O’rinbosari; Sh.N.Namazova
O’IBD O’rinbosari; B.Muxamedov
Ishtirok etdi: Profilaktika inspektori Sh.Meleboyev, 160 nafar o’quvchilar va 23 nafar o’qituvchilar.
Kun tartibi
“Voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida o’z joniga qasd qilishning oldini olish” to`g`risida
O’qituvchilar va o’quvchilarning umumiy yig’ilishini, maktab direktori U.U.Toshboyev ochib berdi va yig’ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masala va uning dolzarbligini qisqacha tushuntirib, hozirgi kunda fuqarolar va voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida o’z joniga qasd qilish holatlari uchrab turishi, musulmonchilikka zid ekanligi, inson olloh tomonidan yaratilgan ekanki, har bir inson bu yorug’ dunyoda yashashga xaqliligini aytib o’tdi va o’z joniga qasd qilgan insonning oxirati shakkoklikka olib kelishini tushuntirdi. Shundan so’ng Sh.N.Namazova so’zga chiqib, ota-onalar va sinf rahbarlari har doim o’zaro muloqotda bo’lib o’quvchilarning ilm olishi va tarbiyasini nazorat qilib borishini va maktab psixologi Sh.Meleboyev o’quvchilardan maxsus psixologik test o’tkazib o’quvchilarda salbiy jarayon paydo bo’lsa maktab ma’muriyatini ogohlantirishi zarurligini tushuntirib o’tdi. Shundan so’ng I.I.B xodimi Sh.Meleboyev o’z joniga qasd qilish insonning xarakteriga mos emasligini, inson hayotga bir marta kelishi va hayotdan zavqlanib yashashi , inson komilikka intilishi,davlatimiz tomonidan hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi zarurligini ta’kidladi. Mazkur yig`ilishda bo`lgan masala yuzasidan fikr mulohazalar atroflicha o’rganib chiqilib.
Yig`ilish qaror qiladi:
1. Maktab o’quvchilarining davomati, Maktab “yoshlar yetakchisi” sinf rahbarlari va maktab ma’muriyati tomonidan qat’iy nazoratga olinsin.
2. O`quvchilar bo’sh vaqtlarida fan to’garaklariga, sport seksiyalariga, badiiy havaskorlik to’garaklariga jalb qilinsin.
3. Maktab psixologi tomonidan, o’quvchilar maxsus psixologik testdan o’tkazilsin.
MMIBDO’: Sh.N.Namazova
Do'stlaringiz bilan baham: |