Quyi spirtlar
Download 0.56 Mb.
|
4-MA’RUZA. Spirtlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bug’ fazada asosan geteropolikislota yoki mineral kislotalar taklif qilingan bo’lsa
2-Propanol2-PropanolIzopropil spirti (IPA, yoki 2-propanol)ni ishlab chiqarishning ilk tijorat sanoat usullari propenga suv qo’shish bilan 1930 yilda Standard Oil of New Jersey (USA) tomonidan tadqiq qilingan. Bu jarayon neftkimyosidagi neftni mahsulotlarini qayta ishlashning ham dastlabki namunasi edi. Hozirgi vaqtga qadar 2-propanol ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o’sib borib, 2000 yilga kelib yiliga 2,1 x 106 tonnaga yetgan, va bundan mos ravishda 0,65, 0,76 va 0,18 x 106 tonnasi AQSh, G’arbiy Yevropa va Yapnoiya ulushlariga to’g’ri keladi. Izopropil spirti uchun sanoat ko’rsatgichlari quyidagi yon jadvalda taxlil qilingan.Ana’naviy usulda propen gidrotatsiyasi H2SO4 ishtirokida suyuq fazada olib boriladi. Bu jarayon bilan parallel ravshida zamonaviy usullar ustida ham izlanishlar olib borilgan va bu jarayonlar propenni bug’ fazada bir bosqichli katalitik gidrirlash yoki suyuq fazada xom ashyolarni ma’lum tezliklarda oqim xarakatiga asoslangan. Ishlash sharoitlariga mos ravishda, turli kislotali katalizatorlardan foydalanish mumkin:1. Bug’ fazada asosan geteropolikislota yoki mineral kislotalar taklif qilingan bo’lsa,2. Oqim xarakatida kislotali ionalmashinuvchilardan,3. Suvda eruvchi volframsaqlovchi geteropolikislotalardan foydalanish tavsiya etiladi.Dastlabki ikki bosqichli sulfat kislotadan foydalanib faoliyat yurituvchi korxonalar BP va Shell kompaniyalari tomondan hozirgacha targ’ib qilinadi. Deutsche Texaco zavodi 1986 yilga qadar ushbu usuldan foydalanib kelgan, hozirda esa ionalmashnuvchi smolalar ishtirokida to’g’ridan-to’g’ri gidratatsiyalash jarayoniga qayta modernizatsiya qilingan.Propenga H2O ta’sir ettirish jarayoni H2SO4 ishtirokida oraliq mahsulot sifatida sulfat kislota monoefiri hosil bo’lishi bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda bug’ yoki suv uzatish bilan kislota miqdori 40 % gacha kamaytiriladi, murakkab efir esa gidrolizlanadi:Propenga H2O ta’sir ettirish jarayoni H2SO4 ishtirokida oraliq mahsulot sifatida sulfat kislota monoefiri hosil bo’lishi bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda bug’ yoki suv uzatish bilan kislota miqdori 40 % gacha kamaytiriladi, murakkab efir esa gidrolizlanadi:Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling