Quyidagi malumotlarni o’qigan xolda sql da table larni(ko’rinishini) tuzing


Download 6.75 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi6.75 Kb.
#1756635
Bog'liq
homework 2 - AirQ


HomeWork – Two

Quyidagi malumotlarni o’qigan xolda SQL da table larni(ko’rinishini) tuzing.


AirQ kompaniyasi shaxardagi havoni sifatini kuzatadi va nazorat qiladi.
Shu maqsatda ular uchun malumotlar bazasini chiroyli qilib tuzish kerak.
(design a database to manage its activities)

AirQ kompaniyasi xavodagi uglevod aksidi, azot diaksidi va shunga o’xshash har xil ifloslantiruvchi moddalarning konsentratsiyasini tahlil qiladi .


Xar bitta ifloslantiruvchi moddaning takrorlanmas kodi mavjet. Shuning bilan moddaning nomi, kichik description (tarifi), o’lchash birligi (measurement unit), va kelib chiqishining asosiy sabablari ro’yxati mavjut (masalan, transport vositalarining harakati, isitish tizimlari, sanoat faoliyati)

AirQ kompaniyasining xar bitta xodimning takrorlanmas ijtimoiy sug'urta raqami bor (SSN). Har bir xodim uchun ism, ishga qabul qilingan sana, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (agar mavjud bo'lsa) ma'lumotlari bor.


Ishchilar ma'muriy (boshqaruvchilar), texnik va tahlilchi xodimlarga bo’linadi.
Tahlilchi ishchilar uchun malaka darajasi bor (diplom darajasi).
Ma'lumotlar bazasida har bir xodim uchun ta'til davrlari (boshlanish sanasi, tugash sanasi) saqlanadi. Bir vaqtni o’zida bir nechta xodim tatilda bo’lishi mumkin.

Ifloslantiruvchi moddalarning kontsentratsiyasini kuzatish uchun belgilangan stantsiyalar tarmog'idan foydalaniladi. Har bir stansiya bekat o’zinig yagona kod va uning joylashgan geolakatsiyasiga ega (kenglik va uzunlik / latitude va longitude ).


Xar bitta stansiyada turlicha sensorlar (datchik lar) mavjut. Xar bitta sensorning takrorlanmas kodiga ega. Sensorning nomi bor. Shu bilan birga sensor turgan stansiyaga bo’g’lanadi. Xar bitta sensor ning aniqlaydigan ifloslantiruvchi moddasi bo’ladi.

Sensor o'lchovlari ma'lumotlar bazasida saqlanadi (aniqlagan miqtorlari saqlanadi). Har bir o'lchovning miqdori , qaysi senserdan olinganligi , yig'ilgan kuni va vaqti malumdir. Har bir oyda har xil ifloslantiruvchi moddalar uchun o'lchangan kontsentratsiyalarni (miqtorlari) umumlashtiruvchi hisobot hosil qilingan. Har bir hisobot takrorlanmas kod bilan aniqlanadi va elon qilish sanasi bo’ladi. Undan tashqali hisobotga o’lchovlar ro’yxati kiradi (senserlar dan olinga o’lchovlar xisobot ichiga kiradi). Xar bitta hisobotni analitik tomonidan tekshiriladi va taxlil qilinadi.




Stantsiya ishlamay qolsa, stantsiyaga texnik xizmat ko'rsatish jarayoni amalga oshiriladi. Xar bitta jarayon bazada saqlanadi. Bunda uning texnik xizmat ko’rsatish boshlangan kuni, boshlanish va tugatish vaqti (soat/time), jalb qilingan stantsiya (ishdan chiqqan stansiya), texnik xizmat ko'rsatishni amalga oshirgan texnik va ishdan chiqish sababi bo’ladi. Esda tuting Turli texnik xizmatlari bitta stansiyaga bir kunda ko’rsatilishi mumkin. Biroq birvaqtni o’zida bitta texnik xodim birdan ortiq textik xizmatni qila olmaydi.
Download 6.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling