Quyidagi mantiqiy diagrammani taqdim etish o‘rinli
Savdo menejmentining maqsad va vazifalari
Download 46.95 Kb.
|
2-mavzu Boshqaruvning nazariy asoslari
2.6. Savdo menejmentining maqsad va vazifalari
Savdo menejmentining asosiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uning maqsad va vazifalari namoyon bo‘ladi. Savdo menejmentining asosiy maqsadi bo‘lib, savdo korxonasining rivojlanish istiqbolini mukammal darajada taʼminlash va korxonaning raqobatchilari orasidagi mavqeyini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlash hisoblanadi. Ushbu asosiy maqsadlardan tashqari, savdo menejmenti quyida qayd etilgan asosiy masalalarni yechishni ham o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi: Isteʼmol bozorining mavjud segmenti doirasida isteʼmolchilar talabini to‘laroq qondirishga qaratilgan chora-tadbirlarni shakllantirish. Bu masala savdo korxonasining isteʼmol bozoridagi o‘z o‘rnini topishi, isteʼmol bozoridagi mavjud segment doirasida isteʼmolchi talabining asosiy parametrlarini aniqlashi assortiment siyosatining shakllantirilishi, isteʼmolchi talabini qondirishga mo‘ljallangan tovarlar assortimentining barqarorligiga erishish kabi omillarning taʼminlanishi orqali amalga oshiriladi. Xaridorlarga savdo xizmati ko‘rsatilishini yuqori darajada taʼminlash. Bu masala xaridorlarnig savdo xizmatiga aloqador barcha talab-xohishlarini bajarish bilan hal etiladi. Isteʼmolchi bozoridagi mavjud segmentning mohiyat va asosiy xususiyati uning isteʼmolchiga oz vaqt sarflab, qulay xizmat ko‘rsatishi bilan namoyon bo‘ladi. Xaridorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan talablar tashkiliytexnologik tadbirlar kompleksining yaratilishi, xizmat ko‘rsatishning barcha zaruriy jihatlarini ishlab chiqilishi bilan bajariladi. Savdo korxonasining savdo-texnologik va savdo xo‘jalik ishlarini amalga oshirishda tejamkorlikni taʼminlash. Bu masala tovar harakati va xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatga aloqador mehnat, moddiy va moliyaviy harajatlarni alohida texnologik jarayonlar va operatsiyalar miqyosidagi tejamkorligiga erishish orqali amalga oshiriladi. Foyda miqdorini oshirish va korxona ixtiyorida qoladigan foydaning oqilona taqsimlanishini taʼminlash. Bu masala korxonaning tovar aylanish hajmining optimallashtirilishi, maʼlum maqsadlarga yo‘naltirilgan narx, amortizatsiya va soliq siyosatining yuritilishi, foydaning kapital va isteʼmol qismlari o‘rtasidagi muvozanatning optimallashtirilishiga erishish kabi omillarga bog‘liq. Savdo korxonasining xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq tavakkalchilik darajasining kamaytirilishi. Bu masala savdo korxonasining xo‘jalik faoliyatiga aloqador boʼlgan turli tijorat, moliya va investitsion sohalardagi tavakkalchilikning maqsadiga muvofiq boshqarilishi bilan amalga oshiriladi. Savdo korxonasining xo‘jalik tavakkalchiligi darajasining kamaytirilishi uning moliyaviy natijalarini barqarorlashtiradi va korxonaning rivojlanishini kafolatlaydi. Savdo korxonasining bozordagi muntazam o‘sishini taʼminlash. Bu masala eng birinchi korxonaning investitsion aktivligini oshirish bilan hal etiladi. Bundan tashqari, savdo korxonasining bozordagi muntazam o‘sishiga uning raqiblari va isteʼmolchilari mavqeyi, isteʼmol bozorida tutgan amaliy obro‘si, puxta ishlab chiqarilgan xoʼjalik faoliyati va boshqaruvning ichki texnologiyalari, savdo korxonasiga qo‘shimcha foyda keltirish imkoniyatini beradigan boshqa bir qator «sezilmas aktivlar» taʼsir etadi. Savdo menejmentining barcha masalalari bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Masalan, isteʼmolchilarning talabini to‘laroq qondirish va xaridorlarga savdo xizmati ko‘rsatilishini yuqori darajada taʼminlash bevosita tovar aylanish hajmini o‘stirish va korxonaning foyda miqdorini oshirishni talab etadi. Xuddi shu maqsadga savdo korxonasining savdo-texnologik va savdo xo‘jalik ishlarini amalga oshirishdagi tejamkorlik masalasi ham bevosita bog‘liq. O‘z o‘rnida foyda miqdorini oshirish, uning oqilona taqsimlanishi va korxonaning xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq tejamkorlik darajasining kamaytirilishi savdo korxonasining bozordagi muntazam o‘sishini taʼminlovchi muhim shartlari hisoblanadi. Lekin savdo menejmentining bir qator vazifalari mutlaqo turlicha ahamiyat kasb etadi. Masalan, xaridorlarga savdo xizmati ko‘rsatilishini yuqori darajada taʼminlashga qaratilgan tadbirlar korxonaning mehnat, moddiy va moliyaviy resurslaridan qo‘shimcha harajatlar qilishiga olib kelishi mumkin. Bu bilan savdo korxonasi foyda miqdorining kamayib ketishi tabiiy hol. O‘z navbatida, savdo korxonasi foyda miqdorini oshirish bevosita xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq tavakkalchilik darajasining o‘sishi bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun, savdo menejmentining bu kabi alohida vazifalari bir-birlari bilan muvofiqlashtirilgan tarzda optimallashtirilishi zarur. Savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar orasida “Savdo msnejmentining birlamchi vazifasi va asosiy maqsadi-korxona ixtiyoridagi foyda miqdorini oshirish” degan fikr keng tarqalgan. Аmmo bu fikrni keng qamrovda munozara etgan holda ko‘rib chiqish lozim. Gap shundaki, savdo korxonasi faoliyatining maʼlum bosqichida foyda miqdorini oshirish uning bozordagi muntazam oʼsishini avtomatik tarzda ta‟minlay olmaydi. Qo‘lga kiritilgan yuqori foyda miqdori butunlay isteʼmol uchun sarflanishi mumkin. Natijada, savdo korxonasi o‘z rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan moliyaviy resurslarning asosiy va yagona manbasidan mahrum bo‘ladi (o‘tirib qolgan korxona esa isteʼmol bozoridagi raqobatchilari orasida oʼz o‘rnini yo‘qotadi va bozordagi mavqesi umuman tushib ketadi). Bundan tashqari, faqat yuqori foyda miqdoriga erishishga yo‘naltirilgan maqsadlar sari intilish xo‘jalik faoliyati tavakkalchilik darajasining oshishi, faoliyatning kelgusi bosqichidagi bankrotlik xavfining tug‘ilishiga olib keladi. Bu ham korxonaning bozordagi raqobatchilari o‘rtasidagi bosqich va tutgan o‘rnini yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, bozor sharoitida foyda miqdorini oshirish alohida o‘ziga xos ahamiyat kasb etsa-da, uni savdo monejmentining birlamchi maqsadi va ustuvor vazifasi deyish mutlaqo nojoizdir. Samarali savdo menejmenti toʼla maʼnoda o‘zining asosiy maqsad va vazifalari bilan xaridorlarga xizmat ko‘rsatishining yuqori darajada amalga oshirilishini taʼminlash, savdo korxonasi rivojlanishi istiqbolining barcha zaruriy jihatlarini o‘rganish, uning moliyaviy holatini mustahkamlash va isteʼmol bozoridagi raqobatchilari orasida tutgan o‘rni va mavqeyini shakllantirishga qaratilgandir. Download 46.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling