Quyidagi rasmda qanday mutatsiya berilgan? deletsiyasi; dublikatsiyasi


Download 70.38 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi70.38 Kb.
#1750345




BIOLOGIYA
1. Quyidagi rasmda qanday mutatsiya berilgan?

1) deletsiyasi; 2) dublikatsiyasi;
3) inversiyasi; 4) translokatsiya;
A) 1; B) 2; C) 3; D) 4;

2. Umurtqalilarda ichki urug’lanish boshlanishidan oldin sodir bo’lgan hayvonlardagi aromorfozlar berilgan javobni aniqlang.


1) qalqondor baliqlar paydo bo’lishi;
2) suyakli baliqlar kelib chiqish;
3) dastlabki gulli o’simliklarning paydo bo’lishi;
4) sutemizuvchilarning xaltali va yo’ldoshli kenja sinf vakil-lari paydo bo’lishi;
5) bosh skeletsizlar kenja tipi paydo bo’l;
6) uchuvchi hasharot – suvaraklar, ninachilar paydo bo’lishi;
7) stegotsefallar paydo bo’lishi;
8) qon aylanishining ikkita – katta va kichik doirali bo’lishi;
9) arterial va venoz qon aralashmasligi;
10) ochiq urug’li o’simliklar paydo bo’lishi
A) 1, 2, 3; B) 5, 7, 10; C) 4, 8, 9; D) 2, 5, 6;

3. To'g'ri fikrni aniqlang.


A) Qo'ypechak havo harorati iliq kelgan kuz oylarida gullashda davom etadigan yovvoyi, o'rmalovchi poyali o'simlik
B) Qulupnay qo'shimcha ildizli, 3 bargchali, poyasidan ko'payadigan bir yillik o't
C) Pastki shoxlarida ko'saklari yetilib, uchki shoxlaridagi gullari ochilib turadigan o'simlik – madaniy, o'q ildiz tizimli, bir yillik o't
D) Jag' - jag' mevasi qo'zoqcha, bir yillik madaniy o'simlik

4. Somatik hujayrasida jinsiy xromasomlar gomolog bo’lma-gan organizlarni ko’rsating


1) urg’ochi kaptar; 2)erkak gatteriya; 3)urg’ochi zarg’aldoq; 4) erkak shimpanze; 5) erkak drozofilla; 6) erkak nandu;
A) 2,4,6 B) 1,4,6 C) 1,3,5 D) 3,2,1

5. 38400 molekulyar og’irlikdagi oqsil sintezlashda i-RNK ning 20% qismi ishtirok etmagan bo’lsa, oqsil sintezida ishtirok etgan DNK dagi nukleotidlar yig’indisini toping.


A) 1200 B) 2400 C) 3600 D) 4200

6. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog’lom o’g’il bolaning katta qon aylanish doirasi arteriyalardagi qon plazmasida qanday moddalar bo’ladi?


A) insulin, agglyutinin β, gemoglobin, glyukoza, fermentlar;
B) gormonlar, vitaminlar, antitanalar, agglyutinogen A;
C) tromboplasti, agglyutinin β, gormonlar, vitaminlar;
D) aminokislota, mochevina, kreatinin, agglyutinin β;

7. Ribosoma labaratoriyada gidroliz qilindi. Shu organoid


gidrolizdan so’ng necha tipdagi (a) va necha xil (b) monomer hosil qiladi?
A) a-2; b-24; B) a-2; b-25; C) a-1; b-4; D) a-2; b-5;
8. Quyida berilgan sxemada nuqtali mutatsiyaning turlari berilgan. Shunga ko’ra 1,2,3,4,5,6ni aniqlang.

a-transversiya; b- tranzitsiya;
A) b-3, 5, 2, 6; a-1,4; B) b-1,4; a-3, 5, 2, 6;
C) b-5, 6; a-2, 1, 4, 3; D) b-2, 1, 4, 3; a-5, 6;

9. Urg’ochi kaptar (2n=80) autosomalarining 12 jufti faqat


gomozigota holatdagi genlarga, qolgan autosomalar esa ge-terozigota genlarga ega bo’lsa, urg’ochi kaptar kariotipida necha xil DNK va necha xil xromosoma mavjud?
A) 80; 40 B) 68; 40 C) 66; 80 D) 68; 41

10. Krot sistematikasiga oid ma‟lumotlarni aniqlang.


A) sudralib yuruvchilar sinfi, tangachalilar turkumi
B) sutmizuvchilar sinfi, yirtqichlar turkumi
C) sutemizuvchilar sinfi, hasharotxo'rlar turkumi
D) qushlar sinfi, tuvaloqlar turkumi

11. Jigar bezi rivojlanmagan organizmlami aniqlang.


A) lansetnik, suv shillig'i, cho'rtan
B) suv shillig'i, treska, askarida, planariya
C) lansetnik, jigar qurti, gambuziya
D) jigar qurti, tasmasimon chuvalchang

12. Itning koker zoti junining qora rangi dominant noallel A va B genlarga bog’liq. Faqat A genining dominant holatda bo’lishi junning malla, B genining dominant holatda bo’lishi junning jigarrang, dominantgenlarning uchramasligi junning oq rangda bo’lishini ta’minlasa, digeterozigota


genotipli organizmlar o’zaro chatishtirilgandan olingan avlodning necha foizini genotip jihatdan ota-onadan farq
qiluvchi organizmlar tashkil qiladi?
A) 75 B) 25 C) 37,5 D) 31,25

13. Quyida ko’rsatilgan organizmning genotipini aniqlang





A) IBI0 B) IAI0 C) I0I0 D) IAIA


14. Embryonal rivojlanishda ektodermadan (a) , mezoder-madan (b) va endodermadan (c) xosil bo’ladigan organlar-ni aniqlang.


1) buyrak; 2) oshqozon; 3) muskul; 4) sezgi organlari;
5) tish email; 6) ingichka ichak;
A) a— 4, 5; b— 1, 3; c— 2, 6
B) a— 1, 3; b— 2, 5; c— 4, 6
C) a— 3, 6; b— 2, 5; c— 1, 4
D) a— 3, 5; b— 4, 6; c— 1, 2
15. Quyidagi xodisalarga mos javoblarni juftlang.
1) mitoz G1 9 juft xromosoma; 2) meyoz profaza I 16 ta xromatida; 3) mitoz anafaza 48 xromosoma
A) 1— xrizantema; 2— drozofila; 3— tamaki
B) 1— karam; 2— tog’olcha; 3— shimpanze
C) 1— olcha; 2— bug’doy; 3— xirzutum
D) 1— herbatsium; 2— makkajo’xori; 3— olxo’ri

16. Fenilketonuriya (a) va albinizm (b) da xos belgilarni aniqlang.


1) ressiv belgi; 2) moddalar almashinuvibuzilishi bilan bog’-liq; 3) jinsiy xromosoma bilan bog’liq; 4) faqat Y-xromoso-ma bilan bog’liq; 5) nerv sistemasi jarohatlanadi; 6) aqliy zaiflik paydo bo’ladi; 7) terida pigmentlar bo’lmaydi;
8) ko’rish qobiliyati pasayadi;
A) a-1,2,5,6; b-1,2,7,8; B) a-1,4,6,8 b-2,5,7,8;
C) a-1,2,5,6; b-1,3,7,8; D) a-1,2,7,8 b-1,2,5,6;

17. Ikki xil gul formulaga ega bo’lgan lolasimon (a) va mag-noliyasimon (b) larni aniqlang.


A) a-makkajo’xori; b-ismaloq B) a-bug’doy; b-oshqovoq
C) a-makkajo’xori; b-shuvoq D) a-bosh piyoz; b-terak

18. Gidra (a), triton (b), kabarga (c) va aureliya (d) blastula devori necha qavat hujayradan iborat?


A) a- 2; b- 3; c- 3; d- 2; B) a- 2; b- 3; c- 3; d- 3;
C) a- 1; b- 2; c- 2; d- 1; D) a- 1; b- 1; c- 1; d- 1;

19. Quyidagi hayvonlarni ularning fandagi nomi bilan to’g’ri juftlab ko’rsatilgan javobni toping.


1) o’txo’r kaltakesak; 2) toshbaqalar avlodi; 3) baliq kalta-kesak; 4) yirtqich kaltakesak; 5) uch shohli kaltakesak;
6) ilon kaltakesak;
a) plakoxelis; b) tritsopetops; c) tiranozavr;
d) mezozavr; e) brontozavr; f) ixtiozavr
A) 1-c; 2-e; 3-f; 4-a; 5-b; 6-d; B) 1-b; 2-a; 3-d; 4-e; 5-c; 6-f;
C) 1-e; 2-a; 3-f; 4-c; 5-b; 6-d; D) 1-e; 2-d; 3-f; 4-b; 5-c; 6-a;

20. Rizosfera prokariot organizm hisoblanadi. Chunki ...


1) yadroga ega emas; 2) sitoplazmaga ega; 3) halqasimon
DNKga ega; 4) plazmatik membranaga ega; 5) mitoxondri-yaga ega emas; 6) ribosomalarga ega
A) 1, 4, 5; B) 2, 4, 6; С) 1, 3, 5; D) 1, 3, 6;

21. Qaysi javobda tapir bilan bitta biogeografik viloyatda


tarqalgan qushlar to’g’ri keltirilgan?
A) bankiv, qirg’ovul, sesarka, kotib qush
B) kondor, nandu, nektar yig’uvchi, sesarka
C) kolibri, yapaloq qush, bankiv, tovus
D) kondor, kakadu, bankiv, emu

22. Qaysi javobda gulli o’simliklarning qo’sh urug’lanish


jarayonida chang hosil bo’lishidan urug’ hosil bo’lishigacha
bo’lgan davr ketma-ketligi to’g’ri keltirilgan?
1) spermiylarning murtak xaltasiga kirishi; 2) triploid
hujayraning hosil bo’lishi; 3) chang naychasining hosil
bo’lishi; 4) urug’kurtakdan urug’ning hosil bo’lishi;
5) generativ va vegetativ hujayraning hosil bo’lishi
A) 3, 1, 5, 2, 4; B) 5, 3, 1, 4, 2; C) 3, 1, 5, 4, 2; D) 5, 3, 1, 2, 4;

23. Ayollar aralash bez hujayralarida glitserin va yog‘ kis-lotalaridan (a) va aminokislotalardan (b) sintezlanuvchi


moddalarni aniqlang.
1) insulin; 2) esterogen; 3) pepsin; 4) androsteron; 5) amila-za; 6) lipaza
A) a- 2, 6; b- 1, 3; B) a- 2; b- 1, 6;
C) a- 6; b- 1, 5; D) a- 2, 4; b- 3, 5;

24. Rangni ajrata olmaslik kasalligiga chalingan ayol (onasi va akasi rangni normal ajrata oladi) sog’lom erkakka tur-mushga chiqdi. Ushbu oila uchun mos keladigan to’g‘ri fikr-ni aniqlang.


A) ayolning otasi ushbu belgi bo’yicha sog’lom
B) ayolning o’g’il farzandlaridan biri rang ajrata oladi
C) ayol kassallik genini faqat onasidan olgan
D) oilada sog’lom o’g’illarning tug’ilish ehtimolligi 0 %

25. To’g’ri rivojlanish bilan yetiladigan pilla hosil qiluvchi


organizmlarni belgilang.
1) butli o’rgimchak; 2) burga; 3) oq planariya; 4) podalariy; 5) tut ipak qurti; 6) yomg’ir chuvalchangi.
A) 3, 6 B) 1, 5 C) 4, 5 D) 2, 6

26. Qaysi to'qima hujayrasini postembrional davrining barcha


bosqichlarida yadrochasi hech qachon yo'qolmaydi?
A) yog' to'qima hujayralari B) suyak to'qima hujayralari
C) muskul to'qima hujayralari D) kallus to'qima hujayralari

27. O’simliklarning meva nomlari to’g’ri juftlangan javobni


aniqlang.
1) anzurning ko’sagi; 2) nokning olma mevasi;
3) tarvuzning rezavor mevasi; 4) bangidevonaning ko’sagi;
5) lavlagining ildizmevasi; 6) makkajo’xorining so’tasi.
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 5, 6 D) 1, 2, 4

28. Sistematik birliklarni kattalashib borish tartibida keltirilgan javobni aniqlang.


1) ayiqtovondoshlar; 2) yopiqurug’lilar; 3) achishtiruvchi
ayiqtovon; 4) ikki urug’pallalilar; 5) ayiqtovon
A) 3, 1, 5, 4 B) 2, 4, 1, 3 C) 5, 3, 1, 4 D) 3, 5, 1, 2

29. Quyidagi jadvaldagi bo’sh o’rinlarga mos keluvchi


tushunchalar to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.

O’zgaruvchan-lik tipi

O’zgaruv-chanlik turi

O’zgaruvchanlik
ko’rinishi

a

Modifikat-sion

Bir o’simlikning yorug’ va soya joydagi barglarining turli o’lchamda bo’lishi

Genotipik

b

Daun sindromiga chalingan qizning tug’ilishi

Genotipik

mutatsion

c
A) a- ontogenetik; b- rekombinativ; c- insonda barmoqlar-ning kalta bo’lishi
B) a- fenotipik; b- duplikatsiya; c- tog’olcha va olchadan
olxo’rining olinishi
C) a- genotipik; b- fenotipik; c- spirtli ozuqa ta’sirida quyon-chalarning rivojlanishi sust bo’lishi
D) a- fenotipik; b- mutatsion; c- jo’jalarning patsiz bo’lishi
30. Ma’lum bir biotsenozda yarus bo’yicha 1,2,3,4,5 –raqam-larga mos o’simliklarni aniqlang.

A) 1– jo’ka; 2–chetan; 3–chala buta; 4–o’rmon yong’og’i;
5 – yertut
B) 1– eman; 2–shumtol; 3 – kalina; 4 – yarim buta; 5 – terak
C) 1 – jo’ka; 2 – nok; 3 – o’rmon yong’og’i; 4 – baland o’tlar;
5 – yertut
D) 1 – shumtol; 2 – yovvoyi olma; 3 – o’rmon yong’og’i;
4 – yertut; 5 – qirquloq

Farg’ona
CHIMYON 2020-yil


Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin
Farg’ona
CHIMYON 2020-yil
Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin

Farg’ona
CHIMYON 2020-yil


Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin

CHIMYON 2020-yil Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin

Download 70.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling