Quyidagi rasmda qanday mutatsiya berilgan? deletsiyasi; dublikatsiyasi
Download 268.84 Kb.
|
2 5433840104315557708
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHIMYON 2020-yil Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin Farg’ona CHIMYON 2020-yil Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin
BIOLOGIYA 1. Quyidagi rasmda qanday mutatsiya berilgan? 1) deletsiyasi; 2) dublikatsiyasi; 3) inversiyasi; 4) translokatsiya; A) 1; B) 2; C) 3; D) 4; 2. Tiriklikning hujayra darajasida sodir bo’lmaydigan jarayonlarni aniqlang. 1) silliq endoplazmatik to’rda uglevod sintezining amalga oshishi; 2) uglerodning biogen migratsiyasi; 3) nerv-gumoral boshqarilish; 4) mitoxondriyaning bo’linib ko’payisbi; 5) murg’ob kenja turining hosil bo’lishi. A) 2, 5 B) 3, 4 С) 1, 3 D) 1, 4 3. Postembrional davri to’g’ri rivojlanish yo’li bilan amalga oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang. 1) belyanka; 2) butli o’rgimchak; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 4) suvarak; 5) dreysena; 6) sariq chayon; 7) assidiya; 8) qoraqurt; 9) langust; 10) mangust; 11) kana; 12) falanga; 13) agama; 14) xameleon; A) 2, 6, 8, 10; B) 2, 6, 13, 14; C) 8, 9, 11, 12; D) 2, 6, 8, 12; 4. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar GCC ACG TAG TGG TGG GGT TCG GAT ketma-ketligida joylashgan bo’lib, uchinchi tripletdagi hamma nukleotid tranzitsiyaga uchragandan so’ng, shu qo’sh zanjirdagi har bir nukleotid yig’indisini aniqlang, A) T - 5, A - 7, С - 9, G - 3 B) A - 13, C - 11, T - 13, G - 11 C) A - 5, T - 7, С - 3, G - 9 D) A - 8, С - 16, T - 8, G - 16 5. Quyidagilardan buyrakni po’stloq qismida bo’ladiganlar-ni aniqlang. 1) nefron kapsulasi; 2) konussimon piramidalar 3) sorg’ich-lar; 4) ikkilamchi kapillar; 5) birlamchi nay; 6) ikkilamchi nay; 7) birlamchi kapillar; 8) Genle halqasi; 9) sfinkter; A) 5, 7, 6, 1; B) 1, 8, 9; C) 5, 6, 7, 4, 2; D) 3, 2, 8, 9; 6. Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. 1) 89 ta peptid bog’iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 270 ta nukleotid bo’ladi; 2) 210 ta nukleotiddan iborat DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 70 ta amino-kislota bo’ladi; 3) 120 ta riboza molekulasi bo’lgan i-RNK dan 40 ta peptid bog’li oqsil molekulasi hosil bo’ladi; 4) 358 ta fosfodiefirli nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo’ladi A) 2 ,3 B) 2, 4 С) 1, 3 D) 1, 4 7. Qaysi organizmlar postembrional davrda xordaga (a), nerv nayiga (b), jabra yoriqlariga (c) ega bo’ladi? 1) qilqquruq; 2) zog’ora; 3) lansetnik; 4) povituxa; 5) ko’k kit; 6) assidiya; 7) sterlyad; 8) kit akulasi; A) a - 1, 7; b - 3; с - 2, 8; B) a - 1, 3 ; b - 6; с - 5, 8; C) a - 3; b - 2,3 ; с - 4, 5; D) a - 4, 6; b - 3, 5; с - 2; 8. Jadvalda K va L organizmlar uchun ayrim xususiyatlar berilgan.
Shunga ko’ra K va L ga mos bo’lishi mumkin bo’lgan organizmlarni belgilang. A) K-rishta; L-fillofora; B) L-achitqi; K-xrokokk; C) K-achitqi; L-nostok; D) L-ulotriks; K-achitqi; 9. Meyozning anafaza I bosqichi uchun mos holatlarni belgilang. a) konyugatsiyalashgan xromosomalar ekvator tekisligida joylashadi; b) xromosomaning xromatidalari birlamchi belbog’ bilan birikkan; c) xromosomalar qutblarda to’planadi; d) xromosomalar kuchli spirallashgan holatda bo’ladi; e) xromosomalarning gaploid to’plami A) b, с; B) d, e; C) a, c, e; D) a, b, d; 10. Xirzutum g’o’zasida urug’lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo’ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 9360 ta bo’lsa, markaziy hujayrani urug’lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 180 B) 120 C) 240 D) 360 11. O’simliklarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlardan noto’g’risini aniqlang. A) Funariyaning rizoidi zigotaning, sporangiybandi sporaning rivojlanishidan hosil bo’ladi B) Zuhrasochning poya-barglari zigotaning, rizoidi sporaning rivojlanishidan hosil b o ‘ladi C) Dala qirqbo’g ‘imining ildizpoyali bo’g’ini zigotaning, erkak o’simtasi sporaning rivojlanishidan hosil bo’ladi D) Archa ikki uyli o’simlik bo’lib, tuxum hujayrasi arxegoniyda yetiladi 12. Bir kunlik iste’mol qilingan ozuqaning organizmda ishlatilishi quyidagicha:
Bunda oqsil va uglevoddan hosil bo’lgan energiya jami dissimilatsiyadan hosil bo’lgan energiyaning necha % ni tashkil etadi? A) 35,8; B) 60; C) 50,33; D) 30,6; 13. Quyda shajarasi berilgan probandning shajarasida qaysi kaslikning irsilanishi berilgan? A) Y – xromosomaga birikkan kaslik B) Sitoplazmatik irsiylanishga oid kasalik C) X – xromosomaga birikkan dominant tipidagi kaslik D) X – xromosomaga birikkan retsessiv tipidagi kaslik 14. Modifikatsion o’zgaruvchanlikka xos xususiyatlarni aniqlang. 1) dominant yoki retsessiv xarakterga ega; 2) irsiylanmaydi; 3) irsiylanadi;4) o’zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanishi; 5) belgilarning o’zgarishlari chegaralanmagan; 6) guruhli xarakterga ega; A) 4, 6; B) 1, 3; C) 2, 5; D) 5, 6; 15. Odam organizmida katta qon aylanish doirasi … 1) chap qorinchadan boshlanadi; 2) o’ng qorinchadan bosh-lanadi; 3) alveolalarda kislorod bilan to’yinadi; 4) o’pkalarni kislorod bilan ta’minlaydi; 5) o’ng bo’lmachaga qon olib keladi; 6) chap qorinchaga qon olib keladi 7) to’qimalarda karbonat angidridga to’yinadi; A) 2, 3, 6; B) 1, 4, 5; C) 1, 3, 7; D) 2, 4, 6; 16. Tovuqlarda no’xotsimon toj (Р) oddiy toj ustidan (p) do-minantlik qiladi, patning qora rangi (В) oq rang (b) ustidan chala dominantlik qiladi. Bb genotipli tovuqlarning patlari havo rang bo’ladi. Ikki belgisi bo’yicha geterozigota organiz-mlar chatishtilsa avlodning qancha qismi oddiy tojli (a) va oq rang (b) bo’ladi? A) а – 1/4 ; b –1/2; B) а – 3/4; b – 6/16; C) а – 1/4 ; b – 1/4 ; D) а – 3/16; b – 1/8 ; 17. Quyida keltirilgan hayvonlar nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) tegishli? 1) jigar qurti; 2) ildizog’iz meduza; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 4) qizil chuvalchang; 5) nereida; 6) krevetka; 7) biy; 8) iskabtopar; 9) latimeriya; 10) beluga A) а–5; b–9; B) а–6; b–10; C) а–5; b–10; D) а–9; b–10; 18. Moddalar almashinuvi bosqichlari va ularga xos jarayonlar o’rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) fotosintezning yorug’lik bosqichi; 2) energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichi; 3) translyatsiya; а) ATF sintezi; b) t-RNKning aminokislota bilan bog’lanishi; с) polimerlarning monomerlarga parchalanishi; d) DNK sintezi A) 1 – а, 2 – с, 3 – b ; B) 1 – с, 2 – а, 3 – b; C) 1 – а, 2 – с, 3 – d; D) 1 – d, 2 – а, 3 – b. 19. Quyida berilgan tushunchalar va ularning tavsifi o’rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) alohidalanish; 2) mikroevolyutsiya; 3) divergensiya; 4) konvergensiya; 5) aromorfoz. а) kenja tur va turlarning paydo bo’lishi; b) sinf, tip darajasida yuzaga keladigan tuzilishning yuksalishi bilan bog’liq evolyutsion o’zgarishlar; c) bir ajdoddan tarqalgan organizmlarning turli muhitda yashashi tufayli belgi-xossalarining bir-biridan farqlanishi; d) bir turga mansub individlarning erkin chatishuvini cheklovchi to’siq. A) 1 – d; 2 – а; 3 – с; 5 – b; B) 1 – c; 2 – b; 3 – с; 5 – а; C) 1 – d; 2 – b; 4 – с; 5 – а; D) 1 – d; 2 – а; 4 – с; 5 – b; 20. Odamlarda qon guruhlarining irsiylanishiga retsessiv epistatik genning ta’siri Bombey fenomeni deyildi. Dominant allel qon guruhlariga ta’sir qilmaydi, retsessiv allel esa istalgan genotipda 1-qon guruhini namoyon qiladi. 2 va 3 qon guruhli digeterozigota ota-onadan qanday avlod olindi? A) 7 ta 1-qon guruh, 3 ta 2- qon guruh, 3 ta 3- qon guruh, 3 ta 4- qon guruh B) 4 ta 1- qon guruh, 4 ta 2- qon guruh, 4 ta 3- qon guruh, 4 ta 4- qon guruh C) 6ta 1- qon guruh, 4 ta 2- qon guruh, 3 ta 3- qon guruh, 3 ta 4- qon guruh D) 6 ta 1- qon guruh, 3 ta 2- qon guruh, 4 ta 3- qon guruh, 3 ta 4- qon guruh 21. Organizmn tuzilishini umumiy darajasini, hayot faoliyatini yuksalishi (a) va murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish (b) qanday nomlanadi? A) a - aromorfoz; b - degeneratsiya B) a - mutualizm; b - sinoykiya C) a - idioadaptatsiya; b - degeneratsiya D) a - degeneratsiya;b - divergensiya 22. Agar oshqozon hujayralaridan ajralib chiqqan karbonat angidrid burun orqali chiqib ketsa, u quyidagi qaysi struk-turadan o’tmaydi? A) O’ng bo’lmacha B) O’pka venasi C) Alveola D) Bronx 23. Divergensiya (a) va konvergensiya (b) hodisalari to’g’ri ko’rsatilgan jabovni aniqlang. A) a – dengiz toshbaqasi va delfinlarda oyoqlarning eshkaksimon bo’lishi; b – boychechak turkumiga mansub 30 ga yaqin turning mavjudligi B) a – ixtiozavr va sutemizuvchilardan delfinning tana tuzilishining o’zaro o’xshashligi; b – delfinning oldingi oyog’i suzishga, otning oldingi oyog’i chopishga moslashganligi C) a – odam va boshqa hayvonlar gemoglobin zanjiridagi aminokislotalar tarkibidagi farq; b – ko’rshapalak va qushlarning qanoti D) a – xaltali krot va oddiy krot tashqi qiyofasining o’zaro o’xshashligi; b – chigirtka oyog’ining sakrashga, suv qandalasi oyog’ining suzishga moslashganligi 24. Klaynfelter sindromi qaysi javobda tog'ri klassifikatsi-yalangan? A) modifikatsion -mutatsion-genom- trisomiya B) modifikatsion -mutatsion-xromosoma-trisomiya C) genotipik-mutatsion-gen- trisomiya D) genotipik-mutatsion-genom–trisomiya 25.Qoqshol qo’zg’atuvchisi hujayrasiga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) yadro shakllanmagan; 2) lizosomalarga ega; 3) qalin hujayra qobig’iga ega; 4) mitoxondriyalarga ega emas; 5) ribosomalarga ega emas. A) 4,5; B) 2,4; C) 2, 5; D) 1,3; 26. Birlamchi suksessiya davrida o'simlik jamoalarida o'zga-rishlarning ketma-ketligi to'g'ri berilgan javobni aniqlang. 1) daraxtlar; 2) lishayniklar va suvo'tlar; 3) yo'sinlar 4) o't o'simliklar; 5) aralash o'rmon; 6) butalar; A) 1→2→3→4→5→6 B) 2→4→3→5→1→6 C) 2→4→6→5→1→3 D) 2 →3→4→6→1→5 27. Quyida berilgan sxemada azotning davriy aylanishi ko'rsatilgan bo'lib, saprofit bakteriyalar faoliyati ko'rsatilgan javobni aniqlang. A) faqat I B) faqat II C) I va II D) faqat III 28. Genealogik metod orqali aniqlanga dominant(a) va retsessiv(b) kasaliklar berilgan javobni aniqlang. 1) gemofiliya; 2) braxidaktiliya; 3) ko‘z shox pardasining ko‘rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi; 4) qandli diabet; 5) sil kasalligiga moyillik; 6) shizofreniya; 7) kaltabarmoqlik; A) a-1,4,6; b-2,3,5,7; B) b-7,2,3,5; a-4,1,6 C) a-4,3,1; b-7,6,5,2; D) b-6,1,4; a-3,2,7,5 29. Jayron (a), irbis (b), nitrifikator bakteriya (c) uchun mos tushunchalar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) a - xemotrof organizm; b - zararkunanda organizm; с - fototrof organizm B) a - konsument; b - yirtqich organizm; с - xemotrof organizm C) a - yirtqich organizm; b - konsument; с - geterotrof organizm D) a - konsument; b - xemotrof organizm; с - yirtqich organizm 30. Odam organizmida himoyalanish xususiyatining uchinchi bosqichini aniqlang. A) organizmga kirgan yot moddalarga qarshi antitelo va antitoksinlar ishlab chiqariladi. B) organizmga yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari kirishini oldi olinishi C) qonning oq qon tanachalari leykotsitlari faoliyat ko’rsatadi. D) ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan timozin gormoni faoliyati tufayli Farg’ona CHIMYON 2020-yil Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin Farg’ona CHIMYON 2020-yil Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin Farg’ona
Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin CHIMYON 2020-yil Tuzuvchi: Omonov Zuhriddin Download 268.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling