Quyidagi savollarga javob berib ko’ringchi, qanday odam ekansiz


Download 171 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi171 Kb.
#1545878
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
psixologik testlar

REALIST - 0-18 ball: Do’stim siz realist insonni sevib qolibsiz! U hamma narsani to’g’ri baholashga harakat qiladi. Hayotda juda ko’p narsani-butun tabiat va olamdagi bo’layotgan voqea-hodisalarni bilgisi keladi. Intuitsiya uning g’ashini keltiradi. Voqealarni aniq tahlil qila olmagan va noto’g’ri xulosa chiqarganlardan nafratlanadi.
Maslaxat: unga turli to’qima voqealarni gapirib, ichki tuyg’ularini o’yin qilib jig’iga tegmang, uni o’zingizdan uzoqlashtirasiz. Agar o’zingizni aqlli insonlardek tutsangiz, yutasiz, sizga ishonib, siz bilan fahrlanib yuradi.
PRAGMATIK - 19-30 ball: Siz tanlagan odamning pragmatikligi aniq! Butun dunyo va o’zi muloqot qiladigan hamma odamlarni u uchta rangga ajratgan. YOrqin rang-o’zi uchun eng kerakli insonlar, qora rang-uning baxti, tinchligi va omadiga tahdid soluvchi insonlar, betaraf rang-hayotidan o’rin ololmaganlar. Agar unga sayohatlar haqida gapirsangiz, “Busiz ham yashasa bo’ladi”, deydi bamaylixotir. Agar unga kechroq uchrashishni taklif qilsangiz, “judayam qorong’i, umuman odamlar yo’q joymi...” deya ensasini qotiradi. U bilan bir umr yashay olishingizga ko’zingiz yetmasa, tezroq bir qarorga keling.
ROMANTIK - 31-42 ball: Sizga ajoyib romantik nasib qilibdi-ku! Kamdan-kam uchraydigan holat! Xayotda hamma narsa u uchun his-tuyg’uga limmo-lim. YOmg’irli ob-havoda yalang’oyoq sayr qilishni xush ko’radi, qo’lingizdan ushlab olib, dengiz shovqini va qushlar sayrashini soatlab eshitib o’tirishga ham tayyor. Unga hayotda hamma narsa, hattoki, siz ham sirli tuyulasiz. Shuning uchun u bilan g’aroyib mavzularda suhbat quring. Qanchalar sirli bo’lsangiz, shunchalar sevimli yorga aylanaverasiz!!!
9 - Seminar mashg’ulotLARi uchun


QADAMLAR VA FE’L – ATVOR


Odamning yurishiga qarab uning fe’l-atvori qanaqaligini bilish mumkin ekan. Odamning qadam olishi, uning faqat yoshiga bog’liq emas. Balki jismoniy holatiga, temperamentiga ham bog’liq ekan.
Sekin va ishonchsiz qadam tashlaydigan odamlar - o’ziga e’tibor qaratishni xohlamaydigan, o’z fikru hayollari bilan band bo’lgan odamlar.
Tovonini ichkariga qarab tashlaydigan odamlar - juda quvnoq, hamma narsadan xabardor bo’lib turishni xohlaydigan, kirishimli kishilar.
Poshnasini qarsillatib urib, shovqinli yuradiganlar - o’zini tuta olmaydiganlar, ba’zan beandishalik qiladigan kishilardir. Bu yurish o’z-o’ziga ishonchsizlikdan dalolatdir.
Bir maromda, vazmin qadam tashlaydiganlar - xotirjam, yengil-yelpi hayollarga berilmaydigan kishilar.
Agar odam yurganda qo’llarini siltab yursa - bu uning serharakatligidan, intiluvchanligidan va sobitqadamligidan dalolatdir. Bundan tashqari yengil qadam tashlasa bilaveringki bunday kishilar bekamu-ko’st, barkamol odamlar.
Og’ir qadamlar tashlab, yurganda qo’llarini qimirlatmasdan, osiltirib yuradiganlar - irodasiz va hayotdan zerikkan, qiynalgan kishilardir.
Raqs tushayotgandek qadam tashlaydiganlar - jiddiy bo’lmagan va hamma vaqt va’da berib so’zining ustidan chiqmaydigan kishilar.
Mayda qadamlar bilan yuradigan kishilar o’ta rasmiyatchi kishilardir va ular kirishimli emas.
Xullas, hamrohingizning qadam olishiga e’tibor bersangiz, uning fe’l-atvori haqida ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin ekan.



Quyidagi 4 guruhga bo’lingan 16 ta shaklga e’tibor bering. Har bir guruhdan o’zingizni ruhiy holatingizga mos kelgan bitta shaklni tanlang...







NATIJALAR:


8-13. Sizning fe’l atvoringiz qanaqa bo’lishi, birinchi navbatda, atrofdagilarga bog’liq. Tez tushkunlikka tushasiz, tez ilhomlanasiz ham. Ko’nglingizga xush kelmagan yumushni bajarishingiz qiyin. Atrofdagi vaziyat sizga juda kuchli ta’sir qiladi. Sizni o’z qaror va yechimingizning yagona sohibi deyish mushkul. Sizda his-tuyg’uga beriluvchanlik kuchli. Xullas, sizni boshqaruvchi narsa – kayfiyat.
14-20. Garchi siz «ko’pchilik tarafida», «hamma qatori» bo’lsangiz ham, har holda o’z o’rningiz va yo’nalishingizni topmoqqa intilish bor. O’zingizga munosabatingiz tanqidiy. Shuning uchun atrofdagilarda aniq kuchli dalil bo’lmasa, sizga ta’sir o’tkazish qiyin. O’z nuqtai nazaringiz o’zingizning ziyoningizga ekanligini fahmlab turgan bo’lsangiz, undan voz kecha olishga qodirsiz.
21-27. O’zingizni benuqson va ma’sum hisoblaysiz. Shunday bo’lsa-da, tashqi ta’sirdan butunlay himoyalangan emassiz. Hayot oldingizga qo’yayotgan vaziyatlar bilan o’z e’tiqod va dunyoqarashlaringiz orasida o’rtacha, ma’qul yo’lni topishga intilasiz. Aynan ana shu omil sizga to’g’ri yechim va qaror qabul qilishga yordam beradi.
28-34. Siz uchun fikr va shiorlaringizdan voz kechish oson emas. Atrof ta’siri qanchalik kuchaysa, sizning qarshiligingiz ham o’z navbatida oshadi. Biroq aslini olganda, sizning sobit va mahkam turishingiz ortida nafaqat o’z kuchiga ishonch, balki favqulodda noxush vaziyatga tushib qolishdan havfsirash bor.
35-40. Agar biror yechimga kelgan bo’lsangiz bas, hech kim sizni bu fikrdan qaytara olmaydi. O’z maqsadingizga hech bir sustkashliksiz erishasiz. Biroq sizni Yaxshi tanigan shaxs fe’l-atvoringiz va hatti-harakatlaringizni mohirona va sezdirmay yo’naltira olishi mumkin. Shuning uchun mumkin qadar qaysarlikni kamaytirib, ziyraklikni oshiring.

TEMPERAMENT O’RGANISh METODIKASI


TEMPERAMENT FORMULASI
Temperamentni o’rganishning juda ko’p xilma-xil metodlari mavjud. A.Belov temperament “pasportini” to’ldirishni, keyin esa ancha oddiy matematik ishlov berish yo’li bilan temperament formulasini chiqarishni taklif etadi. “Pasport” ni to’ldirishida nima deb javob berishni, siz odatda har kuni (qandaydir alohida, favqulotda xollarda emas) o’zingizni qanday tutishingizni hisobga olish kerak.
Temperament “pasporti” da siz ijobiy javob beradigan sifatlarni (Q) belgisi bilan qayd qiling. Agar u yoki bu tipdagi temperament “pasporti”dagi ijobiy javoblarning miqdori 16-20 tani tashkil qilsa, sizda temperamentning mazkur tipiga xos belgilar yaqqol ifodalanganligi ma’lum bo’ladi. Bordi-yu, ijobiy javoblar 11-15 ta bo’lsa, demak sizga mazkur temperamentning sifatlari muayyan darajada xos xisoblanadi. Agar ijobiy javoblar 6-10 tadan oshmasa, sizda mazkur tipdagi temperament sifatlari juda oz darajada mavjud bo’ladi.
Endi temperamentning formulasini aniqlang:

bunda Ft-temperament formulasi;

  • X-xolerik temperament;

  • S-sangvinik temperament;

  • F-flegmatik temperament;

  • M-melonxolik temperament;

  • A-barcha tiplar bo’yicha plyuslarning umumiy soni;

  • Ax-xolerik “pasporti”dagi plyuslar soni;

  • As-sangvinik “pasporti”dagi plyuslar soni;

  • Af-flegmatik “pasporti”dagi plyuslar soni;

  • MA-melonxolik “pasporti”dagi plyuslar soni;

Pirovardida temperament formulasi, jumladan, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: Ftq35%XQ30%SQ14%FQ21%M.
Bu - mazkur temperamentning 35 foizi xolerik, 30 foizi sangvinik, 14 foizi flegmatik va 21 foizi melonxolik ekanligini bildiradi.
Agar temperamentning qandaydir bir tipli bo’yicha ijobiy javoblarning soniga oid nisbiy natija 40 foiz va undan yuqori bo’lsa, sizda temperamentning mazkur tipi ustun darajada ekanligini bildiradi. Agar bu natija 30-39 foizni tashkil etsa, u holda mazkur tipning sifatlari ancha yaqqol ifodalangan bo’ladi. Agar natija 20-29 foizni tashkil etsa, mazkur tipning sifatlari o’rtacha ifodalangan bo’ladi Natija 10-19 foizni ko’rsatsa, temperamentning bu tipiga xos xususiyatlar oz darajada ifodalangan, deb aytish mumkin.
... Shunday qilib agar siz:
1) sabrsiz, hovliqma; 2) yengiltabiat, serjahl; 3) betoqat; 4) odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo’y; 5) qat’iyatli va tashabbuskor; 6) qaysar; 7) tortishuvda topqir bo’lsangiz; 8) tirishqoqlik bilan ishlasangiz; 9) tavakkal qilishga moyil bo’lsangiz; 10) keksiz va arazlamaydigan; 11) tez, ehtirosli, poyma-poy nutqqa ega bo’lsangiz; 12) betayin va qiziqqonlikka moyil bo’lsangiz; 13) tajavuzkor, urishqoq; 14) kamchiliklarga toqatsiz; 15) ifodali imo-ishoralarga ega bo’lsangiz; 16) tez harakat qilishga va hal etishga qobiliyatli bo’lsangiz; 17) Yangiliklargi tinimsiz intilsangiz; 18) keskin, shiddatli harakat qilsangiz; 19) qo’yilgan maqsadga erishishda qat’iyatli; 20) kayfiyatingiz tez-tez o’zgarib turishga moyil bo’lsangiz - u holda siz sof xolerik ekansiz.
Agar siz: 1) quvnoq va xushchaqchaq; 2) g’ayratli va ishchan bo’lsangiz; 3) ko’pincha boshlagan ishingizni oxiriga yetkazmasangiz; 4) o’zingizga ortiqcha baho berishga moyil bo’lsangiz; 5) Yangiliklarni tezda ilg’ab, qabul qilishga qodir bo’lsangiz; 6) qiziqishlar va mayllarda tuturuqsiz bo’lsangiz; 7) muvaffaqiyatsizliklar va noqulayliklarni oson kechirsangiz; 8) turli sharoitlarga oson muvofiqlashsangiz; 9) har qanday ishga zo’r qiziqish bilan kirishsangiz; 10) agar ish sizni qiziqtirmay qo’ysa, darhol hafsalangiz pir bo’ladi; 11) Yangi ishga tez kirishib ketsangiz va birinchisidan ikkinchisiga tezda qo’shilib ketsangiz; 12) bir xil, kundalik, sermehnat ish bilan band bo’lsangiz; 13) dilkash va mehribon bo’lsangiz, o’zingiz uchun Yangi bo’lgan kishilar bilan muomala qilishdan tortinmasangiz; 14) bardoshli va ishchan bo’lsangiz; 15) jonli imo-ishoralar, ifodali mimika bilan ajralib turadigan aniq, tez va baland ovozli nutqqa ega bo’lsangiz; 16) kutilmagan, murakkab vaziyatda o’zingizni yo’qotmasangiz; 17) hamisha quvnoq kayfiyat bilan ajralib tursangiz; 18) tezda uxlab va tezda uyg’onsangiz; 19) ko’pincha fikringizni bir joyga to’plab ololmay, bir to’xtamga kelishda shoshma-shosharlik qilsangiz; 20) ba’zan yuzada yurishga, turli narsalarga chalg’ishga moyil bo’lsangiz, albatta, sangvinik bo’lib hisoblanasiz.
Agar siz: 1) bosiq va sovuqqon; 2) ishlarda sobitqadam va mulohazali; 3) ehtiyotkor va andishali; 4) kutishga qodir bo’lsangiz; 5) kamgap va bekorga gapiraverishni istamasangiz; 6) osoyishta, bir maromdagi, his-xayajoni yaqqol ifodalanmagan, harakat va mimikaga boy bo’lmagan nutqqa ega bo’lsangiz; 7) vazmin va sabr-toqatli bo’lsangiz; 8) boshlangan ishni oxirigacha yetkazsangiz; 9) kuchingizni bekorga sarflamasangiz; 10) vujudga kelgan hayot tartibiga, ishdagi sistemaga qat’iy rioya qilsangiz; 11) tutoqib ketishdan osongina o’zingizni tiysangiz; 12) ma’qullash va tanbehlardan kam ta’sirlansangiz; 13) muloyim bo’lsangiz, o’z sha’ningizga aytilgan qaltis hazillarga kechiruvchan munosabatda bo’lsangiz; 14) o’z munosabat va qiziqishlaringizda barqaror; 15) ishga bafurja kirishsangiz va bir ishga ikkinchisiga sekinlik bilan o’tsangiz; 16) hammaga bir xilda munosabatda bo’lsangiz; 17) barcha sohada puxtalik va tarbiyani yoqtirsangiz; 18) Yangi sharoitga, qiyinchilikka moslashsangiz; 19) o’zingizni tuta bilsangiz; 20) sabrli va jiddiy bo’lsangiz – u holda siz, shak-shubhasiz, flegmatik bo’lib hisoblanasiz.
Agar siz: 1) uyatchan va tortinchoq bo’lsangiz; 2) Yangi vaziyatda o’zingizni yo’qotib qo’ysangiz; 3) notanish kishilar bilan aloqa o’rnatishda qiynalsangiz; 4) o’z kuchingizga ishonmasangiz; 5) yolg’izlikka oson ko’niksangiz; 6) muvaffaqiyatsizlikda o’zingizni ezilgan va betoqat sezsangiz; 7) o’zingiz bilan o’zingiz ovora bo’lishga moyil bo’lsangiz; 8) tezda charchab qolsangiz; 9) nutqingiz sekin, zaif, ba’zan pichirlash darajasiga tushib qolsa; 10) suhbatdoshingiz xarakteriga moslashsangiz; 11) hissiyotga beriluvchan; 12) ma’qullash va tanbehga nihoyatda ta’sirchan bo’lsangiz; 13) o’zingizga va atrofdagilarga yuksak talablar qo’ysangiz; 14) shubha bilan qarashga, badgumonlikka moyil bo’lsangiz; 15) haddan tashqari ta’sirlanuvchan va azoblanuvchan; 16) haddan tashqari arazgo’y (salga hafa bo’ladigan); 17) ichingizdagini hech kimga aytmaydigan va odamovi bo’lsangiz, o’z fikringizni hech kim bilan baham ko’rmasangiz; 18) kamharakat va jur’atsiz; 19) gap qaytarmay bo’ysunuvchan bo’lsangiz; 20) atrofdagilarni xayrixohligi va yordamini qo’zg’atishga intilsangiz - u holda siz borib turgan melonxoliksiz. Bular sizning o’z-o’zingizga bergan sub’ektiv bahoingiz ekanligini unutmang!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.«Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni. – T., 1997. 29 avgust. – 7 b.


2.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – T., 1997. 29 avgust. 9-10 b.
3.Tolipov O’., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – T.: Fan, 2005.– 213 b.
4. Davletshin M.G, To’ychiyeva M. Umumiy psixologiya T.2002.
5.Shoumarov G’.B. Oila psixologiyasi. – T., 2001.– 121 b.
6.Goziyev E.G’. Tafakkur psixologiyasi. – T., 2001.– 241 b.
7.Goziyev E.G’. Xotira psixologiyasi. – T., 2000.– 254 b.



Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling