Quyidagi savollarga javob bering 1
Download 18.31 Kb.
|
ma\'naviyat7-top
3. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Teatr “yunoncha – tomoshagoh” cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari oʻtkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash oʻrinli).Ma’lumki, teatr hayotning ko‘rgazmali shaklining badiiy aksi bo‘lib, obrazlar orqali dunyoni qabul qilishga asoslanadi. Teatrda ma’no va mazmunnni ifodalashning o‘ziga xos vosita, aktyorlar o‘yinida paydo bo‘ladigan sahna asaridir. Biroq bolalarni asosiy estetik ta’limi sohasida musiqiy-teatr faoliyati eng kam rivojlangan yo’nalish bo‘lib qolmoqda. Tabiatga ko‘ra, teatr san’ati bolalarning rolli o‘yinlariga yaqin,yani bolalar jamoasi faoliyatiga. Bolalar o‘yinlari va teatrning eng muhim komponenti rol bo‘lib, atrof-muhitni o‘rganish va anglashning badiiy aksi. Ushbu jarayonlarni tashkil qilishning shakllaridan biri - o‘yin - ya’ni rol ijrosi va aktyorlik. Tarixdan bizga ma’lumki Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiyning Teatr-ibratxonadir degan iborasi nechog‘li o‘rinli ekanligini bugun ham his qilishimiz mumkin. Negaki teatr-tarbiya maskani, bu muqaddas dargohda spektakllar tomosha qilib inson o‘ziga ma’naviy ozuqa oladi, yaxshi bilan yomonning farqiga boradi, madaniy hordiq chiqaradi.4. San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko’rsatib beradi, bir odam yoki bir nechaodam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning uyg’unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o’rgatadi, go’zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o’tilgan birorta ham davr yo’q.Download 18.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling