1-variant:
1. Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida buxgalteriya balansida qanday o’zgarish bo’lishini
tushuntiring. (Bunda masalan, buxgalteriya balansida aynan qaysi aktivlar yoki passivlar o’zgarishini
yozing).
1.1. Asosiy ishlab chiqarish xodimlariga
ish haqi hisoblandi
1.2. Bank hisobvarag'idan kassaga ish haqi tarqatish uchun naqd pul mablg'lari olib kelindi
1.3. INPS hisoblandi
2. Quyida berilgan buxgalteriya hisobining milliy standarti haqida yozing:
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot (BHMS 1-son)
3. Quyidagi masalani yeching:
“Alfa” MCHJ korxonasida 5 kunlik ish haftaligi joriy qilingan. Korxonada 2023-yilning
fevral
oyida 2 nafar xodimi Abdullayev A. (lavozim maoshi 3 600 000 so’m) va Botirov B. (lavozim
maoshi
4 000 000 so’m) larga ish haqi hisoblanmoqda. Fevral oyida Abdullayev A. 2 kun, Botirov B. esa 3 kun ish
haqi to’lanmaydigan ta’tilda bo’lgan (ishga kelmagan). Ushbu ikki xodimga ish haqi va ish haqidan soliqlar
hisoblang.
(kalendardan foydalanning)
2-variant:
1. Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida buxgalteriya balansida qanday o’zgarish bo’lishini
tushuntiring. (Bunda masalan, buxgalteriya balansida aynan qaysi
aktivlar yoki passivlar
o’zgarishini yozing).
1.1. Ish haqidan daromad solig'i hisoblandi
1.2. Xizmat safariga ketayorgan shaxsga
avans berildi
1.3. Kassadan ish haqi to'landi
2. Quyida berilgan buxgalteriya hisobining milliy standarti haqida yozing:
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (BHMS 3-son)
3. Quyidagi masalani yeching:
“Alfa” MCHJ korxonasida 6 kunlik ish haftaligi joriy qilingan. Korxonada 2023-yilning fevral
oyida 2 nafar xodimi Abdullayev A. (lavozim maoshi 3 200 000 so’m) va Botirov B. (lavozim maoshi
4 400 000 so’m) larga ish haqi hisoblanmoqda. Fevral oyida Abdullayev A. 3 kun, Botirov B. esa 2 kun ish
haqi to’lanmaydigan ta’tilda bo’lgan (ishga kelmagan). Ushbu ikki xodimga ish haqi va ish haqidan soliqlar
hisoblang.
(kalendardan foydalanning)