Ustidan presslash sxemasi.
22.15-rasm.
Bunda shibbalash bir tekis emas: ustida ko‘proq, modelga esa eng kami. Bu qolipni buzilishga olib kelishi mumkin.
Ostidan presslash sxemasi.
Bu usulda shibbalash model yuzasida ko‘proq bo‘ladi va qolip sifatini oshiradi. Bunday mashinalar ancha murakkab va ishlatishda shoperli emas. Umuman, presslash mashinalarida olinadagan shibbalanish bir xil emasligi qolipning balandligi ortirish bilan ko‘payadi. Shuning uchun N-200-250 mm gacha qo‘llaniladi.
Silkituvchi mashinalar. Yuqori va murakkab qoliplar tayyorlashda ishlatiladi. Model o‘rnatilgan plita, opoka va ular ustig‘a qolip aralashmasi porshen ustig‘a o‘rnatiladi. Porshen esa silindrdagi havo bosimi natijasida ko‘tariladi, bosim pasaygach pastga siltanib tushadi.
Shibbalash zichligining (5 g/sm3) zagotovka balandligiga va shibbalash sxemasiga bog‘likligi:
a - ustki presslash; b - ostki presslash; v - silkitib presslash; g - silkitib ustidan presslash; d - qum otar mashinasida presslash.
Qoliplarni silkitib presslovchi mashinalarda olish. Yuqorida ko‘rdikki, shibbalash zichligi har xil bular ekan. Shibbalash zichligini butun balandlik bo‘yicha bir xil bo‘lishi uchun silkitib, ustidan presslash usuli qo‘llaniladi.
Qum otar mashinalar. O‘rta va yirik quyma qoliplar olishda qo‘llaniladi. Mehnat unumi yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |