Quyma olish usullari. Model komplekti. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash. Shibbalash usullari. Quymakorlik asoslari


Download 1.66 Mb.
bet5/7
Sana14.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1356745
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Quyma olish usullari. Model kompl

22.4 Qolip tayyorlash.
Qolip tayyorlash usuli uning shakliga, o‘lchamlari va soniga bog‘lik. Quymalar individual va kichik seriyalab ishlab chiqariladigan sexlarda qolip qo‘lda, kunlab va yirik seriyalab ishlab chiqariladigan sexlarda mashinalarda tayyorlanadi.
Qolip tayyorlashdan oldin, uning quyish sistemasi belgilanadi.
Sifatli quymalar olishda quyish sistemasi turini, uning elementlari o‘lchamlarini va qolipga metall kiritishi yerini belgilash muhim masalalardan biridir. Qolipga qo‘yiladigan metallni shlakdan ancha tozalab uzatuvchi kanallar sistemasi quyish sistemasi deyiladi.
Quyida cho‘yan quymalar olishda foydalaniladigan normal quyish sistemasining sxemasi quyidagichadir.
Qo‘lrang cho‘yanlardan quymalar olishda suyuq metall va qolipning tor yeriga kiritilishi kerak. Bunda metall qolipning keng yeriga bir oz sovub o‘tadi, natijada quyma bir tekis soviydi. Po‘lat yoki oq cho‘yandan quymalar olishda suyuq metall, aksincha, oldin qolipning keng yeriga kiritilishi kerak, chunki suyuq po‘lat qolipning tor yeriga kiritilsa u qisqarib qolipni yaxshi to‘ldirmaydi.
Yirik quymalar olinadigan qoliplarda suyuq metall kirituvchi quyish kanallaridan tashqari, qo‘shimcha viporlar va pribollar qilinadi.
Vipor cho‘yan quymalar olishda qilinadigan doiraviy kesimli vertikal kanaldir, bu kanal qolipning eng yuqori qismida bo‘ladi. Qolipga metall quyishning boshlang‘ich davrida qolipdagi gazlar shu kanal orqali chiqadi. Qolipning metall bilan qachalik to‘lganligi vespor orqali kuzatiladi, qolipdagi metall sovib cho‘kkanda uning o‘rni vipordagi metall hisobiga to‘ladi. Pribil, ko‘pincha po‘lat quymalar olinadigan qoliplarga qilinadi, qolipdagi metallning hajmi torayganda pribil uni metall bilan to‘ldirib turadi. Pribil o‘lchamlari va o‘rnatilish yerlari shunday bo‘lishi kerakki, undagi metall eng qiyin ketsin. Shunda quymadagi cho‘kish bo‘shlig‘i pribil qismiga o‘tib, quyma zich bo‘ladi.
Qolip tayyorlashda model, qolip materialidan tashqari, opoka, model osti plitasi ishlatiladi.
Opoka va modellar metalldan yoki yog‘ochdan tayyorlanadi.
Opokani vazifasi qolip materiallarini ushlab turish.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling