Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Lokal elektr tarmog‘i bilan integrallashgan fotoelektrik stansiyalar


Download 0.89 Mb.
bet59/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Lokal elektr tarmog‘i bilan integrallashgan fotoelektrik stansiyalar
FES lardan elektr tarmog‘i mavjudligida foydalanish avtonom FES dagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Mohiyatan elektr tarmog‘i 100% FIK ga ega hamma ishlab chiqarilgan ortiqcha energiyani qabul qiluvchi katta akkumulyator hisoblanadi.
“Tarmoq” FES ning strukturaviy sxemasi 4.21-rasmda keltirilgan.

4.21-rasm. Elektr tarmog‘i bilan integrallashgan FES ning strukturaviy sxemasi
1-Tashqi elektr tarmog‘i; 2- kirish hisoblagichi; 3- yashil hisoblagich; 4-xususiy iste’molchilar.
“Tarmoq” FES tarkibiga FEB tashqari quyidagilar kiradi:
- Tarmoq invertorlari, ya’ni FEB yordamida doimiy tokni (DC) o‘zgaruvchan tokga (AC) o‘zgartirib berish vazifasini badjaradi;
- FES ish rejimlari parametrlarini kuzatishga imkon beruvchi monitoring tizimlari;
- “Yashil tarif” bo‘yicha elektr energiyasini sotish va ishlab chiqarish tizimini monitoring qilish uchun mo‘ljallangan hisoblagichlar;
- Yerda, bino tomida FEB ni joylashtirish uchun tayanch metall konstruksiyalari yoki qo‘zg‘almas Quyoshni kuzatish tizimlari;
- Markazlashtirilgan tarmoq – Elektr stansiyasi ulangan elektr uzatish liniyalari;
- Elektr energiyasining xususiy iste’mol qiluvchilar (sanoat yoki maishiy elektr jihozlari).
4.22-rasmda “Tarmoq” FES ning umumiy ko‘rinishi keltirilgan.
4.22-rasm. a- “Tarmoq” FES ning umumiy ko‘rinishi
“Tarmoq” FES o‘z navbatida loyihalash usuliga qarab ikki turga bo‘linadi:

  • Akkumulyator tizimi bo‘lmagan holda;

  • Akkumulyator tizimli;

Amaliyotda FES ning akkumulyator tizimi qo‘llanilmagan holatdagi variantlari ko‘p tarqalgan. Akkumulyator tizimisiz FES juda ishonchli hisoblanadi, amaliy jihatdan shaxs xizmatini talab qilmaydi. Bundan tashqari, ular FEB energiyasidan maksimal foydalanish - 90÷98% samaradorligiga ega. Bunday tizimlarda maxsus invertorlar ishlatilib ular tarmoq bilan integrallashadi va tarmoqni tayanch kuchlanishni shakllantirish, ishga tushirish va sinxronizatsiyalashda foydalanadi.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling