Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Kristall va amorf kremniy asosidagi quyosh modullari


Download 0.89 Mb.
bet52/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Kristall va amorf kremniy asosidagi quyosh modullari. Yupqa qatlamli Quyosh elementlari quyidagi asosiy turlarda bo‘ladi:
1).Amorf kremniy (a-Si) yoki yupqa qatlamli kremniy (TF-Si);
2). Kadmiy-tellur asosida (CdTe);
3). Diselenid galliy-mis-indiy(CIS yoki CIGS);
4). Organik qo‘shilmali sintetik materiallar asosida (dye-sensitized solar cell);
Yupqa qatlamli QE o‘ziga quyida olti qatlamni biriktiradi. Shaffof qoplamadan iborat antiakslanuvchi qatlam, so‘ngra p- va n- tur yarimo‘tkazgichlar, kontakt qatlami va taglik. Yupqa qatlamli QE ish jarayoni xuddi kristall QE kabi bir xildir.
Umumiy holatda yupqa qatlamli quyosh fotoelektrik modullari tannarxi kristall modullarga qaraganda arzondir, bu tayyorlash texnologiyasining soddaligi, kremniy sarfining kamligi bilan izohlanadi. Ammo amalda narxlar o‘rtasida uncha tavofut yuq, chunki oxirgi yillarda kristall fotoelektrik modullarning narxi sezilarli arzonlashdi.
Ikkalasining ham tayyorlash texnologiyasi rivojlanmoqda, narxlaridagi farq ham kamaymoqda. Yupqa qatlamli Quyosh fotoelektrik modullari odatda shishaning ikki qatlamidan foydalanilmoqda, shuning uchun bir xil quvvatda bo‘lsa ham hatto qimmat turishi mumkin.
Yupqa qatlamli Quyosh fotoelektrik modullarining boshqa turida yarimo‘tkazgichli qatlam egiluvchan asosga uchirish yuli bilan hosil qilinadi. Bunday modullar engil va ularni osonlik bilan egish mumkin. Odatda ular ko‘chma tizimlarda va murakkab shaklli holatlarda foydalaniladi. 4.2-jadvalda bu ikki texnologiyaning qisqacha taqqoslash holati keltirilgan.
4.2-jadval

Parametr

Kristall
modullar

Yupqa qatlamli modullar

Texnologiyaning har xil ko‘rinishi

Monokristall kremniy (c-Si).
Polikristall kremniy (pc-Si/ mc-Si).

Amorf kremniy (a-Si). Kadmiy tellur (CdTe).
Diselenid galliy-mis-indiy(CIS yoki CIGS).
Organik elementlar (OPV/ DSC/ DYSC).

Maksimal quvvat nuqtasidagi kuchlanishning salt yurish kuchlanishiga nisbati Umax.P/ Us.yu.

80%−85%


72%−78%


Harorat koeffitsientlari
(yuqori atrof muhit haroratlarida harorat koeffitsientining kichik qiymati yaxshi ko‘rsatkich)

(−0,4%/gradus, −0,5%/gradus) dan yuqori



(−0,1%/gradus, (−0,2%/gradus) dan kam



Volt-amper xarakteristikasining to‘ldirish koeffitsienti

73%−82%

60%−68%

Modul konstruksiyasi

Alyuminiy profil asosidagi rama

Ramasiz, ikkitalik shisha orasida –narxi arzon, vazni yuqori, egiluvchan asosda engil, arzon

Modul FIK

15-19%

4-12%

Ommabop qo‘llanilishi

Aholi yashaydigan uylar, savdo ob’ektlari, tarmoqqa generatsiyalash

Aholi yashaydigan uylar, savdo ob’ektlari, tarmoqqa generatsiyalash

Talab qilinayotgan maydon

150 Vt/m2 atrofida

Shu quvvat uchun 50% gacha ko‘proq maydon talab qilinishi mumkin

Kristall va yupqa qatlamli fotoelektrik modullarining bir biridan farqlanishi ularning FIK sabablidir, shuningdek kristall fotoelektrik modullarning yaroqlilik muddati ham kattadir. Kristall modullarni o‘rnatish uchun harajatlar ham kam sarflanadi va deyarli ikki marta kam maydon ishlatiladi.


Kristall fotoelektrik modullarning kamchiligiga boshlang‘ich materialning yuqori narxi, uning mo‘rtligi hisoblanadi. Yupqa qatlamli modullarni o‘rnatish montajchilardan yuqori malaka talab qiladi. Ammo ta’kidlab o‘tish kerakki, real sharoitlarda amorf kremniy mono va polikristall quyosh modullariga nisbatan ko‘proq energiya ishlab chiqaradi. 4.3-jadvalda mono va polikristall quyosh fotoelektrik modullarini ba’zi qiyoslash natijalari keltirilgan.

4.3-jadval




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling