Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


-rasm. a- “Tarmoq” FES ning umumiy ko‘rinishi


Download 0.89 Mb.
bet55/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

4.22-rasm. a- “Tarmoq” FES ning umumiy ko‘rinishi
“Tarmoq” FES o‘z navbatida loyihalash usuliga qarab ikki turga bo‘linadi:

  • Akkumulyator tizimi bo‘lmagan holda;

  • Akkumulyator tizimli;

Amaliyotda FES ning akkumulyator tizimi qo‘llanilmagan holatdagi variantlari ko‘p tarqalgan. Akkumulyator tizimisiz FES juda ishonchli hisoblanadi, amaliy jihatdan shaxs xizmatini talab qilmaydi. Bundan tashqari, ular FEB energiyasidan maksimal foydalanish - 90÷98% samaradorligiga ega. Bunday tizimlarda maxsus invertorlar ishlatilib ular tarmoq bilan integrallashadi va tarmoqni tayanch kuchlanishni shakllantirish, ishga tushirish va sinxronizatsiyalashda foydalanadi.



4.22-rasm. b – Alohida ko‘rinishdagi holatlari
Bunday tizimlarning kamchiligi shundaki, markaziy elektr tarmog‘ida uzilishlar bo‘lganda iste’molchilarning energiya iste’moli to‘xtab qolishi hisoblanadi. SHunday qilib tarmoq invertorlar elektr tarmog‘iga o‘xshash kuchlanish ishlab chiqaradi, elektr tarmog‘idagi kuchlanish yuqolganda u ham ish rejimini to‘xtatadi. Elektr tarmog‘ida kuchlanish to‘xtatilganda tarmoq invertorlarining generatsiyasi to‘xtatilishi tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib borish bilan bog‘liq xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq.


4.25-rasm. Rezerv iste’mol funksiyasiga ega fotoelektrik elektrik ta’minot tizimining strukturaviy sxemasi
Sutkaning kunduz vaqtida elektr tarmog‘ida kuchlanish mavjudligida FES tarmoq invertor orqali iste’molchilarni (Sontrollable loads) elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Agar yuklanma fotoelektrik batareyalar ishlab chiqarayotgan energiyadan kamroq energiyani iste’mol qilsa ortiqcha elektr energiyasi akkumulyatorlarni zaryad qilish uchun yo‘naltiriladi, to‘liq zaryadlanib bo‘lingandan so‘ng lokal elektr tarmog‘iga uzatiladi. Agar yuklanma fotoelektrik batareyalar ishlab chiqarayotgan energiyadan ko‘p energiya iste’mol qilsa, kerakli energiya lokal elektr tarmog‘idan olinadi. Lokal elektr tarmog‘ida uzilishlar bo‘lganda (avariya holatlarida) akkumulyator invertorlari elektr energiya uzatishni akkumulyasiya tizimidan ola boshlaydi, bunda tarmoq invertori uchun tayanch kuchlanishni shakllantirib beradi. FESdan olinadigan energiyaning ortiqcha qismi akkumulyator zaryadlangan holatida akkumulyator invertori akkumulyatordagi kuchlanish ma’lum chegaraga tushmaguncha tarmoq invertorini o‘chirib quyadi.
Ushbu strukturadan avtonom energetik tizimlarini loyihalashda ham foydalanish mumkin, lekin bu holatda akkumulyator invertorining quvvati yuklamaning to‘liq quvvatigacha ko‘tarilishi zarur.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling